O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 420,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana04.01.2020
Hajmi420,56 Kb.
#32017
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilari manaviyatini shakllantirishda xalq ogzaki ijodidan foydalanish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

                

                                                                        Qo‘lyozma huquqida  

                                                                           UDK 371.044.2 

 

 

                    BARATOVA   SARVINOZ  YULDASHEVNA 

 

Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyasi 

 

5А110701-“Boshlang‘ich ta’lim” 

 

Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan 

 dissertatsiya 

 

 

 

 

                                                                        Ilmiy rahbar: 

                                                         p.f.n., dots. Oripova N.X  

 

 

 

 

 

 

QARSHI –2013 

 

 



 

 

                                    



                                          M U N D A R I J A 

Kirish....................................................................................................................3 

I - BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI 

TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI 

1.1 Boshlang‘ich sinflar tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirish pedagogik 

muammo sifatida...................................................................................................10 

1.2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari va turlari......................................19 

1.3. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mavjud ahvoli ..28 

1-bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………..31 



 

II-BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLAR TARBIYAVIY ISHLARINI 

TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 

2.1.Boshlang’ch sinf  ertaliklarini texnologiyalashning mazmuni……………….32   

2.2. Boshlang’ch sinflarda ko’rik tanlov va sayohatlarni 

texnologiyalash.......................................................................................................42 

2.3. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlarining 

ahamiyati................................................................................................................47 

2-bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………..57 

 

III-BOB. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish 



jarayonining samaradorlik darajasi 

 

3.1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining tarbiyachilik o`rni…….58 



 

3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili ............................................................................ 75 

 

3-bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………. 78 



 

 

Umumiy xulosalar ...............................................................................................80 



Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................................83 

Ilovalar ..……........................................................................................................87                              

                                      

 

 



 

 

                                                 K I R I SH  

Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama barkamol insonlar shaxsini 

shakllantirish masalasi bilan bog'liq. Buning uchun esa avvalo ularning ongida 

yangicha dunyoqarashni, mustaqil fikrlashni, mustaqil yashashni, mustaqil 

ishlashni hamda axloqiy fazilatlarni yuksak darajada shakllantirish kerak. Shu 

bilan birga ularda Sharqona odob-ahloqqa xos bo'lgan barcha hislatlar, fazilatlar 

jumladan: kattalarga hurmat, shirin so'z, mehribonlik, yurtni e'zozlash, saxiylik va 

ilm egallash kabilar mujassam bo'lmog’i lozim. Bu borada bizga asosiy manba  

bo'lib milliy qadriyatlar hisoblanadi. Chunki, bizning millatimizga xos bo'lgan 

axloqiy qarashlar, tartib-qoidalar barchasi ana shu milliy qadriyatlarda 

mujassamdir.   

 Prezidentimiz I.Karimov “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” 

asarida yoshlarimizning tarbiyasiga alohida to'xtalib, «Kattalarni hurmat qilish, 

oila va farzandlar to'g'risida g'amxo'rlik qilish, ochiq ko'ngillilik, millatidan qat'iy 

nazar odamlarga xayrihohlik bilan munosabatda bo'lish, o'zgalar kulfatiga hamdard 

bo'lish va o'zaro yordam tuyg'usi kishilar o'rtasidagi munosabatlarning me'yori 

hisoblanadi. O'zbeklar diyoriga, o'z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, 

bilimga, ustozlarga, ma'rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom 

O'zbekiston aholisiga xos fazilatdir”

1

- degan edi.  



Darhaqiqat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tavoze, sahovat, shirinsuhanlik, 

o'zidan kattalarni hurmat qilish, ota-onani e'zozlash, ilm egallash, to'g'ri so'zlik, 

mehmondo'stlik, bag'rikenglik kabi insoniy fazilatlar barchasi shaxsning axloqiy 

qadriyatlari turkumiga kiruvchi xalqimizning  eng ezgu hislatlaridan biridir. 

Bizning vazifamiz xalqimizning ushbu qadriyatlarni yanada churroq o'rganish, 

ularni ta'lim tarbiya jarayoniga tadbiq etish hamda boshlang'ich sinflardanoq 

o'quvchilar shaxsini shakllantirishda ulardan tarbiya vositasi sifatida 

foydalanishdan iboratdir.  

Bizga ma'lumki, shaxsning shakllanishi tarbiya jarayonida amalga oshiriladi, 

tarbiya esa bola dunyoga kelgan kundan boshlab amalga oshiriladi. Rivoyat 

                                                 

1

 



Karimov I.A. O'zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo'li. - T.: O'zbekiston, 1992, 46 b.

 


 

 



 

 

qilishlaricha, bir kishi ikki oylik farzadini Ibn Sino huzuriga olib boradi va 



bolasining tarbiyasi bilan qachondan boshlab shug'ullanish lozimligini so'raydi. Ibn 

Sino esa afsus siz ikki oyga kech qolibsiz, degan javobni beradi. Bu rivoyatdan 

qo'rinib turibdiki, bola tarbiyasi kechiktirib bo'lmas masaladir.  

Milliy qadriyatlarimizda mavjud ma'naviy merosda, ayniqsa, Farobiy, 

Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Jomiy singari ma'naviyatimiz durdonalari 

bo'lgan mutafakkirlarning shaxs tarbiyasi haqidagi ko'plab fikr-mulohazalari ham 

bugungi kunda har bir inson uchun, ayniqsa, yoshlar shahsini shaqllantirish uchun 

qimmatli tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Axloq tarbiyasi insonni axloqiy 

barqamollikka etqazish va uning bashariyat jamiyatiga foydali inson qilib 

tarbiyalashdan iboratdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun avvalo bolalarni 

jismoniy va fikriy tarbiyaga da'vat qiling, keyin axloqiy quvvatlarini muhokama 

orqali tushuntiring, ularni yaxshi (foydali) ishlarga odat qildiring, yomon ishlardan 

nafrat uyg'oting – deb ta'kidlagan edi, Abdurauf Fitrat.  

Mavzuning dolzarbligi:  Yoshlar tarbiyasi barcha davrlarda ham dolzarb 

muaamolardan biri ekan, ayniqsa bu masalaga mustaqillik yillarida jiddiy e’tibor 

berib kelinmoqda. Prezidentimiz I.  Karimov ta’kidlaganlaridek, yoshlar 

ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, jamiyatimizni rivojlantirib bo‘lmaydi, chunki, 

mamlakatimiz taraqqiyoti shu yosh avlod qo‘lidadir. Ularni qanchalik 

vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va ayniqsa milliy ruhda   tarbiyalay 

olsakgina mustaqil ona diyorimiz yanada gullab yashnaydi, rivojlangan 

mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallaydi.  

Bizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimiz ma’naviyatini 

yuksaltirish masalasi kun tartibidagi dolzarb masalaga aylandi. Mu’telik, o‘z 

qadriyatlarini unutish va namoyon qila olmaslik xalqimiz qalbi va shuurining 

xiralashib ketishiga sabab bo‘ldi. 

Shu bois yurtimiz fuqarolari ma’naviyatini yuksaltirish, o‘z qadrini tiklashi, 

o‘z vataniga o‘zi egalik qilishi hissini o‘yg‘otish Prezidentimiz I.A. Karimov va 

hukumatimiz zimmasiga tushdi. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas 

kuch” nomli asari ham ana shu tarzda dunyoga keldi.             



 

 



 

 

Bizga ma’lumki, yosh avlod ma’naviyati shubhasiz ta’lim-tarbiya jarayonida 



shakllanadi. Ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblangan tarbiyaga bo‘lgan 

e’tibor yurtimizda har qachongidan ham muhim dolzarblik kasb etmoqda. 

O‘quvchi o‘quv jarayonining davomi sifatida bevosita tarbiyaviy ishlarda ishtirok 

etadi. Uning darsda olgan bilimi, dunyoqarashi, qiziqishi, imkoniyatlari tarbiyaviy 

ishlarda namoyon bo‘ladi, mustahkamlanadi. Eng asosiysi o‘quvchi tarbiyaviy 

ishlarda qatnashish jarayonida o‘z-o‘zini anglaydi, ijodkorligi o‘sadi, olgan 

bilimlarini amalda qo‘llashga o‘rganadi, shuningdek, ularda jamoatchilik, 

uyushqoqlik, hamdardlik kabi ko‘nikmalar shakllanadi. Shunday ekan,  ta’lim 

tizimi oldida turgan asosiy masalalardan biri ham tarbiyaviy ishlarni maqsadga 

muvofiq tarzda tashkil etish, samaradorligini oshirish, yosh avlodda g‘oyaviy-

siyosiy bilimdonlikni oshirishdan  iboratdir.  Ushbu masalaning yana muhim 

tomonilaridan biri shuki, bugungi kunda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda 

zamonaviylikka asoslanish, ya’ni tarbiyaviy ishlarda zamonaviy pedagogik 

texnologiyalardan foydalanish pedagogik jarayonda talab etilayotgan masaladir.       

Yuqoridagi ehtiyoj va pedagogik talablardan kelib chiqqan holda biz 

magistrlik dissertatsiyamiz mavzusini “Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy 



ishlarni tashkil etish texnologiyasi” tarzida tanladik. 

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Yosh avlod tarbiyasi aslida inson 

paydo bo‘lgan davrdan boshlanadi.  Kishilar goh u, goh bu yo‘sinda farzand 

tarbiyasi bilan shug‘ullanib kelganlar. Qadimda ular tarbiyaga oid o‘z qarashlarini 

ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, maqollar va boshqalarda pand-nasihat 

tarzida ifodalab o‘tganlar.  

“Avesto”, O‘rxun-Yenisey yodgorliklari, Qur’oni Karim va Hadisi Sharif 

kabi yozma manbalarimizda ham yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar 

etib tarbiyalashga alohida e’tibor berib kelingan. 

 Markaziy Osiyo allomalari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Kaykovus, Amir 

Temur, Alisher Navoiy, Bobur kabi allomalarimizning asarlarining bosh g‘oyasini 

ham yosh avlodni  yuksak ma’naviyatli, ma’rifatli, vatanparvar insonlar etib 

tarbiyalash masalasi tashkil etadi.       



 

 



 

 

Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk insonlar etib 



tarbiyalashga qaratilgan qator ishlarda muammoning pedagogik talqini bayon 

etilgan bo‘lib, S.Nishonova, O.Musurmonova, U.Mahkamov kabi ko‘plab 

olimlarning ilmiy tadqiqotlari shu jihatdan e’tiborga loyiqdir.  

Pedagog olimalarimizdan professor Oysha Hasanova o‘z tadqiqotlarida kuni 

uzaytirilgan guruhlarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning ko‘lamiga to‘xtalib 

o‘tgan. 


Mustavillikdan keyingi yillarda professor R.Mavlonova va kat. o‘qit. B. 

Normuradovalar tadqiqotlarining mazmunini ham tarbiyaviy ishlarni tashkil 

etishga  bag‘ishlangan. 

Oliy ta’lim talabalari tarbiyaviy ishlarini tashkil etish muammosi  pedagog 

olima Zuhra Ashurova tadqiqotlarida o‘rganilgan.   

Afsuski, yurtimizda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga birinchi darajali ish 

sifatida qaralayotgan bugungi bir paytda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga oid 

ilmiy izlanishlar yetarlicha olib borilayotgan yo‘q.. Balkim, shu boisdan tarbiyaviy 

ishlarga oid darsliklar, metodik qo‘llanmalar yetarli daraja deb bo‘lmaydi.  

Tadqiqotning maqsadi  –  boshlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil 

etish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni takomillashtirishga oid  metodik 

tavsiyalar ishlab chiqish.   

Tadqiqotning ob’yekti  –  boshlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil 

jarayoni. 



Tadqiqotning predmeti – 

boshlang'ich  синфларда  тарбиявий  ташкил 

этишнинг mazmuni, manbalari, shakllari, vositalari.  

Tadqiqot metodlari:  nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, anketa, savol-javob, 

test so‘rovlari, pedagogik ekspriment, matematik statistika. 



Tadqiqotning ilmiy farazi shundan kelib chiqadiki, agar: 

-  Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil texnologiyasi pedagogik 

muammo ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilsa; 

-  o'quvchi shaxsini shakllantirishda tarbiyaviy ishlarning muhim vosita  

ekanligi tadqiqotda o‘z isbotini topsa,  


 

 



 

 

-  boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga oid metodik 



tavsiyalar ishlab chiqilsa  kutilgan samaradorlikka erishish mumkin. 

Tadqiqotning maqsadi va ilmiy faraziga muvofiq quyidagi vazifalar 

belgilandi: 

Birinchidan, tarbiyaviy ishlarning mazmuni, turlari va yo‘nalishlarini tahlil 

qilish; 


Ikkinchidan, boshlang'ich ta'lim jarayonida tarbiyaviy ishlardan foydalanish 

texnologiyasini ishlab chiqish; 



Uchinchidan, 

tarbiyaviy ishlar jarayonida o'quvchi shaxsini 

shakllantirishning omillarni aniqlash; 

To‘rtinchidan,  ishlab chiqilgan tadqiqotni sinovdan o‘tkazish va uning 

samaradorligini aniqlashdan iborat. 



Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  

1. 


Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish 

muammosi birinchi marta ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganildi.   

2.  Maktab tarbiyaviy ishlarining nazariy va texnologik asoslari yaratildi. 

3. Boshlang‘ich sinf tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishga oid ilmiy-

metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati.  Pedagogika nazariyasi fani 

boshlang'ich ta'lim jarayonida tarbiyaviy ishdan foydalanish texnologiyasiga  oid 

nazariy qarashlar, yondoshuvlarga ega bo'ladi. Qaysikim, ushbu metodika va 

nazariy qarashlardan boshlang'ich sinf o'qituvchilari, kadrlar malakasini oshirish 

tinglovchilari foydalanishlari mumkin.   

Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonuni, 

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston 

Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “2004-2009 yillarda maktab 

ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi”, Pedagogika fani konsepsiyasi, 

Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi, Boshlang‘ich ta’limning davlat ta’lim 

standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning shaxs kamoloti, 


 

 



 

 

yoshlarni vatan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim tizimi, shu jumladan, 



boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish haqidagi nazariy qarashlari, yondashuvlari, 

tarixiy-ma’naviy meros namunalari, shuningdek, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, 

metodik manbalar, o‘quv metodik majmualar. 

Himoyaga olib chiqiladigan holatlar: 

1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy-nazariy 

asoslari. 

2. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga xizmat qiladigan 

manbalar va vositalar. 

3. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning zamonaviy  

texnologiyalari va uning samaradorlik darajasi. 

Tadqiqotning bosqichlari: tadqiqot ishi ikki bosqichda amalga oshirildi: 

Birinchi bosqich (2011-2012 yillar)da izlanayotgan muammo bo‘yicha  ya’ni 

tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar 

haqidagi pedagogik va ilmiy ommabop adabiyotlar o‘rganildi. Boshlang‘ich ta’lim 

dasturlari, metodik adabiyotlar, hujjatlar tahlil qilindi. Ish tajribalari bilan 

tanishildi. Ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari, holati aniqlandi, tadqiqot ishining 

dasturi va metodlari ishlab chiqildi. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni 

tashkil etish texnologiyasi holati bo‘yicha yutuq va kamchiliklar tahlil etildi hamda 

tajribalari umumlashtirildi. Tajriba-sinov maydonlari belgilandi. 



Ikkinchi bosqich (2012-2013 yillar)da tadqiqot doirasida tajriba sinov ishlari 

olib borildi va uning natijalari amaliyotga tatbiq etildi.  Tarbiyaviy ishlarni tashkil 

etish jarayonining pedagogik shart-sharoitlari o‘rganildi. Kuzatishlar va 

chiqarilgan xulosalarga asoslanib, metodik tavsiyalar tayyorlandi. Tajriba-sinov 

ishlari natijalari tahlil qilindi, umumlashtirildi, mavjud materiallar dissertatsiya 

shaklida rasmiylashtirildi. 



Tadqiqot natijalarining joriy etilishi va amaliyotga tatbiq qilinganligi

Tadqiqot 2011yilda Qarshi davlat universitetining «Boshlang’ch ta’lim» 

kafedrasining majlisida, ilmiy metodologik seminarlarda atroflicha muhokama 


 

 



 

 

qilingan va himoya uchun tavsiya etilgan. Tadqiqotchi o‘z chiqishlari bilan Viloyat  



ilmiy-amaliy anjuman va seminarlarida (2012-2013 yillar) qatnashgan. 

Ishning sinovdan o‘tganligi: Tadqiqot ishi natijalari Qarshi tumanidagi 25–

sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim o‘quv faoliyatiga tatbiq 

etilganligi hamda tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli yakunlanganligi bilan 

tavsiflanadi.  



Tadqiqot natijalarining chop etilganligi: dissertatsiya ishining mazmuni 

2012-2013 yillarda o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalardagi 

tezislarda ( 3 ta  ilmiy maqolalarda ) o‘z ifodasini topgan.  

Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi: dissertatsiya kirish, 3 bob,  6 paragraf, 

boblar bo‘yicha xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar, hamda foydalanilgan 

adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning hajmi 95 sahifani tashkil etadi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10 



 

 

I - BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI 



TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI 

 

1.1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish 



pedagogik muammo sifatida 

 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini ta’lim 



sohasi tashkil etadi. Ayni damda ta’lim jarayoni islohoti rejalashtirilgandek amalga 

oshrilmoqda. Ya’ni, «Kadrlar tayyorlash  milliy dasturi»ni ro'yobga chiqarishning 

uchinchi sifat bosqichida -  «ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot 

bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o'quv-tarbiya jarayonini  yuqori sifatli 

o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar  bilan ta'minlash, uzluksiz 

ta'lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish»”

2

  vazifalari belgilab qo'yilgan 



edi.  Shubhasiz, ushbu vazifadan maqsad mamlakatimizni rivojlangan davlatlar 

qatoridan o'rin olishi, bozor iqtisodiyoti saroitida raqobatbardosh kadrlar 

tayyorlashga erishishdan iboratdir. 

Bugungi kunga kelib Respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimida amalga 

oshirilgan islohotlar o’z natijasini berdi va dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof 

etildi. Bu ulkan yutuqlarning samarasi sifatida ta’lim jarayonida keng qo’llanilib 

kelinayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish 

samaradorligining oshganligini misol qilib keltirishimiz mumkin. 

Bizga ma’lumki, innovatsiyalar uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishning 

eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta'lim jarayonida o’quvchilarning  sifatli 

bilim olishlarini kafolatlabgina qolmay, ularning intellektual qobiliyati, mustaqillik 

tafakkurini shakllantirishga olib keladi.  

Demak, innovatsiyalar yangiliklar asosida vujudga keladi va ta'lim 

jarayonini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida 

innovatsiyalardan o’rinli foydalanish o’qituvchi uchun ham o’quvchi uchun ham 

ko’plab qulayliklarni yaratib beradi. Xuddi shunday tarbiyaviy ishlarda ham 

                                                 

2

Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq NMK, 1997. –61 b. 



 

 

 

11 



 

 

innovatsion texnologiyalardan foydalanish faqat va faqatgina samadorlikning 



oshishiga olib keladi. 

Demak, belgilangan vazifalar asosida bugungi kunda ta’lim sohasida juda 

katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyaning ta’lim-

tarbiya jarayoniga kirib kelishi jadallashmoqda. 

 Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra redagogik texnologiyaning rivojlanishini 4 

bosqichga bo‘lish mumkin: 

1-bosqich – 40-50 yillar. Pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida audiovizual 

(texnik vositalar) vositalardan foydalanish deb tushunilgan. 

2-bosqich.  50-60 yillar. Ta’lim texnologiyasim programmalashtirilgan ta’lim 

sifatida qaralar edi. 

3-  bosqich. 60-70 yillar. Ta’lim jarayonini loyihalashtirib, aniq belgilangan 

maqsadning kafolatlangan natijasiga erishish sifatida qaraladi. 

4-  bosqich. Ta’lim jarayoniga kompyuter texnologiyasi va axborot 

texnologiyalarining kirib kelishi bilan bog‘liq.  

Texnologiya nima?  

Texnologiya - yunoncha so‘z bo‘lib, texne-mahorat, san'at, logos-tushuncha, 

ta'limot ma'nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi-tayyor mahsulot olish 

uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; 

shunday usul va metodlarni ishlab chiqaruvchi va takomillantiruvchi fan sifatida 

ta'riflanadi.  

V.M.Shepel ta’rifiga ko‘ra texnologiya-  ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish 

san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi. Keyinchalik texnologiya 

tushunchasi ta’lim jarayonlarida ta’lim texnologiyasi nomi bilan qo‘llanila 

boshladi. 

Pedagogik texnologiya asrimizning 60-yillarida Amerika Qo‘shma 

Shtatlarida, 70-80 yillarda boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanila 

boshlandi. 


 

 

12 



 

 

YUNESKOning 1996 yildagi xalqaro konferensiyasida mamlakatning 



ma‘naviy iqtisodiy salohiyatini oshirishda va ta’lim-tarbiyani intensivlashtirishda 

pedagogik texnologiya muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslanadi. 

“Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘rganish yaxlit jarayonida ta’lim 

shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o‘zaro 

hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir”, - degan xulosaga kelinadi. 

Pedagogik texnologiya nima?  

 Bu haqida ko‘pgina mualliflar o‘z ta’riflarini berganlar. Bular: 

BMT ning nufuzli idoralaridan biri bo‘lgan YUNESKO ta’rificha:  

Ta’lim texnologiyasi –  ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, 

inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta‘sirini hisobga olgan holda, butun 

o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo‘llash 

tizimidir.  

V.P.Bespalko: «har qanday faoliyat yoki texnologiya, yoki san‘at bo‘lishi 

mumkin. San‘at ichki sezgi (intuitsiya)ga, texnologiya esa fanga asoslanadi. 

hammasi san‘atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi va yana qaytadan 

boshlanadi» - degan edi. 

M.Ochilov “Pedagogik texnologiya –  tizimli, texnologik yondashuvlar 

asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv 

baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta‘sirini 

inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish 

jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir”, degan ta’rifni beradi. 

Pedagogik texnologiyaga professor N.Saidahmedov: “Pedagogik 

texnologiya bu o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari 

yordamida o‘quvchilarga ta‘sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda 

oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni”-degan ta’rifni 

beradi. 


Ta’lim texnologiyasi – oldindan belgilangan o‘quv maqsadlariga erishishni 

kafolatlaydigan, ta’lim jarayonida inson va texnika resusrlaridan foydalanishning 

loyihalashtirilgan muayyan tizimi. XTV “Multimediya umumta’lim dasturlarini 


 

 

13 



 

 

rivojlantirish” markazi ta’rifi. 



     

Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, 

rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg‘or  pedagogik 

 

texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo‘llanilmokda. 



Aynan tizimli yondashuv pedagogik  texnologiya asosida o‘qitishni boshqa 

yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.

  

Aslini olganda, pedagogik texnologiya -  bu o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan 



yangicha (innovatsiya) yondashuvidir.  

Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan 

bo‘lsak, uzoq horijda berilgan ta’riflar bilan MDH mamlakatlari olimlari bergan 

ta’riflari bir-biriga yaqin kelsada, farqi ham anchaligini ko‘ramiz. Jumladan, 

YUNESKO ta’riflarida tizimli yondashuv tamoyillariga alohida urg‘u berilgan.  

Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat 

taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy etishi bilan chambarchas 

bog‘liqdir. Prezident I. Karimov  ta’kidlab o‘tganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya 

sohasidagi islohotning chegarasi yo‘q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, 

tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga ko‘ra mustaqil 

ravishda o‘zgarib-yangilanib boraveradi».

3

  

 

Respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy 



dastur» va «Davlat ta’lim standart»lari talablariga mos keladigan yangi ta’lim 

texnologiyalarini yaratish dolzarb muammoga aylandi.  An’anaviy ta’lim 

tizimidan farqli ravishda, pedagogik texnologiyalar ta’lim –  tarbiya jarayonidagi 

boshqa innovatsiyalar bilan kirishib va rivojlanib keta olishi ilg‘or davlatlar 

tajribasida allaqachon o‘z isbotini topgan. 

 

Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilgan 



tarbiyaviy ishlar samarali natija berib, o‘quvchilarni bevosita maktab, o‘qishga 

bo‘lgan qiziqishini oshiradi.  

Bunday innovasion metodlarga kichik guruhlarda ishlashning  quyidagi: 

«Aqliy hujum», «Rolli o'yinlar», «Munozara-ringi», «Yechimlar  daraxti», 

                                                 

3

 



Karimov I. A. “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” T. O‘zbekiston, 1998 y. –62 b. 

 

 

14 



 

 

«Sinkveyn», «Klaster», «Kubiklar», «B-B-B», “Zigzag» va boshqa shakllarini 



misol qilib keltirish mumkin. 

Shulardan biri  -  “Breynshtorming”  (“Aqliy hujum”) metodidir. 

Breynshntorming  –  yangi g'oyalar yaratish metodidir. Bunda o'quvchilar kichik 

guruhlarga birlashgan holda muammoni echishga harakat qiladilar: muammoni 

echish uchun shaxsiy g'oyalarini ilgari suradilar. 

 «Aqliy hujum»ning vazifasi o'quvchilarni ko'proq mustaqil fikrlashga va 

yangi g'oyalarni yaratishga undashdir. Masalan, ko’rik tanlovlar tashkil etganda 

ham ushbu metoddan  foydalanish mumkin. Bunda o'quvchilar kichik guruhlarga 

bo’linadilar va har bir guruh nomlanadi. Ko’rik tanlov shartlari o’quvchilar 

tomonidan ishlab chiqilgan g’oyalar asosida baholanadi. Bunda o'quvchilar 

tomonidan bildirilgan har qanday g'oya va fikrlar hisobga olinadi. Bildirilgan g'oya 

va fikrlarni to'ldirish va yanada kengaytirish uchun imkoniyat yaratiladi. 

O’quvchilar faolligini oshiruvchi metodlardan biri 



Download 420,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish