O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


      3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili



Download 420,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana04.01.2020
Hajmi420,56 Kb.
#32017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilari manaviyatini shakllantirishda xalq ogzaki ijodidan foydalanish


 

 

 

75 



 

 

3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili 



 

Tadqiqotda ilgari surilgan nazariy masalalar hamda amalga oshirilgan amaliy 

tajribalar uning natijasini aniqlashni taqozo etadi. Yakuniy tajriba-sinov ishlari 

2012-2013 yillarda Qarshi tumanidagi 25–o‘rta umumta’lim maktabida olib 

borilib, unda jami 8 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va 63 nafar o‘quvchi 

ishtirok etdi. Shundan 32 nafari tajriba guruhi o‘quvchilari va 31 nafari nazorat 

sinfi o‘quvchilari edi.  Shakllantiruvchi tajriba bosqichida ham tajriba-sinov ishlari 

ta’kidlovchi tajriba jarayonida foydalanilgan metodlar yordamida muallif 

tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar asosida olib borildi. Amaliy ishlarda maktab 

tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishning darajalari, ularning amaliy faoliyatda 

namoyon bo‘lish holatlari aniqlandi. Bu holat quyidagicha izohlanadi: 

1. 


Mavjud nazariy-pedagogik bilimlarning o‘qituvchilar tomonidan 

o‘zlashtirilishining pastligi. (Ayniqsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida 

nazariy bilimlarning yetishmasligi) 

2.  Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligining 

yuqori darajada emasligi. 

3.  O‘qituvchilarga tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga oid nazariy, 

amaliy va metodik yordamning zaruriyati mavjudligi. 

Tajriba-sinov ishlarining asosiy bosqichida, sinf rahbarlari bilan birgalikda 

(tajriba sinfida) ko‘pgina texnologiyalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil 

etdik.  


Tadbirlar tahlilining ko‘rsatishicha, texnologiyalashtirilgan tadbir natijasida 

o‘quvchilarda quyidagi sifat (xislat)larning barkamol shaxs qiyofasida aks etishi 

muhim ekanligi qayd etildi: 

-   vatanparvarlik va milliy g‘urur, iftixor tuyg‘usiga egalik; 

- davlat ramzlari (gerb, bayroq, madhiya)ga nisbatan chuqur hurmat bildirish; 

-  millat va jamiyat  taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish hamda ularning taqdiri 

uchun mas’uliyatli bo‘lish; 

- ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat; 



 

 

76 



 

 

-  ajdodlar xotirasiga hurmat, milliy qadriyatlarning ahamiyatini chuqur 



anglash va ularni asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yetkazishga g‘amxo‘rlik 

qilish; 


- halol, rostgo‘y, mehr-shafqatli bo‘lish; 

- g‘ayratli, tashkilotchi va tashabbuskor bo‘lish; 

- faoliyatda qat’iyatli, xushmuomala va tartibli bo‘lish; 

- mustaqil va o‘z nuqtai nazarini erkin ifodalay olish; 

- muomala madaniyatini egallay olish; 

- vaqtdan unumli foydalana bilish. 

Bundan tashqari o‘quvchilar bilan “Ona tabiat qo‘yniga” sayohat 

mashg‘ulotini ham tashkil etdik. Bunda o‘quvchilar “Tabiatdagi bahoriy 

o‘zgarishlar”, “Tabiatning ham joni bormi?”, “Qushlar nima deydi?”, “Gul 

go‘zallik ramzimi?”, “Tabitani asrash uchun nima qila olaman?” kabi savollarga 

javob oldilar.  

Sayohatdan so‘ng o‘quvchilarning tasurotlari davra suhbati asosida 

xulosalandi. Sayohatdan o‘quvchilarning taasurotlari bir olam bo‘ldi. Ayniqsa, 

ularning ona tabiatga nisbatan munosabatlari tubdan o‘zgardi, desak adashmaymiz. 

Bolalar o‘z javoblarida tabatning ham joni bor ekanligi, unga ozor bermaslik 

lozimligini qayta-qayta takrorladilar. Tajriba-sinov ishlarining asosiy qismi bahor 

oylariga to‘g‘ri kelganligi bois boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan “Navro‘zi 

olam”, “Gullar bazmi”, “Qushlar bayrami” kabi tadbirlarni tashkil qildik.  Ushbu 

tadbirlarni yil boshida sinf rahbari bilan kelishgan holda uning ish rejasiga kiritdik.  

Har bir tadbirni boshlanishdan bir oy oldin tadbir yuzasidan material to‘plashga 

kirishdik. Tadbir ishlanmasini tuzishda albatta uni texnologiyalashtirishga alohida 

ahamiyat qaratdik. Bu borada o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini ham inobatda 

oldik. Ayniqsa, tadbirni tashkil etishda o‘quvchilarning yosh xususyaitlari va 

ularning imkoniyatlari darajasini alohida yodda tutdik. O‘quvchilar bajara oldigan 

rollar, turli boshqotirma va boshqa o‘yinlarni ularning imkoniyatlari darajasidan 

kelib chiqqan holda tanladik. Shuni alohida yodda tutish kerakki, tadbir jarayonida 

ko‘plab pedagogik texnologiya shakllaridan foydalanish mumkin, ammo tadbirlar 


 

 

77 



 

 

ommaviy shaklda o‘tishini hisobga olganda ko‘proq guruhlarda ishlash metodlarini 



tanlash maqsadga muvofiq. Biz yuqoridagi boblarda ta’kidlaganimizdek, 

tarbiyaviy tadbirlarda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarda faollik, 

ishchanlik, qiziquvchanlik, maqsad sari intilish, o‘zgalar fikrini hurmat qilish, 

guruh sha’nini himoya qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shubhasiz biz 

tashkil etgan tadbirlarda ham o‘quvchilarda ushbu ijobiy sifatlar shakllanganligi 

kuzatdik.          

Yuqorida qayd etilgan sifatlar tajriba-sinov ishlari davrida tajriba guruhiga 

biriktirilgan respondent-o‘quvchilar tomonidan muvaffaqiyatli tashkil etilishiga 

erishildi. Mazkur fikrni tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichi natijalari ham 

tasdiqlaydi. Tajriba natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar respondent-o‘quvchilar 

o‘rtasida tashkil etilgan so‘rovlar, testlar, ertaliklar, sayohat natijalarilarni tahlil 

etish asosida hosil qilindi. 

Test so‘rovi natijalarini tahlil etish chog‘ida quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘lga 

kiritildi: 



                         Tajriba boshidagi ko‘rsatkich   

                                                                                              3.1- jadval  

Sinflar 


O‘quvchilar  soni 

Javoblar soni 

Yuqori 

O‘rta 


Past 

Tajriba 

guruhi 

32 nafar 

 



 



16 

 

10 



 

% hisobida 

100 % 

21 


49 

30 


Nazorat 

guruhi 

31nafar 


 

 



14 

 

12 



 

% hisobida 

100 % 

16 


45 

39 


 

 

 



 

 

 



 

 

 

78 



 

 

Tajriba yakunidagi ko‘rsatkich 



                                                                                            

                                                                                                               3.2-jadval 

 

Sinflar 


O‘quvchilar  soni 

Javoblar soni 

Yuqori 

O‘rta 


Past 

Tajriba 

guruhi 

 

 



32 nafar 

 

20 



 

 



 

 



 

% hisobida 

100 % 

60 


30 

10 


Nazorat 

guruhi 

 

 



31 nafar 

 

11 



 

 

14 



 

 



 

% hisobida 

100 % 

35 


45 

20 


 

 

Mazkur paragrafda bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, tadqiqot ishiga 



tizimli va maqsadga muvofiq yondashish tarbiyaviy ishlarni 

texnologiyalashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim jarayonining samarali 

kechishini ta’minlaydi. Ushbu fikrni tajriba-sinov ishlarining yakuniy natijalari 

ham tasdiqlaydi.  



               

                UCHINCHI  BOB BO‘YICHA XULOSA 

O‘tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar quyidagilarni xulosa 

qilishga imkon beradi:  

1.   Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida barkamollik sifatlarini shakllantirish 

uchun tarbiyaviy ishlarda  innovatsion texnologiyalardan foydalanish bu sohada 

kutilgan samaradorlikka erishish imkonini berdi.   

2.  Pedagogik tadqiqotlarda psixologik nazariya va amaliy-ilmiy apparatni 

ko‘llanilishi hamda muhitga muvofiqlantirilishiga erishildi; 



 

 

79 



 

 

3.  O‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlash natijasida ular orasida 



subyekt-subyekt munosabatlarini ta’minlash, ishchan muloqot, mustaqillik, faollik, 

hamkorlik, o‘zaro ishonchga asoslangan pedagogik muhit vujudga keltiriladi. 

4.  Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari davomida boshlang‘ich sinflarda 

tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish muayyan metodika yordamida izchil 

takomillashtirildi va ma’lum darajada boyitildi. Bu esa taqdim etilgan 

metodikaning samaradorlik darajasini tasdiqladi va tadqiqot farazi to‘g‘riligini 

ilmiy jihatdan asoslash imkonini berdi.  

5.   Tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish jarayonida tabiya maqsadlari

motivlar, ko‘rsatmalar, nuqtai nazarlar, qadriyatlar, shaxs tarbiyasi bilan 

kuzatiladigan va boshqariladigan, aniq shaklda tashkil qilingan psixomotor jarayon 

sifatida xizmatga oid funksiyalar ahamiyati boshlang‘ich sinf  o‘quvchilariga ta’sir 

ko‘rsatishi pedagogik jihatdan dalillandi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

80 



 

 

UMUMIY XULOSALAR  



 

O‘tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijalari qo‘yilgan farazlarni to‘la 

tasdiqladi hamda quyidagilarni xulosalashga imkoniyat yaratdi: 

1. 


Boshlang‘ich sinf tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishning  limiy  

asoslarini yaratish dolzarb pedagogik muammolardan biri ekanligi ijtimoiy 

zarurat, ehtiyoj namoyon etdi. Izlanish maqsadini tadqiqotda qaror toptirish uchun 

boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish imkoniyatlari 

ilmiy jihatdan asoslanildi; 

2. 


Boshlang’ch sinflarda tarbiyaviy ishlarning texnologiyasi pedagoglar 

tomonidan maxsus turdagi topshiriqlar, mustaqil faoliyat turlarini bajarish orqali 

ro‘yobga chiqarildi. Tarbiyaviy ishlar jarayoni to‘laqonli tarzda o‘quvchiga 

yo‘naltirilsa, uning ehtiyoj va imkoniyatlari, qiziqishlari, iqtidorini hisobga olgan 

holda muayyan prinsiplar asosida tashkil etilsa, bunday tarbiya natijalari, birinchi 

navbatda, o‘quvchi shaxsining o‘zini, shu bilan bir qatorda, davlat, jamiyat hamda 

fan va ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi omil darajasiga ko‘tariladi. 

3. 


Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishda 

 

tarbiyaviy xususiyatlar, pedagogik-psixologik o‘ziga xosliklarni alohida hisobga 



olish talab etiladi. 

4. 


Tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy 

loyihalarni ishlab chiqish va tarbiya jarayoniga tadbiq etish tarbiyaviy ishlarni 

samarali rivojlantirish imkonini beradi.  

5. 


 Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish uchun 

uchun o‘quv-biluv jarayonida ularni faol fikrlash va mustaqil faoliyat ko‘rsatishga 

undovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanish bu sohada kutilgan 

samaradorlikka erishish imkonini berdi.  

6. 

O‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlash natijasida tarbiyaviy ishlar 



jarayonida, ular orasida subyekt-subyekt munosabatlarini ta’minlash, ishchan 

muloqot, mustaqillik, faollik, hamkorlik, o‘zaro ishonchga asoslangan pedagogik 

muhit vujudga keltiriladi. 


 

 

81 



 

 

7. 



Kichik guruhlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni 

shakllantirishga yo‘naltirilgan holda tashkil etilgan pedagogik jarayon erkinlik, 

insonparvarlik tamoyillari asosida tashkil etilgan tarbiya muhiti tarbiya 

oluvchilarni rivojlantirish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi.   

8. 

Tajriba-sinov natijalari boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy  ishlarni 



texnologiyalashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda qo‘llanilgan 

metodikaning samaradorlik darajasini asoslab berish orqali tadqiqot ilmiy 

farazining to‘g‘riligini ko‘rsatdi. 

9. 


Ertaliklar mazmunin milliylashtirish va zamonaviylashtirishda, 

shuningdek,  ularda  pedagogik  texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilarning 

individual-psixologik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish va shu asosda didaktik 

topshiriqlardan optimal ravishda foydalanish zaruriyati mavjud. 

10.  O‘quvchilar orasida qulay tashkil qilingan faoliyatgina ularning sinf

maktab jamoasi va oila a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarini 

barqarorlashtiradi. Bu borada ko’rik-tanlov va sayohatlarning ahamiyati nihoyatda 

kattadir. 



TAVSIYALAR: 

Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishda 

quyidagilarni amalga oshirish zarur: 

1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnoligiyalashtirishda 

o’qituvchilar asosiy kuch bo’lib, ularni  o‘qitiladigan o‘quv predmetlari 

mazmuniga Boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standartlariga mos tarzda 

o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shaklantirishga yo‘naltirilgan 

o‘quv strategiyalari, ta’limiy topshiriqlar va innovatsion usullarni singdirish zarur.  

2. Xalq ta’limi vazirligiga: “O‘qish», «Ona tili» namunaviy o‘quv 

dasturlarini takomillashtirish, kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan 

qomusiy lug‘atlar, tanqidiy fikrlashni shakllantirishga qaratilgan bolalarbop 

diafilmlarni yaratish talablari Davlat ta’lim grantlari loyihalarida o‘z aksini 

topishiga erishish lozim. 


 

 

82 



 

 

3. O‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi bilimlarini oshirishda 



ma’lum omillar va sharoitlar hamda rag‘batlantirish yo‘llari, metodlari, shart-

sharoitlarini chuqur o‘rganish va hisobga olish lozim. 

4. Ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim markazlari tomonidan o‘quvchilarning 

ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi bilimlarini kengaytirish maqsadida turli qomusiy 

adabiyotlar, ma’lumotnomalar, daydjest majmualarini yoshiga  mos ravishda 

ishlab chiqish maqsadga muvofiq. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

83 



 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 

 

1. 


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 1992. - 46 b.  

2. 


Karimov I.A. O‘zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo‘li. - T.: O‘zbekiston, 

1992, 46 b.  

3. 

Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. –T.O‘zbekiston, 1995.-278 b. 



4.  Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.       

-176 b.   

5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni    

bartaraf etishning yo‘llari va choralari. T., 2009. 

6.  Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish 

va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T., 2010. 

  7. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida.  T.: “O'zbekiston”, 

2011, 430. 

8. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. Barkamol avlod – 

O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: 1997, 20-29-b.  

9. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Barkamol 

avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: 1997, 30-61-betlar.  

10. O‘zbekiston Prezidentining 2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda maktab 

ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni . 

Ma’rifat, 2004 yil 22 may.  

11. Ahmedov B. Ajdodlar o‘giti.- T.: Cho‘lpon, 1991.- 113 b.  

12. Abu Abdullosh Al-Xorazmiy. Al jabr val mug‘obala vasiyatlar kitobi. /O‘zbek 

pedagogikasi antologiyasi. –T.: O‘qituvchi, 1995. 62-76 b. 

13. Aliyev A. Ma’naviyat, qadriyat va badiyat: (Vatan fidoiylari).-T.: Akademiya, 

2000.- 630 b.  

14. Alisher Navoiy mukammal asarlar tiplami. 7 – tom. «Xamsa», «G‘ayrat ul-

abror».- T.: Fan, 1991.-390 b.  

15. Aminov B., Rasulov T. Vatan yurakdagi javohir.-T.: O‘qituvchi, 1996. -158 b. 

16. Amir Temur o‘gitlari.- T.: Navro‘z, 1992.- 63 b. (Amir Temur vasiyati.-T.: 

G‘afur G‘ulom, 1991.-4 b.   


 

 

84 



 

 

17. Baratov Sh. O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari.-T.:O‘qituvchi,1995.-52b 18. 



18. Bobur Z.M. Devon.-T.: Fan, 1994.-143 b.  

19. Boytullayev R. Ajdodlar merosini o‘rganib // Muloqot.-2004.-

№5.-B.29-30 b. . 

20. Ergashev F., Obidov D. Milliy ta’lim tarixidan.- T.: Akademiya, 1998.-77 b. 

21. Erkayev A. Ma’naviyat - millat nishoni.- T.:  Ma’naviyat, 1997.- 188 b. 

22. Forobiy A.N. Fozil odamlar shahri- T.: A.Qodiriy, 1993.- 222 b. 

23. Hamidov X. Qirq besh alloma hikoyati. - T.: Fan, 1995.- 178 b. 

24. Hasanboyeva O., Hasanboyev J., Hamidov X. Pedagogika tarixi. - T.:     

O‘qituvchi, 1997.- 248 b. 

25. Hasanboyeva O. Guruhlarda tarbiyaviy ishlar. - T.: O‘qituvchi, 1994.- 119 b. 

26. Hoshimov 

К., Nishonova S. Pedagogika tarixi // Darslik.-Т.: Alisher Navoiy 

nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.2005.-304 b.  

27. Ibrohimov A. Bizkim o‘zbeklar. - T.:  Sharq, 2001.- 395 b. 

28. Ibrohimov A., Sultonov X., Jo‘rayev N. Vatan tuyg‘usi.- T.: O‘zbekiston, 

1996.- 443 b.  

29. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab, al-mufrad.-T., O‘zbekiston. 1990, 198 b.  

30. Jabborov A.M. O‘zbek maktabi  o‘qituvchisining psixologik va etnik 

xususiyatlari. Psixol. fanl. dokt. diss. T.: 1999 y. – 317 b.  

31. Javliyev T. An’analar hayot sabog‘i.- T.: O‘qituvchi, 1992.- 87 b.  

32. Jalolov A. O‘zbekiston mustaqillik, ma’naviyat va mafkura.-T.: Ma’naviyat,      

2004.- 189 b.  

33. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti.- T.: O‘qituvchi, 1994.- 256 b. 

34. Jo‘rayev A. Tarbiyaviy darslar o‘tish. –T.: O‘qituvchi, 1994, 87 b. 

35. Mansur M. O‘zbegim. «Zvezda vostoka» jurnali kutubxonasi.- Vatan seriyasi, 

T.: 1992.- 48 b.  

36. Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari.- T.: Fan, 1994.- 133 b.  

37. Mahmudov S. O‘zbek udumlari.-T.: Fan, 1993.- 218 b.  

38. Mahmudov T. Avesto haqida.- T.:  Guliston, 2000.- 63 bet.  

39. Mahmudov T. Mustaqillik va ma’naviyat.- T.:  Sharq, 2001.-160 b. 



 

 

85 



 

 

40. Ma’naviyat yulduzlari: (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, 



adiblar).- T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi, 1999.- 395 b.  

41. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar. T.: Yangi 

asr avlodi. -2002, -192 b.  

42. Ming bir hadis.- T.: Movarounnahr, 1998.- 144 b.  

43. Munavvarov A. Pedagogika. Pedagogika Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik.- T.:  

O‘qituvchi, 1996.- 200 b.  

44. Murodov M. O‘zbekning shoir bo‘lmagani kam // Muloqot.- 1991.-

№7. - 5-,6-

b. 

45. Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 



1996. – 190 b. 

46. Navoiy A. Hayrat ul-abror.- T.:  G‘.G‘ulom, 2006.- 389 b. 

47. Nazarov Q. Aksiologiya. Qadriyatlar falsafasi. - T.: O‘zbekiston Faylasuflari 

Milliy jamiyati, 2004.- 196 b. 

48. Otaxonova Z. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. -Fag‘ona.: 2009, 126 b.  

49. Ochilov M.O., Ochilova N.M. O‘qituvchi odobi.-T.: 1997.-136 b. 

50. Ochilov M. Muallim-qalb me’mori. Saylanma.-T.:O‘qituvchi,2001.-430b. 44. 

51. Petrovskiy A.V. “Umumiy psixologiya”.T: “O‘qituvchi” 1992-512 b.  

52. Qoraboyev U. O‘zbekiston bayramlari. - T.:  O‘qituvchi, 1991.- 186 b. 

53. Qurbonov T. Milliy g‘urur va madaniy meros dialektikasi.-T.: Zarqalam, 

2006.- 98 b.  

56. Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari.- T.: O‘qituvchi, 1995.- 

207 b.  

57. Sodiqova T. Mehr qolur.- T.:  Mehnat, 1998.- 51 b.  

58. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.- T.: 1997.- 230 b. 

59. To‘rayeva O. Yosh qalblar murabbiysi.- T.: O‘qituvchi, 1989.- 162 b. 

60. Vatanni sevmoq iymondandur.- T.: Adabiyot va san’at, 1995.- 64 b.  

61. Yusupov E., Ismoilov F. Inson barkamolligi.- T.:  O‘zbekiston, 1990.- 240 b. 

62.Yo‘ldosheva R. O‘zbek xalq o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati.-T.: O‘qituvchi, 

1994.- 119 b. 



 

 

86 



 

 

63. Ziyoyev X. Istiqlol ma’naviyat negizi.- T.:  Ma’naviyat, 1999.- 189 b.  



64. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.- T.: Davlat ilmiy nashriyoti, Tom 2, 2001.- 

703 b.   

 65. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. 1-jild. T.: O‘qituvchi, 1995.- 478 b. 

 66. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. 2-jild. T.: O‘qituvchi, 1999.- 478 b. 

 67. O‘zbek xalq maqollari. - T.: Sharq, 2003.- 510b. 

 68.  G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. 

Qarshi.: “Nasaf”, 2009, 162 b.  

 69. G‘ofurov Z.,Toshev M. Ma’naviyat saboqlari.- Qarshi. 1999.-158 b.   

 70. G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya I kitob, T.: 2004 y,-210 b. 

 71. G‘ofurov Z.,Toshev M. Ma’naviyat saboqlari.- Qarshi. 1999.-158 b.  

  72. Sharipov E. Oila, an’ana, odob.- T.: O‘zbekiston, 1991.  

  

73. Sharqning ulug‘ mutafakkirlari merosida ta’lim-tarbiya masalalari: Ilmiy 



anjuman materiallari. T.Nizomiy nomidagi TDPU.-1993.- 658 b. 

Internet saytlari 

www.ziyonet.uz

 

www.pedagog.uz



 

www.kutubxona.uz

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

87 



 

 

 



 

   

 

I L O V A L A R 

 

 

 



 

 

 



 

 

                                         



                                                                                       

                                                                                    

 

 

88 



 

 

                                                                                      



                                                                            ILOVA-1 

 

Boshlang’ch sinf o’qituvchilariga murojaat qilingan og’zaki savollar to’plami   

 

1.  Tarbiyaviy ishlarni texnologoyalashtirish deganda nimani tushunasiz ? 

2.  Tarbiyaviy ishlarning qanday turlari va yo’nalashlari  mavjud? 

3.  Tarbiyaviy faoliyatingiz jarayonida qanday pedagogik texnologiyalardan 

foydalangansiz? 

4.  Pedagogik texnologiyalar  tushunchasiga ta’rif  bering?  

5.  Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda sizga nimalar manba bo’lib xizmat 

qiladi? 


6.  Tarbiyaviy ish rejani tuzayotganda nimalarga ko’proq ahamiyat berasiz? 

7.  Faoliyatingiz jarayonida kasbdoshlaringiz tarbiyaviy ishlarini tahlil 

qilganmisiz, ularning kamchilik va yutuqlari nimada deb o’ylaysiz? 

8.  Tarbiyaviy ishlarga doir faoliyatingizni kim nazorat qiladi ? 

9.  Bir o’quv yilida necha marta tadbir tashkil etasiz? 

10.  O’quvchilaringiz  bilan sayohatlar tashkil etasizmi, uhda ko’proq 

nimalarga e’tibor qaratasiz? 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                                    



 

 

 

 

89 



 

 

 



                                                                         ILOVA -2 

 

Tajriba boshida o’quvchilariga murojaat qilingan test topshiriqlari 

  

1.  Sizga qanday tadbirlarda ishtirok etish ko‘proq yoqadi?     

    a) ko‘rik-tanlovlar 

    b) sayohatlar 

    v) ertaliklar 

    g) barchasi      

2. Milliy bayramlarning qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi? 

    a) navro‘z  

    b) mehrjon 

    v) mustaqillik bayrami 

    g) barchasi  

3. Navro‘z qanday bayram? 

   a) bahor bayrami 

   b) yangi yil bayrami 

   v) kuz bayrami 

   g) a,b javoblar to‘g‘ri  

4. Tadbirlarda siz qanday ish turi bilan shug‘ullanasiz ? 

   a) raqsga tushaman 

   b) qo‘shiq aytaman 

   v) she’r aytaman 

    b) barcha turini bajaraman 

5. Sinf rahbaringiz tarbiyaviy soatda sizni qanday mavzular bilan 

tanishtirishini istartangiz ?  

a) tarixiy 

b) kasblarga oid 

v) jahonda bo‘layotgan xabarlar 

g) futbol yangiliklari   

6. Qayerlarga sayohat qilishni hohlar edingiz ? 


 

 

90 



 

 

a) ona tabiat qo‘yniga 



b) tarixiy obidalarga 

v) muzeylarga 

g) barchasiga 

7. O‘rtoqlaringiz bilan qanday o‘yin turini ko‘proq o‘ynaysiz? 

a) milliy o‘yinlar 

b) futbol 

v) shoxmot, shashka 

g) bekinmachoq  

8. Sinf rahbaringizni qaysi sifatlari sizga yoqadi? 

a) adolatliligi  

b) obobliligi 

v) shirinso‘zligi 

g) bag‘rikengligi 

9.  Milliy bayramlardan qaysi biri maktab miqyosida keng 

nishonlanadi? 

a) navro’z 

b) mehrjon 

v) mustaqillik bayrami 

g) barchasi 

10.Sinf jamoasi bilan birgalikda qaysi ijtimoiy foydali mehnat turi bilan 

shugullanasiz ? 

a) shanbalik 

b) ko’rik tanlov 

v) sayohat 

g) ertalik  

                                                                              

 

                                                                                                 



                                                                                            

 

 

91 



 

 

                                                                                       ILOVA-3 



 

          «Ona yurtim - oltin beshigim» nomli ko’rik-tanlov senareysi 

Tanlovning maqsadi: o‘quvchilarning bo‘lim yuzasidan olgan bilimlarini 

mustahkamlash, ularda vatanga e’tiqod, sadoqat, muhabbat hissini tarbiyalash bilan 

birgalikda birdamlik, vatan sha’nini himoya qilish, topqirlik hamda bilim olishga 

nisbatan qiziqishni o‘stirish kabi xislatlarni tarbiyalash. 



Tanlovda foydalaniladigan metodlar: savol-javob, hikoya, suhbat 

Tanlovda foydalaniladigan pedagogik texnologoyalar: 

тест

кроссвордларblis-so’rov. 

Tanlovda ishtirok etadigan qahramonlar: xalq rolini sinfdagi barcha 

bolalar ijro etishadi. Sinfga o‘yinchoq ot mingan jarchi bola kirib keladi.  



Jarchi:  Aziz fuqarolar, diqqat qiling, podshohimiz tashrif buyurmoqdalar, 

ularga bugun sizning yordamingiz kerak. Xaloyiq, shohimizni qarshi oling. 



Xaloyiq: Dono shohimiz qelmoqdalar, ulardan yordamimizni ayamaymiz. 

Davraga shoh kirib keladi. 



Shoh:  Salom, aziz fuqarolarim. Sizlarni ko‘rishdan juda xursandman. 

Vatanimiz boshiga jodugar yolmog‘iz qora kunlarni solmoqchi, u mening go‘zal 

qizim «O‘zbekoy»ni asir olib, yurtimizni esa changalzorga aylantirmoqchi. Uni 

yengishga mening kuchim ojizlik qiladi. U sizlarning vataningizga nisbatan 

sadoqatingizni, bilimu irodangizni sinash bilan birgalikda, vataningizni qanchalar 

ardoqlashingizni tekshirib ko‘rmoqchi. Biz uni yengish uchun uning ba’zi bir 

savollariga javob berishimiz shart. Shu sababdan sizlardan yordam so‘rab keldim. 

Umid qilamanki, sizlar mendan o‘z yordamingizni ayamaysiz. Biz birgalikda, 

albatta, ularni yengamiz, yovuz niyatlarini amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaymiz.      

Sinfda shamolning uvillashiga o‘xshash ovoz eshitiladi. Sinfda isqirt 

kiyimda yolmog‘iz kampir hamtovoqlari: sehrgar mushuk, ayyor tulki   paydo 

bo‘ladi.  



Yolmog‘iz kampir: ha, podshohi olam, yolg‘iz qolib, qiynalib o‘tiribsanmi, senga 

hech kim yordam bermasligi aniq. 



 

 

92 



 

 

Ayyor tulki: shoh, shu lapashanglarga ishonib o‘tiribsanmi? hi, hi, hi!  



Sehrgar mushuk: qani, kim zo‘r ekan, bizmi, yoki sizlarmi? 

Yolmog‘iz kampir: bo‘lmasa, mening shartlarimni tinglang, agarda savollarimga 

javob bera olsalaring mamlakatingiz o‘zingizga buyursin, agarda men yengsam, 

sizlar bu mamlakatni shohingiz bilan tark etasizlar. Uni men xohlaganimcha idora 

qilaman, uning yarmini chakalakzorlarga, yarmini esa cho‘lu biyobonga 

aylantiraman.   

Xalq:  Biz birgalikda, albatta, seni yengamiz, dono shohimiz bilan vatanimiz 

sha’nini himoya qilamiz.  



Shoh: qani ayt savollaringni? 

Ayyor tulki: qani, bo‘lmasa, boshladik. 

Yolmog‘iz kampir: Savollarga tez va aniq javob qaytaringlar. 

1.Vataningiz nomi qanday ataladi? 

2. Uning poytaxti qayer?  

3. O‘zbekiston madhiyasini kim yaratgan? 

4. Madhiyaga kim musiqa bastalagan? 

5. Vataningiz bayrog‘ida qanday ranglar mavjud? 

6. Bayroqdagi oy va yulduzlar nimalarni anglatadi?7.Humo qushi qanday qush?  

Siz uni nima tasvirida ko‘rgansiz? 

Uning barcha savollariga o‘quvchilar birgalikda javob qaytarishdi. 

Sehrgar mushuk: Negadir sehrgarligim bu safar amalga oshmayapti, ularning 

bilimdonligi va birdamligi ustunlik qilayapti chog‘i. 

Yolmog‘iz kampir: Ha, mayli savol-javoblarda sizlar g‘olib chiqdingiz, ularni 

o‘zim ham bilmas edim. Endi sizlarga qiyinroq savollar bilan murojaat qilmasam 

bo‘lmaydi, qani tulkivoy doskaga birinchi krossvordni ilchi, menimcha, bunga 

ularning aqli yetmaydi.  Quyidagi krossvordda tushirib qoldirilgan unli harflardan 

joylashtirsangiz, vatan haqidagi hikmatli gap kelib chiqadi. 

O‘quvchilar doskaga chiqib, krossvordni yechadilar: 



V   

T   



S   

Z   

 

 

93 



 

 

М    Q   



D  D   



V   

T   



 

Z   

M   

Q   

D  D   



 

Mushukvoy:  Sizlar krossvord yechishni ham bilarkansizlar-ku. Ha, mayli, 

navbatdagi topshiriqqa o‘tsak. Mana bu so‘zlar necha bo‘g‘indan iborat ekanligini 

aytinglar-chi:  

O‘zbekiston, Vatan, Mustaqillik, Istiqlol, Ozod, Poytaxt. 



Ayyor tulki:  Men o‘zimni bilimdonlikda, ayyorlikda tengi yo‘q deb 

yursam, bular mendan ham bilimdon ekan. Ularga yanada qiyinroq krossvord 

yechishni taklif qilish kerak, balkim shundagina biz ularni yenga olarmiz. 

Yolmog‘iz kampir: qani, Mushukvoy ikkinchi boshqotirmani  olib kel. 

Mushukvoy:  Mana hozir, bu boshqotirmani yecha olmaysizlar, men uni 

sehrlab qo‘yaman.  Bu boshqotirmadagi  tushirib qoldirilgan unli xarflarni 

qo‘ysangiz, o‘zbek xalq maqollaridan biri kelib chiqadi. 

O‘qituvchi yordamida bolalar odobnoma  darsligidagi vatan haqidagi 

maqolni esga olishdi va birin-ketin chiqib, boshqotirmani yechdilar. 

 

Bulbul chamanni sevar,  

Inson vatanni. 

 

 

B   

L  B   



C



 

M   

N  N   



 

V   



 

N  S   



B   

T   

N  N   

 


 

 

94 



 

 

Mushukvoy: Bu nimasi, mening sehrim vatan tuyg‘usi oldida hech qanday kuchga 

ega emas ekan-da. Endi tushundim, vatan muqaddas sajdagoh ekan. Uning oldida 

sehr  ham hech qanday kuchga ega emas ekan.   



Yolmog‘iz kampir: Aldoqchilar, firibgarlar, ko‘zimga ko‘rinmanglar. Menga 

bergan yordamingiz shumi hali. (Yolmog‘iz kampir mushukvoy va tulkini 

davradan quvib yuboradi). 

Podsho:  Xo‘p, yolmog‘iz kampir, xalqimning bilimdonligi-yu, ahilligiga, 

vatanparvarligiga qoyil qoldingmi? Endi malika «O‘zbekoy»ni qaytar!   

Davraga go‘zal malika tashrif buyurdi. Malika xalqqa ta’zim qilib, vatan haqidagi 

she’rni yod aytib berdi. Xalq uni olqishladi. 



Shoh: Aziz xalqim,  bugun biz siz bilan birgalikda makkor yolmog‘izni yengdik, 

sizlar  yana bir bor bilimdonligingiz va vatanga e’tiqodli kishilar ekanligingizni 

namoyon qildingiz. Men sizlardan juda minnatdorman. Oldimizda yana bir ish 

yolmog‘iz kampirni jazolash turibdi. Uni qanday jazolashni sizlarga havola 

qilaman. 

Yolmog‘iz kampir: Meni kechiringlar, boshqa sizlarga ozor bermayman. 

Mana malikani qaytarib berdim-ku, xo‘p desalaring, bundan keyin ozoda yuraman, 

yomon ishlarni qilmayman, mana shu supurgim bilan ko‘chalaringiz, vataningiz 

ozodaligiga o‘z hissamni qo‘shaman. Sizlardan bilimni, axloqni o‘rganaman. 

Kechira qolinglar, xo‘pmi,  kechiringlar. 

Bolalar: Biz seni qattiq nazorat ostiga olamiz, ilm sirlarini o‘rgatamiz.  

O‘qituvchi:  Bolalar keling, biz bugun siz bilan ertak darsimiz davomida 

tanishgan yangi so‘zlarga to‘xtalib o‘tamiz: 



Fuqaro - shu mamlakatda istiqomat qiladigan kishi. 

Muqaddas - hamma narsadan aziz.   

Sajdagoh - inson sig‘inadigan joy.  

Mustaqil - erkin, ozod. 

O‘qituvchi: Bolalar, keling biz doimo yodimizda tutishimiz lozim bo‘lgan  

so‘zning ma’nosini barchamiz birgalikda qaytarib olamiz:   



 Vatan-  bu biz tug‘ilib voyaga yetayotgan zamin, musaffo osmon,  jonajon  

 

 

95 



 

 

O‘zbekiston, yaqinlarimiz, mehnatkash xalqimiz. Biz uni sevishimiz, 



ardoqlashimiz kerak. Uning xizmatiga doim shay turishimiz, a’lo baholarga o‘qib, 

uning ravnaqiga hissa qo‘shishimiz lozim. Siz ta’lim olayotgan maktab ham uning 

bir bo‘lakchasidir. Demak, biz va siz maktabimiz ozodaligiga hissa qo‘shishimiz, 

undagi narsalarni asrab-avaylashimiz lozimdir. Chunki kelajakda shu maktabda 

ukalaringiz, yaqin qarindoshlaringiz  ta’lim oladilar. Shunday ishlarni amalga 

oshirsak,  ona Vatanimiz bizdan minnatdor bo‘ladi.    

Shunday deya o‘qituvchi tadbirni yakunlaydi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

 

96 



 

 

                                                                                                ILOVA-4 



 

Tajriba yakunida o’quvchilariga murojaat qilingan test topshiriqlari 

 

  

2.  Sizga qanday tadbirlarda ishtirok etish ko‘proq yoqadi?     

    a) ko‘rik-tanlovlar 

    b) sayohatlar 

    v) ertaliklar 

    g) barchasi      

2. Milliy bayramlarning qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi? 

    a) navro‘z  

    b) mehrjon 

    v) mustaqillik bayrami 

    g) barchasi  

3. Navro‘z qanday bayram? 

   a) bahor bayrami 

   b) yangi yil bayrami 

   v) kuz bayrami 

   g) a,b javoblar to‘g‘ri  

4. Tadbirlarda siz qanday ish turi bilan shug‘ullanasiz ? 

   a) raqsga tushaman 

   b) qo‘shiq aytaman 

   v) she’r aytaman 

    b) barcha turini bajaraman 

5. Sinf rahbaringiz tarbiyaviy soatda sizni qanday mavzular bilan 

tanishtirishini istartangiz ?  

a) tarixiy 

b) kasblarga oid 

v) jahonda bo‘layotgan xabarlar 

g) futbol yangiliklari   


 

 

97 



 

 

6. Qayerlarga sayohat qilishni hohlar edingiz ? 

a) ona tabiat qo‘yniga 

b) tarixiy obidalarga 

v) muzeylarga 

g) barchasiga 



7. O‘rtoqlaringiz bilan qanday o‘yin turini ko‘proq o‘ynaysiz? 

a) milliy o‘yinlar 

b) futbol 

v) shoxmot, shashka 

g) bekinmachoq  

8. Sinf rahbaringizni qaysi sifatlari sizga yoqadi? 

a) adolatliligi  

b) obobliligi 

v) shirinso‘zligi 

g) bag‘rikengligi 

9.  Milliy bayramlardan qaysi biri maktab miqyosida keng 

nishonlanadi? 

a) navro’z 

b) mehrjon 

v) mustaqillik bayrami 

g) barchasi 

10.Sinf jamoasi bilan birgalikda qaysi ijtimoiy foydali mehnat turi bilan 

shugullanasiz ? 

a) shanbalik 

b) ko’rik tanlov 

v) sayohat 

g) ertalik  

                                                                              



 

Document Outline

  • Muqaddas - hamma narsadan aziz.

Download 420,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish