O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshidavlatuniversitetining pedagogika instituti



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/68
Sana01.06.2022
Hajmi1,85 Mb.
#626181
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68
Bog'liq
fayl 2582 20220225

 
1.
 
Yangi va eng yangi davr g‘arb ma’naviyatida nnson muammosi. 
2.
 
Yangi va eng yangi davr G‘arb ma’navnyatpda jamiyat muammosi. 
3.
 
Yangi va eng yangi davr G‘arb ma’naviyatida davlat muammosi. 
XVII -XVIII asrlar G‘arbiy Yevropa taraqqiyotida yaigi davr hisoblanadi. Bu davr Yevropa 
mamlakatlarida O‘rta asrchilik feodal munosabatlari tutatilib, kalitalistik munosabatlar to‘lik qaror 
topadi va rivojlana boshlaydi. Kalitalistik ishlab chikaraish extiyoji tabiatni, insonning o‘zini, 
jamiyatni ilmiy o‘rganish. bilishni takazo qiladi va uni o‘rganishni tezlashtiradi. Dengizlarda savdo 
munosabatlarining o‘sishi kemasozlikning rivojlanishiga, kemalar Yer shari bo‘ylab ilmiy 
ekspeditsiyalarning uyushtirilishi, yangi yerlar, yangi qit’alarii ochilishiga olib keladi. Yangi 
geografik kashfiyotlar qilinadi. Natijada, tabiatshumoslik bilimlari, mexaniqa, matematika, fizika, 
kimyo, astronomiya sohalarida yangi-yangi tadqiqotlar olib borilib, O‘rta asr sxolastikasi va diniy 
akidalarni uloktirib tashlanadi. Yangi ilmiy dunyoqarash shakllana boshlaydi. Bunda nemis olimi 
Keplerning sayyoralarning harakati, qonunlarining ochishi, ingliz odimi Isaak Nyutonning 
olamning tortilish qonunlarini kashf etilish, ingliz faylasufi F.Bekon tomonidan insonning dunyoni 


74 
bilishdagi muhim rol o‘ynovchi induktiv metodni ishlab chiqishi, fransuz olimi Rene Dekartning 
inson bilimining hosil bo‘lishiga oid detuktiv metodni asoslab berishi muhim rol o‘ynaydi. Shular 
asosida bu davr falsafasida metafizik va metamexanistik materializm karor topadi. Megafizik va 
mexanistik materializmning namoyondalari F.Bekon, J.Lokk, T.Gobbs fransuz faylasuflari 
R.Dekart, P.Kobak, Lametri va Gelvetsiy qarashlarida o‘zining yorqin ifodasini topadi. 
Bu yangi davrda tabiatni bilishga intilishning kuchayishi natijasida falsafada empirik va 
ratsionalistik oqimlar vujudga keladi. Empirik oqimning asoschisi F.Bekon hisoblanadi. Uning 
qarashicha, tabiatni bilshning manbai bu - tajriba, eksperiment, kuzatishdir. Inson sezgi a’zolari 
orqali tabiat to‘g‘risida hosil qilingan faktlar, dalillar va ma’lumotlarni tajriba orqali tekshirishi, 
aniqlashi, undagi hato va kamchiliklarni bartaraf etish zarur. Shu asosda insoning tabiat 
to‘g‘risidagi to‘g‘ri, to‘liq bilimlari hosil bo‘ladi. 
F.Bekonning falsafa va fan tarixidagi eng katta hizmati - uning inson bilishining induktiv 
metodini ishlab chiqishidir. 
Ratsionalistik oqimning asoschisi fransuz faylasufi Rene Dekartdir. Dekart ta’limoticha, 
insonning tabiatni bilishining birdan-bir to‘g‘ri metodi bu aqlga asoslangan deduktiv metoddir. 
Dekart o‘zining bu qarashlarini «Metod to‘g‘risida mulohazalar» asarida bayon qiladi. U o‘z 
asarida insonning tabiatni bilishida quyidagi talablarni ilgari suradi; 
Haqiqat, deb qaralgan bilim fakat aql nuqtai nazaridan aiiq, ravshan, shubhalardan xoli 
bo‘lgan nazariy xulosalari asosida chiqarilgan fikrlar bo‘lmog‘i lozim. 
Har bir murakkab muammo yoki masalani ularning tarkibini tashkil qilgan muammo va 
masalalarga ajratish, bo‘lish lozim. 
Bilishda isbot bo‘ladigan, ma’lum bilimlardan hali noma’lum va isbot qilinmagan bilimlarga 
o‘tib borish zarur. 
Tadkiqot hakidagi fikrlar - bilimlarni taishkil etgan Mantiqiy xalqalardan xulosa chiqarishda 
birontasi ham tushirilib yoki e’tiborsiz koldirmasligi lozim. Dekartning qarashlariga ko‘ra inson 
bilishining birdan-bir manbai - bu tafakkur, aqliy saloxiyatidir. Uning qarashicha, insonning sezgi 
a’zolari, tajribalari hamma vaqt ham to‘g‘ri bilim beravermaydi, shu sababli ularga inson o‘z bilish 
jarayonida to‘liq ishonmasligi zarur. 
O‘rta asrlarda Ovrupoda yuz bergan Uyg‘onish davri G‘arbda ijtimoiy hayotning turli 
soxalarida taraqkiyotni tezlashtirib yubordi. Uyg‘onish davrining asosiy g‘oyalari, garchi diniy-
axloqiy cheklovlarga qarshi kurash, harbiy va siyosiy kudratni mustahkamlash, ilm-fan, 
ijodkorlikka keng yo‘l ochishga qaratilgan bo‘lsa-da, keyinchalik inson intilishlarining barcha 
tomonlarini kamrab oldi. O‘sha vaqtlarda G‘arbiy Ovrupo mamlakatlarining barchasida ham 
boshqaruv masalasida cherkovning ta’siri juda kuchli bo‘lib, davlat ahamiyatiga molik har qanday 
masala uning ishtirokida hal etilar edi. Hatgo davlat rahbarlarini tayimlash masalasini ham ba’zida 
cherkov xal qilardi. Bunday tartib nafaqat kuyi tabaqa, balki oliy tabaka vakillariga ham yoqmas, 
cherkov huquqlarining cheklanishi ular uchun katta imkoniyat ochib berar edi. Ana shu maksad sari 
intilish XUIII-XIX asrlarda G‘arbiy Ovrupo davlatlarida zodagon tabaqa vakillari tomonidan 
qo‘llab-quvvatlangan inqilobiy g‘oya va harakatlarni yuzaga keltirdi. Bu harakatlar jamiyat 
hayotiga ta’sir qilib, asta-sekin davlat boshqaruvining cherkov ta’siridan ozod bo‘lishi, ayni vaktda 
din vakillari tomoni-dan belgilanadigan inson huquqlarining dunyoviy hokimiyat idoralari 
ixtiyoriga o‘tishiga olib keldi. 
Din vakillari ishtirokidagi ilgarigi boshqaruv inson manfaatlari masalasiga shyuhiylashtirilgan 
qonun-koidalar asosida e’tibor qaratar, ya’ni hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar bo‘yicha ularning 
diniy aqidalarga kanchalik mos yoki mos emasligidan kelib. chiqkan holda xukm chiqarar edi. Shu 
bilan birga, ma’naviy qadriyatlar, axloq-odob, dunyoqarash borasida ham diniy qarashlar 
xukmronlik qilar edi. Cherkov va davlat xokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketishi 
boshqaruv masalasida uzok vaqt davom etgan kurashlarga sabab bo‘ldi. Oxir-oqibatda xalqqa yon 
bosgan davlat xokimiyati cherkovdan ustun keldi. Shundan e’tiboran G‘arbda feodal jamiyat 
barham topdi. Uning o‘rniga vujudga kelgan kalitalistik tuzum o‘z manfaatlari yo‘lida diniy 
akidalar takiklab kelgan juda ko‘p erkipliklarni asta-sekin qonuniylashtira boshladi. Demokratiya 
yo‘lidagi ommaviy kurashlar aynan ana shu davrlarda boshlandi. Davlatlarning parlamentar shaklga 


75 
o‘tishi, konstitutsiyaviy qonun-qoidalarning joriy etilishi bu kurashlarni ommaviy namoyishlar, 
xatto davlat kuchlari bilan to‘qnashuvlar darajasiga olib chikdi. 
Hozirgi rivojlangan G‘arb tamaddunining asosi inson manfaatlari masalasi bilan bog‘liq ana 
shu erkinliklarni ximoya qilish zaminida karor topdi. Shaxs erkini qonunlashtirish G‘arbning 
madaniy jihatdan gullab-yashnashiga sabab bo‘ldi. Savdo-sotiq rivojlandi, insonning yaratuvchilik 
kobiliyati keng namoyon bo‘lib, ilm-fan taraqqiy topdi. 
Albatta, bu taraqqiyot va uning rivojlanish tezligi sifat va saloxiyatda ilgorlikka intilayottan 
boshqa mintaka mamlakatlariga ham ta’sir qilmay kolmas edi. Bundan tashqari, XX asr avvalida 
paydo bo‘lib keyinchalik Birinchi jaxon urushiga sabab bo‘lgan dunyoni qayta taqsimlash, yerosti 
boyliklariga egalik qilish istagi dunyoni g‘arblashtirish g‘oyasini yangi asosda rivojlantirishni 
zaruratga aylantirdi. 
Bu masalaga chuqurrok nazar tashlaydigan bo‘lsak, Rarbiy Oyerupo xalqlari, garchi inson 
hukuq va erkimliklari yo‘lida mashakkatli kurashlar olib oorgan, bu borada salmoqli yutuklarga 
erishgan bo‘lsa-da, aslida bu natijalar boylik va kuch-kudratga asoslanishi ayon bo‘ladi. Boylik va 
kuch-kudratga esa — bu hech kimga sir emas — boshqa xalqlarni talash, ularning erkinliklarini 
oyokosti qilish, har tomoilama o‘ziga qaram etish hisobiga erishiladi. Insonga erk berish, bu 
masalani "birinchi bo‘lib kashf etish" g‘oyalari borib-borib — ayollar emansipatsiyasi uchun kurash 
jarayoniga ulanib ketdi va bu harakat XIX asr oxirlariga kelib avj nuktasiga yetdi. 
Ammo insoniyatning necha ming yillik hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, erkinlik, bir 
tomondan, inson kamoloti uchun sharoit yaratib, iste’dodlarning ro‘yobga chiqishi, ilm-fan va 
texnik taraqqiyotning gullab-yashnashi, goksak iqtisodiy taraqqiyotga sabab bo‘ldi, ikkinchi 
tomondan, necha asrlar davomida shakllangan ma’naviy qadriyatlarga bepisand qarash, milliy 
an’analardan voz kechish, misli ko‘rilmagan axloqiy inkirozlarga olib keldi. 
Ma’lumki, inson bu yorug‘ dunyoda yakkamaxov bo‘lib umrguzaronlik kila olmaydi, 
aksincha, uning barcha fazilatlari jamiyat ichida yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamiyat esa muayyan urf-
odat, axlok-odob me’yorlari, xatti-harakat qoidalari, ijtimoiy tartiblarga bo‘ysunishni, burch va 
mas’uliyatni xis etishni, oila sha’ni, vatan, millat sharafi uchun kurashib yashashni taqozo qiladi. 
Bordiyu inson butunlay moddiy ehtiyojlar quliga aylanib qolsa, hayvondan farki qolmaydi. 
Hamma narsani moddiy boylik, manfaat bilan o‘lchash falsafasi G‘arb xalqlari madaniyati va 
ma’naviyatida ko‘plab buzilishlarga sabab bo‘ldi. Bunday salbiy jarayon uch yuz yil davomida 
ijtimoiy, ilmiy-texnik taraqqiyotni ko‘zlab qonunlashtirilgan erkishshklar, kuch-qudrat va har 
qanday moddiy boylikni, hatgo tana go‘zalligini ham, odob-axloq va ma’naviy go‘zallikdan ko‘ra 
ustun ko‘yishni fazilat sifatida namoyish qilish oqibatida kelib chiqdi. Shu tariqa jismoniy va aqliy 
kuch, tashki sifat barcha muammolarni hal etish vositasiga aylanib bordi. Lekin odob-axlok, 
ma’naviyat kabi inson ruhoniyatiga tegishli xususiyatlar erkinliklarni qonunlashtirish jarayonida 
borgan sari o‘z o‘rnini yo‘qotib bordi. Oqibatda XX asrning ikkichi yarmida G‘arb dunyosida 
ma’naviy qadriyatlardan begona avlod vujudga keldi. Asosiy intilishlarini sivilizatsiya, taraqqiyot 
sohasidagi yetakchilikka, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, madaniy, texnologik ustunlikka qaratgan 
Ovrupo tamadduni erkinliklarning ma’naviy sifatiga yetarlicha e’tibor kilmadi va bu holat hozir 
ham davom etmokda. Ma’naviyatdagi bunday oksoklik uzok yillar davom etgan texnokratik 
dunyoqarash soyasida bilinmay keldi. Ko‘p asrlar mobaynida diniy an’analar va ular belgilab 
bergan koidalar asosida yashab kelgan Ovrupo sivilizatsiyasi hakiqiy taraqqiyotni boylik va kuch-
kudratga b\;lgan ehtiyojni qondirishda deb bildi, insonga barcha sharoit hamda imkoniyatlarni shu 
tarika yaratib berishga karatilgan urinishni "ma’naviy va’zlar"dan xalos qyladigan vositaga 
aylantirib bordi. 
Ma’naviy-axloqiy qadriyatlardan uzoklashish, ayollar erkinligi, ularning haq-hukuqlarini 
erkaqlarniki bilan tenglashtirishga urinish XX asrning 60-70-yillariga kelib G‘arbda yuksak 
darajaga ko‘tarildi. Boylik va kuch-kudratning birinchi o‘ringa chiqishi, chegarasiz, tiyiqsiz 
erkinliklar nafakat ayollar, balki erkaqlar ma’naviyatida ham buzilishlarni kuchaytirib gobordi va 
bugungi axloq, to‘g‘rirogi, axloksizlik ana shunday manbalardan oziqlandi, deyish mumkin. 
"Ma’no axtarib" kitobini o‘kigan har qanday odam bugungi Ovrupo haqida ana shunday 
tashvishli manzaralarni ko‘z oldiga keltiradi. Kitob iste’fodagi polkovnik A.YE.Machexin 


76 
tomonidan tuzilgan. Unda turli davr va xalqlarning 1300 nafar mutafakkir donishmandi, shoiru 
olimlarining fikr-mulohazalari jamlangan. Tavrot, ynjil, Qur’on, Talmut hikmatlari, Budda 
nasixatlari ham keltiriladi. 
Mazkur hikmatlarda inson va uning xilqati, hayot, umr ma’nosi, odamiylik haqiqatlari, tiriklik 
va o‘lim, ma’naviy yuksalish va ahlokiy tanazzulning sabab-oqibatlari hakida mushohada yuritiladi. 
Quvonarlisi shundaki, kitobdan yuzdan ortik Sharq donishmandlari, jumladan, Yusuf Xos Hojib, 
Navoiy, Lutfiy, Mashrab, Nodira, Oybek kabi o‘zbek allomalarining fikrlari ham o‘rin olgan. Unda 
bir-birini to‘ldiradigan, bir-biriga zid fikrlar qam bor. Olam va rdam munosabati, takdiri azal hukmi 
va unga chal berish ilinjidagi harakatlar, ruxiy erkinlikii qo‘msash, muxabbat va iafrat, fojia va baxt 
keltiradigai xodisalar haqida kishini chuqur o‘yga toldiradigan fikrlar jamlangan. Optimistlar va 
pessimistlar, materialistlar va idealistlar ham, donishmald gumanistlar, hatto axlokii, ma’naviyatni 
rad etadigan olimlarning qarashlariga ham o‘rin berilgan. 
1.
Kitob "Ming yilliklar xikmati" turkumida chop etilgan. Shu bois uni o‘kiganda bamisoli 
insoniyatnimg tafakkur tarixi, dardu xasrati, o‘zini anglash bosqichlari bilan tanishganday 
bo‘lasiz. Unda jamlangan fikrlar aslida insoining Inson uchun kurash tarixidir. Abu A’lo, 
Umar Xayyom. Jomiy, Navoiyning goyalari, Aflotun. Lrastu, L.Tolstoy, I.Ilinniig 
karashlari bilan mushtarak, uyg‘un bo‘lib ketadi. 
2.
Aypiqsa, XX asrga kelib, insoniyatning ma’naviy inkirozga yuz tutishi faylasuflar, 
adiblar, umuman qalbi nozik insonlarni qanchalik bezovta qiyagani ham mutolaa 
jarayonida yaqqol seziladi. Kitobpi o‘qiganingizda buni chuqur xis qilish barobarida 
bunday inqirozlan kutilish yo‘llari haqida altilgan umidbaxsh fikrlarga ham duch kelasiz. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish