O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi


Mavzu:Elektr o’tkazgichlami yashirin usulda montaj qilish Reja: 1



Download 9,63 Mb.
bet20/104
Sana16.03.2022
Hajmi9,63 Mb.
#493240
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
Bog'liq
Elektrik tayyor tuplam

Mavzu:Elektr o’tkazgichlami yashirin usulda montaj qilish

Reja:


1. Elektr o’tkazgichlami yashirin usulda montaj qilish.
2. Yashirin usulda montaj qilishni o’quvchilar amaliy bajaradilar.

3. Elektr o’tkazgichlami yashirin usulda montaj qilish sxemasi




Suvoqlar tagidan o’tkaziladigan va qurilish konstruktsiyalarining berk kanallarida, shuningdek, qurilish konstruktsiyalari tayyorlanayotgan paytda ular ichida qo’yib yuboriladigan elektr o’tkazgichlar yashirin elektr o’tkazgichlar deyiladi.
Almashtiriladigan va almashtirilmaydigan yashirin elektr o’tkazgichlar bo’ladi. Almashtiriladigan yashirin elektr o’tkazgichlar almashtirilmaydiganlaridan bajarilish texnologiyasi, shuningdek, liniyaning biror simi shikastlanganda uni oson almashtirish mumkinligi bilan farq qiladi.
Almashtiriladigan yashirin elektr o’tkazgichlarni montaj qilish da trassada birinchi navbatda uzun qutilar va ichida ingichka simlar o’tkazilgan naychalar o’rnatiladi, so’ng shu ingichka simlar yordamida tayyorlab qo’yilgan o’tkazgich qismlari naychaning ichidan o’tkazgich qismlari naychaning ichidan o’tkaziladi. Oldin naychalar ichida o’tkazgichlarni kirgizib, keyin ularni trassada yotqizish va mahkamlash ham mumkin, bunda zarurat tug’ilganda naychadan o’tkazilgan istalgan simni almashtirish mumkin bo’ladi.
Almashtirilmaydigan yashirin elektr o’tkazgichlarni montaj qilishda oldin naychalar ichidan o’tkazgichlar o’tkaziladi, so’ng o’tkazgichli naychalarni lozim bo’lgan tomonga istagancha bukib, eng qisqa masofada yotqiziladi, unday keyin qurilish konstruktsiyalariga qo’yib, ustidan suvaladi yoki tsement qorishmasi bilan qoplab tekislanadi. Yashirin elektr o’tkazgichlarni almashtiriladigan va almashtirilmaydigan qilib o’tkazishga misollar 1rasm, a,b da keltirilgan.
Almashtiriladigan yashirish o’tkazgich simlari tarmoqlash qutilariga shunday tanavor bilan kiritiladiki, ularni presslash yoki payvandlash yo’l bilan biriktirish mumkin bo’lsin.
Yashirin elektr o’tkazgichlar suvash va tekislash ishlari tamom bo’lgandan keyin, oqlash va bo’yash ishlari boshlanmasdan oldin o’tkaziladi. Ular asosan qisman bikr rezina va rezina–bitum yoki plastmassa naychalar ichidan o’tkaziladi.
1. O’tkazgichlarni qisman bikr rezina naychalar ichida yashirin o’tkazish

Qisman bikr naychalarda simlarni ikki usulda yashirin o’tkazish mumkin:


Birinchi usulda har bir sim alohida naychadan yoki bitta naychadan bir necha sim o’tkaziladi. So’ng naychalar, devorlar va orayopmalarda hosil qilingan ariqchalarga yotqiziladi va qorishma bilan suvaladi. Devorlar va orayopmalarda bir qavat naycha yotqizish mumkin.
Ikkinchi usulda trubalar ariqchalarga simsiz yotqiziladi. Simlar naychalar ichiga suvoq ishlari tamom bo’lgandan va devorlar qurigandan keyin, naychalar ichidan oldindan o’tkazib qo’yilgan 1,2–1,5 mm li po’lat sim yordamida tortiladi.
Simlarni naychalardan o’tkazish oson bo’lishi uchun uzun qutilardan foydalaniladi. Ular faqat ikkita qo’shni tarmoqlash qutisi orasidagi masofa 10 m dan ortiq bo’lgandagina o’rnatiladi. Naychalarni ariqchalarga yotqazishdan oldin simlarni naycha ichidan o’tkazishga yo’l qo’yiladi, bunda simlarni naychalar ichida o’tkazish ancha soddalashadi va osonlashadi.
Simlarni qisman bikr rezina naychalarda yog’och va yong’inga chidamiz boshqa yuzalardan o’tkazishda, naychalar tagiga kamida 5 mm qalinlikdagi alebastr qorishmasi qatlami yoki qalinligi kamida 3 mm bo’lgan asbest kartoni yotqizilishi lozim. Alebastr qatlami yoki asbest karton naychaning ikki tomonidan 10–20 mm chiqib turishi kerak. Naychalar devorga mixlarga o’ralgan ruxlangan sim yordamida mahkamlanadi. Bu mixlar shaxmat tartibida qoqiladi. Naychalar ustidan suvoq qatlami yotqiziladi.
Naychalarni g’isht va beton devorlarda o’yib ochilgan, ariqchalarda yoki kanallarda yotqizishda ularning ustidan alebastr qorishmasi chaplab qotiriladi.
Qisman bikr rezina naychalar ularning tashqi diametridan 6–10 marta katta bo’lgan radius bilan qo’lda egiladi. Naycha egilgan qismlarining bikrligini oshirish uchun shu qismiga izolyatsiyalovchi lenta o’raladi, uning ustidan 1–1,5 mm li ruxlangan simni spiral’ shaklida o’rab chiqiladi, bu esa simni naychaning ichidan o’tkazishni osonlashtiradi.
Naychalar uchlarining germetikligini tahminlash uchun uchlari tekis qilib kesiladi va 30–40 mm o’lchamda qaynoq MB bitum massasi quyib qoplanadi. So’ngra ular katta diametrli va uzunligi 100–120 mm li rezina truba bo’lagidan tayyorlangan mufta ichiga kiritiladi. Muftaning uchlariga quyuq bitum massasi surkaladi, tutashtiriladigan qismning hammasi ikki qavat izolyatsiyalovchi yoki smolali lenta izolyatsiya ustidan bitum massasi qatlami surtiladiyu, rezina naychalarning uchlariga, ular tashqariga chiqilgan joyiga vtulka yoki voronka kiygiziladi.
O’tkazgichlarni yashirin o’tkazishda o’rnatiladigan uzgichga yoki shtepsel’ rozetkasiga tutashtirish uchun naychaning uchi simlari bilan birga qutiga kiritiladi.


Download 9,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish