12
holatlarni ilmiy asosda yechishni bita fan eplay olmayapti. Lekin turli bilimlarni
analiz va sintez qilish imkoniyatiga ega bo’lgan umumiy tabiiy geografiya ma’lum
darajada bu muammolarni hal qilish imkoniyatiga ega.
Tabiiy geografik tadqiqotlar olib borishda hamma fanlarda qo’llaniladigan,
hamda maxsus tadqiqot usullaridan foydalaniladi.
4. Tadqiqot usullari.
Hozirgi paytda deyarli hamma fanlarda tizimli
tadqiqot usullari keng qo’llaniladi. Tizimli tadqiqot usulida har bir tabiiy geografik
borliq (ob’ekt) o’zaro ta’sirda bo’ladigan turli xil tarkibiy qismlardan iborat tizim
deb qaraladi. Geografik qobiqni tizim deb oladigan bo’lsak, u yana vertikal va
gorizantal yo’nalishda yanada maydaroq tizimchalarga, mazkur tizimchalar
yanada
kichikroq tizimchalarga bo’linib ketadi.
Bundan tashqari tabiiy geografiyada fanlararo qo’llaniladigan matematik,
geoximik, geofizik va modellashtirish usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi paytda tabiiy geografiyada matematik usullar juda sustlik bilan
qo’llanilmoqda. Ko’proq matematik statistika va ehtimollar nazariyasi
qo’llanilmoqda. Geografik ob’ektlar juda murakkab bo’lganligi uchun hozirgacha
ularni matematik jihatdan ifodalash ancha murakkab masala hisoblanadi.
Geoximik usullar landshaftshunoslik tadqiqotlarida keng qo’llaniladi.
Geoximik usul yordamida landshaftshunoslikda ximiyaviy elementlarni harakati
o’rganiladi. Ximiyaviy elementlar ko’proq balandliklardan
pastqam joylar tomon
harakat qiladi. Natijada turli xil landshaftlar hosil bo’ladi.
Geofizik usullar yordamida landshaftlarda sodir bo’ladigan energiya va
modda almashinuvi jarayoni o’rganiladi.
Modellashtirish usuli tabiiy geografiyada keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda
jamiyat va tabiatni o’zaro ta’sirini modellashtirish tabiiy geografiyani va ekologik
geografiyaning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.
Tabiiy geografiyada maxsus tadqiqot usullari keng qo’llaniladi. Ular tabiiy
geografiyaning o’zida ishlab chiqilgan usullardir. Bunday usullarga qiyosiy tavsif,
ekspeditsiya, kartografik, paleogeografik, landshaft-indikatsiya
va boshqa usullar
kiradi.
Qiyosiy tavsif usuli tabiiy geografiyada qadimdan qo’llab kelinadi. Hozirgi
davrda ham mazkur usul geografik tadqiqotlar olib borishning asosiy usuli
hisoblanadi. Qiyosiy-tavsif usuli turli hududlarni relyefini, iqlimini, ichki suvlarini,
o’simligi, tuproq, hayvonot dunyosi, tabiat zonalari va landshaftlarni o’rganishda
keng qo’llaniladi. Mazkur usul mamlakatshunoslikda ko’proq foydalaniladi.
Ekspeditsiya yoki dala usuli tabiiy geografiyaning asosiy usullaridan biridir.
Geografik nazariyalar asosan dalada to’plangan ma’lumotlar asosida rivojlanadi.
Shuning uchun mazkur usul antik davrdan to hozirgi davrgacha geografik
ma’lumotlar olishning va tabiatni hamda xo’jalikni o’rganishning asosiy usuli
bo’lib hisoblanib kelmoqda.
Ekspeditsiyalar kompleks va maxsus qismlarga bo’linadi.
Kompleks
geografik ekspeditsiyalarda ma’lum bir hududning tabiiy yoki iqtisodiy geografik
sharoiti har tomonlama to’la o’rganiladi. Masalan, Buyuk shimol ekspeditsiyasi
(1733-1743), akademik ekspeditsiyalar (1768-1774) va boshqalar. Birinchi
13
kompleks ekspeditsiya natijasida Kamchatka yarim oroli tabiati o’rganildi,
Shimoliy Amerikaning shimoli-g’arbiy qismlari ochildi, SHimoliy Muz okeani
qirg’oqlari o’rganildi. Ikkinchi, ya’ni kompleks
akademik ekspeditsiyalarda
Rossiyaning turli qismlarini tabiati o’rganildi. 30-yillardagi Tojik-Pomir kompleks
ekspeditsiyasi, Xorazm ekspeditsiyalari ana shunday ekspeditsiyalardan bo’lgan.
Mazkur ekspeditsiyalar tabiatni yoki xo’jalikni ayrim tarkiblarini hamda
tarmoqlarini o’rganish uchun uyushtiriladi. Masalan, geologik qidiruv
ekspeditsiyalarida hududning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari,
tuproqshunoslik ekspeditsiyalarida tuproqlar, landshaftshunoslik ekspeditsiyalarida
landshaftlar o’rganiladi. Bundan tashqari muntazam ishlaydigan ekspeditsiyalar
ham uyushtiriladi. Masalan, Tyan-Shan statsionari 1945 yilda ochilgan.
Kartografik usul har bir geografik tadqiqot ishlarida qo’llaniladi.
Kartografik
usul yordamida tabiiy va iqtisodiy sharoitning umumiy va xususiy tomonlari
tavsiflanadi. Masalan, kompleks xaritalar, tabiiy xaritalar, geologiya, tuproq,
o’simlik, landshaft, qishloq xo’jaligi, sanoat va boshqa xaritalar.
Aerokosmik usullari ham tabiiy geografiyada keng qo’llaniladi, ular turli ilmiy
ishlarda hamda xaritalar tuzishda foydalaniladi.
Paleogeografik usul tabiiy geografiyada geologik
rivojlanish davomida tabiy
sharoitning shakllanishi va o’zgarishini aniqlash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari
mazkur usul ma’lum bir jarayonlarni rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash asosida
ularni o’zgarishini bashorat qilishga imkon beradi.
Hozirgi paytda tabiiy geografiyada injenerlik geografiyasi shakllanmoqda.
Mazkur
fan
tabiiy
geografiya,
injenerlik
geologiyasi
va
injenerlik
geomorfologiyasi hamda injenerlik ekologiyasi fanlari asosida rivojlanmoqda.
Injenerlik geografiyasi mazkur fanlarda qo’llaniladigan dala, laboratoriya va
mexanik-matematik usullardan foydalanadi. Shu bilan birga injenerlik
geografiyasini o’zida ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan keng foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: