Nаzоrаt uchun sаvоllаr.
1.
Instruktajgа qanday аsоsiy tаlаdlаr kuyilаdi ?
2.
Maqsadlаrgа qanday аsоsiy tаlаdlаr kuyilаdi ?
3.
O’quvqo’llanmalаri dilаn ishlаshdа nimаlаrgа e`tidоr dеrilаdi?
4.
Ustаxоnаdа lаdоrаtоriya tajribalаri qanday оlid dоrilаdi ?
10- Mavzu. «Texnologiya ta’limi darslarida Amaliy
mashg’ulotlarni tashkil etish»
REJA:
1.
Dars (amaliy mashg’ulot)
2.
Dars strO’qturasi.
3.
Ekskursiya, zveno, yakka, frontal, aralash o`qitish formalari.
Tayanch iboralari:
O`qitish shakllari. malakali ishchi,o`quv sexlari.
O`qitish shakli deganda o`quvchilarning konkret mashg’ulot (dars)dan ko`zda tutilgan
maqsadga erishishi uchun, ya’ni ishlab chiqarish ta’limi masteri rahbarligida o`quv materialini
olish va aktiv ravishda puxta o`zlashtirishga qaratilgan o`quv tarbiya faoliyatini tushunmoq
kerak. Shundan keyin ishlab chiqarish ta’limida foydalaniladigan xilma-xil shakllar
masalasini oydinlashtirish zarur. O`quvchilarning o`quv ustaxonasidagi o`quv-ishlab
chiqarish ishlarining asosiy shaklidan biri dars yoki amaliy mashg’ulotdir. O`quv-ishlab
chiqarish ishi sifatidagi darsning asosiy belgisi: o`quvchilar sostavining doimiy va ularning
bilimi (tayyorgarlik darajasi) taxminan bir saviyada bo`lishi, mashg’ulotning qat’iy jadval
asosida, o`quv ishlari uchun belgilangan ma’lum vaqt davom etishi, ishlab chiqarish ta’limi
masterining bevosita rahbarligi, uning xilma-xil o`qitish metodlaridan foydalanish, darsni
frontal, zvenolab va individual (yakka-yakka) formada olib borish imkoniga ega bo`lishidan
iborat deyish mumkin.
Shunday qilib, dars o`qitish jarayoniga tashkiliy aniqlik kiritadi va ishlab chiqarish
ta’limi va boshqa fanlar darslarini navbatlashtirib tashkil etishga, binobarin, o`quvchilarning
yuqori unumdorlik bilan o`qishini hamda dam olishini ta’minlashga imkon beradi.
Lekin, professional - texnika ta’limi sistemasida o`quvchilarga hunar o`rgatish
yuzasidan quyilgan vazifalarni hal etish uchun faqat ayrim darslarni yaxshi tashkil etishni
o`zigina kifoya qilmaydi. Ayni fan va hamma darslarni to`g’ri va uyg’un tashkil etgandagina
darsning mazmuni va to`la maqsadga muvofiq ochilishi mumkin. Bundan tashqari, ishlab
chiqarish ta’limi maqsadlari va vazifalariga muvofiq ravishda quyidagiga o`xshash har xil
dars turlarini qo`llash mumkin:
1) Kombinasiyali (o`qitish jarayonining hamma zvenolarini o`z ichiga olgan) dars;
2)
Operasiyalarni o`zlashtirishga (ayni operasiyaga oid ishmehnat priyomlarini
o`rganishga) bag’ishlangan dars;
3)
Kompleks ishlarni bajarshpga (konkret buyum tayyorlashmunosabati bilan ilgari
o`rganilgan operasiyalarni texnologik kompleks tarzida birlashtirishga)- bag’ishlangan dars;
4) Kontrol (tekshirish sinov) topshiriqlari va malakaolishga bag’ishlangan dars
(chorak oxirida, yarim yillik, o`quv davrida).
Ayrim dars shaklidagi ishlab chiqarish ta’limi asosan o`quv ustaxonasida tashkil
etilishini e’tiborga olib shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, o`quvchilar bajaradigan ishlarning
xarakteriga qarab (bir tipli yoki turli tipli ishlarning bajarilishiga qarab) darsni tashkil etish
formasi ham tanlanadi (ishni - darsni frontal - butun sinf uchun, zvenolab, yakka-yakka va
aralash turdagi).
Masalan, o`quvchilarning hammasi bir xil ishni bajaradigan bo`lsa (bolg’a tayyorlash,
kalit yasash va h.k). Darsning frontal formasini qo`llash mumkin. Bu holda master
o`quvchilarning hammasi uchun bitta umumiy instruktaj beradi va hamma o`quvchilarga
nisbatan qo`yiladigan umumiy talablar asosida buyumni tayyorlash texnologiyasining to`g’ri
bajarilishini kuzatib boradi.
O`quvchilar bajaradigan ishlar mazmuni (tayyorlash texnologiyasi) bir-biriga yaqin,
lekin xarakteri, ya’ni konstrO’qsiyasi boshqa-boshqa bo`lgan hollarda darsni zvenolab tashkil
etish maqul, masalan, tokarlik stanogini yig’ish (murakkab mahsulot vositasida o`rgatib -
o`qitish) da master ishni uzellarga ajratadi (uzatishlar qutisi, tezliklar qutisi, keyingi skoba va
shunga o`xshash) va har bir uzelni 2-3 kishilik zvenoga topshiradi. Yig’ish operasiyalariga oid
hamma umumiy ma’lumotlarni master frontal instruktaj tarzida o`quvchilarga aytib beradi,
har bir uzelning o`ziga xos ma’lumotlarini esa har bir zvenoning o`ziga aytadi. O`qitishning
bu shaklidan foydalanganda masterning ish hajmi, ayniqsa joriy instrO’q-tajda, frontal
formadagidan ko`ra ancha ortadi. Biroq bundagi xilma-xil ishlar sonining ko`p bo`lishya
(stanokning turli uzellari), o`quvchilarda professional bilimlarning o`sishigagina emas, balki
politexnik bilimlari doirasining kengayishiga ham yordam etadi.
Individual (yakka) o`qitish formasini sinfdagi ko`pchilik o`quvchilar konstrO’qsiyasi
har xil, mazmunan esa bir-biriga yaqin bo`lgan ishlarni bajarganlarida qo`llash mumkin. Bu
xil ishlar, masalan: o`quv ustaxonasi uchun xilma-xil mayda buyurtmalardan, yoki dona
hisobi uncha katta bo`lmagan turli-tuman detallar (tokarlik yoki parmalash stanoklari
detallari) bo`lishi mumkin. Bunday hollarda master tayyorlanishi kerak bo`lgan buyumlarning
tayyorlanish texnologiyasini analiz qilib chiqib, o`quvchilarga frontal instruktaj tarzida
umumiy belgilarni (ma’lumot-larning) va yakka shaklni qo`llaganda aytiladigan
ma’lumotlarni oldindan ajratib qo`yadi. Bunda individual tarzda aytiladigan ma’lumotlar
ko`proq bo`ladi. Ko`ramizki, darsni individual shakl asosida tashkil etganda, master ko`proq
tayyorgarlik ko`rishi kerak bo`lar ekan. Bunda darsning individual shakli va individual
instruktajdan iborat ikkita tushunchani bir-biridan farq qilish zarur. Individual iistrO’qtajni
har qanday shaklda tashkil etilgan darsda qo`llash mumkin, lekin bu ishning hajmi frontal
dars shaklida kamroq, individual shakldagi darsda esa kuproq bo`ladi.
Nihoyat, aralash shakddagi dars yuqorida ko`rsatib o`tilgan uchchala dars
shakllarining elementlaridan tarkib topadi.
Shuni ham ta’kidlab o`tish kerakki, dastur materialining mazmuniga, ixtisos
xarakteriga va boshqa faktorlarga qarab, ishlab chiqarish ta’limida boshqa tashkiliy shakllarni
ham qo`llash mumkin. Masalan, o`quvchilar brigadasi shaklidagi o`qitish shaklini, o`qitish
ishlab chiqarish sharoitida, dars shaklini qo`llash mumkin bo`lmagan hollarda qo`llash
maqsadga muvofiqdir. Bu shakldagi ta’lim ko`pincha ko`mir koni shaxtyorlarini tayyorlashda,
metallurglar, ximiklar va qishloq xo`jaligiga tegishli ko`pgina ixtisos ishchilarini tayyorlashda
qo`llash mumkin. Bunday sharoitlarda ishlab chiqarish masterlari odatda o`quvchilarni
alohida o`quvchilar brigadalariga ajratadilar, bu brigadalaridagi har biri muayyan o`quv-
ishlab chiqarish topshirig’ini bajaradi. Shu bilan birga bu topshiriqlarning o`quv maqsadi va
mazmuni bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Masalan, bir brigada marten pechiga xizmat
qilishga o`rgansa, ikkinchisi gaz generatorlariga xizmat qilishni, uchinchisi esa kontrol-
o`lchash asboblarini kuzatishni va hokazo o`rganishi mumkin. Bunday xollarda master o`quv
brigadalarini o`rganiladigan zonalar chegarasida almashtirib turish grafigini tuzishi kerak, toki
har bir brigada, masalan, metallurgiya butun bir kompleksiga xizmat qilishdagi hamma ish
priyomlarini bilib, o`rganib oladigan bo`lsin.
O`quvchilarni korxona sharoitida o`rgatishning yana bir shakli, ularni ishchilar
brigadasiga qo`shib o`qitishdir. Bu shaklni, masalan, slesar-remontchi, yig’uvchi santexnik,
montajchilar, shuningdek, qurilish ixtisoslari kabi ixtisoslarda qo`llash maqsadga muvofiqdir.
Bu shakl asosida o`quvchilarga ishlab chiqarish ta’limi berish shundan iboratki,
yuqorida aytib o`tilgan ixtisoslarga doir ishlab chiqarish brigadalariga umum-sleserlikka yoki
boshqa biron tayyorgarligi bo`lgan bir yoki bir necha o`quvchi biriktiriladi. Bu hilda ishlab
chiqarish ta’limi masterining vazifasi davriy ravishda joriy instruktaj o`tkazib turish, kundalik
topshiriqning xarakteri va hajmini aniqlab turishi, beriladigan toshpiriq temasiga tegishli
kirish instruktaji va ish natijasiga bag’ishlangan yakuniy instruktaj o`tkazishdan iborat
bo`ladi. Lekin o`quvchilar turli ob’ektlarga tarqatilgan bo`lishi tufayli master har bir
o`quvchiga topshiriq berish va undan ishni qabul qilib olish imkonidan mahrum bo`ladi. Shu
tufayli bu holda o`quvchilarni o`qitish (o`rgatish) vazifasi qisman ishchilar brigadasi
a’zolariga yoki brigadirning o`ziga topshiriladi. Ishchilar brigadasida ishlovchi o`quvchilarga
ish haqi ularning ancha past malakasini va sarf qilgan mehnatini hisobga olib hisoblanadi.
O`quvchilar ishchilar brigadasida ba’zan o`qilgan (o`rganilgan) programmani sistemali
ravishda bajarish prinsipi buziladi. Chunki ishlab chiqarish ta’limi masteri ishchilar
bajaradigan ish turini (bu ish turi programmaning ayni davrida o`rganiladigan ishga mos
kelmagan taqdirda ham) o`zgartira olmaydi. Lekin o`quvchilarning ish bilan doim ta’min
etilib turishi, ilg’or texnologiya va ilg’or mehnat usullaridan foydalanish imkoniga ega
bo`lishi, ishlab chiqarish ishchilari kollektivi sharoitida mehnat chiniqishi kabilar bu
kamchiliklarni qisman bo`lsada qoplaydi.
Ishlab chiqarish ta’limi shaklining yana bir turi o`quvchilarni malakali ishchilarga
biriktirishdan iborat bo`lib, bunda o`qitish asosiy ishdan ozod qilinmpgan instrO’qtor
tomonidan amalga oshiriladi. Bir instrO’qtorga bir vaqtning o`zida ikkitadan ortiq o`quvchi
biriktirilmaydi. O`qitishning bu shaklini ijobiy tomoni shundan iboratki, bu usul bilan
bevosita ilg’or texnika-texnologik bilan ta’minlangan ishlab chiqarish sexlarida istalgan hunar
bo`yicha yangi ishchilar tayyorlash mumkin. Bunda instrO’qtor uchun o`quvchilarning
tayyorgarlik darajasini va ulardagi sifatlarni e’tiborga olib turib, eng samarador o`qitish
usullarini qo`llashga imkon bo`ladi.
Biroq bunda o`zining asosiy ishi bilan ham shug’ullanishga majbur bo`lgan
instrO’qtor o`ziga birkitilgan o`quvchilarga tegishli e’tibor berish imkonidan mahrum bo`ladi,
ishlab chiqarish ta’limining, borishini har kuni kontrol qila olmaydi.
Ishlab chiqarish ta’limining maxsus shakli - o`quvchilarning shtatli ish o`rinlarida
(iste’mol mahsuloti ishlanadigan ish o`rinlarida) o`tkazadigan praktikasidir. Bu shakl
ta’limning oxirgi oylarida, korxona sharoitida o`tkaziladi. Bu shaklda o`qitishda har bir
o`quvchi shtatli joyda ishlab, mahsulotga korxona tomonidan qanday talablar qo`yiladigan
bo`lsa, o`sha talablarga to`la amal qilib buyum tayyorlaydi. Bu holda o`quvchi buyum ishlab
chiqarish vaqg normasini bajarishga ham majbur bo`ladi. O`quvchi tayyorlagan mahsulotni
korxonaning texnik kontrol bo`limi xodimlari qabul qilib oladi. O`quv-ishlab chiqarish
faoliyatini shu xilda tashkil etish o`quvchilarni ayni ixtisos ishchilari ishlaydigan sharoitda
mehnat qilishga odatlantiradi. Master o`qitish formalarini va metodlarini ayni ish o`rniga
quyiladigan talablarga moslashtirib tanlashi shart. Agar ayni ish o`rnida ishlab chiqarish
ta’limi programmasi to`la bajarilmaydigan bo`lsa, master oddiidan tuzib qo`yilgan grafik
asosida o`quvchini boshqa ish o`rniga ko`chirishi shart.
Ammo, kasb-hunar kollejida o`quvchilarni ular tanlagan ixtisos bo`yicha o`qitish
uchun moddiy baza bo`lmasa, o`quvchilarni korxonadagi, o`quv sexlarida va maxsus
ajratilgan uchastkalarda o`qitish formasidan foydalanish mumkin. Bu forma o`quvchilarni
o`quv ustaxonalarida o`qitish formasiga o`xshaydi, farq shundaki, korxonada o`quvchilarga
korxona xodimi-asosiy vazifadan ozod qilingan instrO’qtor rahbarlik qiladi. Bundan tashqari,
ish ob’ektlari sifatida korxona sexlarining buyurtmalari ham bajariladi. Bu esa o`quvchilarni
ayni korxonaning unumli mehnatiga yondoshtirish uchun eng ma’qul tadbirdir. Biroq bunda
kirish instruktaji, joriy va yakuniy instruktaj o`tkazish uchun zarur sharoitning bo`lmasligi,
o`qitish formasining samaradorligini kamaytiradi.
Nihoyat, sinfdan tashqari mashg’ulotlar uyushtirishning so`nggi formasi texnik
ijrochilik to`garaklaridir. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning tashkiliy formalarini o`rganishga
kirishishdan avval, ishdagi bu bosqichnipg o`quvchilar professional mahoratshsh o`stirishdagi
ahamiyatini aniqlab olish kerak. Gap shundaki, o`quvchilarning darslarda oladigan bilim,
o`quv va malakalari faqat programmada belgilangan minimumdan iborat bo`ladi. HolbO’qi,
ko`pchilik o`quvchilar zamonaviy texnikaga qiziqadilar. Shu sababli, ularning turli texnika
to`garaklarda qatnashuvlari texnikaga doir bilimlarini o`z qiziqish va qobiliyatlariga muvofiq
ravishda rivojlantirishga imkon beradi. Xuddi shu texnika to`garaklarida - ayrim
o`quvchilarning mohirligi, konstrO’qtorlik va texnik ijodchiligi namoyon bo`ladi.
Shunday qilib, o`quvchilarning texnik ijodchilik to`garaklarida jiddiy shug’ullanishi
o`zlari tanlagan hunarni muvaffaqiyatliroq va sifatliroq egallashga yordam etadi. Texnika
to`garaklari «Mohir qo`llar» («Qo`li gullar»), «Aviomodelchilar», «Kemamodelchilar»,
konstrO’qtor va boshqa nomlar bilan tashkil etilishi mumkin. Bu to`garaklarning
tashkilotchilari va rahbarlari, ishlab chiqarish masterlari va o`qituvchilar bo`lishi mumkin.
Bunda to`garaklarga kimlarni yozish, ishni qanday tashkil etish, to`tarak ishlarining
natijalarini qanday tashviqot qilish kerakligini alohida eslatib o`tishimiz lozim. Faqat to`garak
ishlarini tashviqot qilishning eng ma’qullari (ko`rgazmali texnika kechalari, texnikaga
bag’ishlangan olimpiadalar, devoriy gazetalar, leksiyalar, suhbat, konkurs va h.k) gina texnika
ijodchiligi to`garaklariga o`quvchilarning ko`plab jalb qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |