Izolyatsiyalovchi tayanchlarda ochiq elektro’tkazgichlarnimontaj qilish
Simlarni izolyatsiyalovchi tayanchlarda o’tkazish konstruktiv jihatdan oddiy bo’lishi bilan birga, nisbatan kam qo’llaniladigan usuldir. Kallak qo’llanilishiga sabab ularning xizmat muddati qisqa va montaj qilishning industrial usullaridan keng foydalanib bo’lmasligidir.
Izolyatsiyalovchi tayanchlarda ochiq elektr o’tkazgichlarni montaj qilishda ochiq (yalang’och), ko’pincha PR, APR, PV, APV, PRV, APRV va boshqa markali izolyatsiyalangan simlar ishlatiladi. Simlar ilmoqlar, shtirlar, yakorlar va yarim yakorlar bilan mustahkamlangan izolyatorlarda o’tkaziladi.
Izolyatorlar armaturada bir necha usulda mahkamlanadi.: ilgakning g’adir–budur uchiga surik yoki belila shimdirilgan kanop losi yoki jut o’rab, izolyatorning ichki hajmiga tsementning oltingugurt yoki qizdirilgan polietilenda suyuqlantirilgan eritmasini quyib, ilgakning uchiga polietilen qalpoqcha kiygizib izolyatorni surik surtilgan kanop bilan armaturada mahkamlash uchun tiskida (shtir’, Yakorg’, yoki yarim Yakorg’) siqiladi va uning g’adur–budur uchiga bir necha qatlam buyoq (surik, belila) shimdirilgan kanop losi (juti) o’raladi. Ilgak izolyatorda mahkam o’rnashishi uchun kanop losini, uning diametri izolyatorning ichki diametridan 8–10 mm kattaroq bo’lguncha o’raladi. So’ng temperatura o’zgarishi tahsirida ilgak uzunligining kattalashuvi oqibatida uning uchi izolyatorni sindirmasligi uchun izolyatorning tagiga bir tutam kanop losi yoki namat parchasi qo’yiladi. Izolyator mahlum kuch bilan oxirigacha buraladi, so’ng yarim burov teskari tomonga burab qo’yiladi. Davomli ishlatilmasligi tufayli jutning qurishi natijasida izolyatorning mahkamlanishi bo’shashib ketish ehtimoli bu usulning kamchiligi hisoblanadi.
Armatura izolyatorni tsement yoki suyuqlantirilgan oltingugurt quyib quyidagicha mahkamlanadi. Izolyatorning tagiga bir tutam kanop losi yoki namat parchasi joylanadi va u tiskda siqib qo’yilgan ilgakka kiygiziladi, bunda uning g’adir–budur qismi izolyator teshigining o’rtasida bo’lishi kerak, so’ngra teshik to’lguncha 400 yoki 500 markali tsement eritmasi quyiladi. Armaturada izolyatorlar suyultirilgan oltingugurt yoki polietilen quyib shu usulda mahkamlanadi. Izolyatorga qaynoq oltingugurt yoki polietilen quyganda, unda yoriqlar payda bo’lishi mumkin: bu izolyator chinnisini qisman yoki butunlay ishdan chiqarishi mumkin.
Armaturada izolyatorlarni qaynoq polietilen quyib mahkamlash usulini birinchi galda qo’llashga tavsiya etiladi, chunki bu usul mexanik pishiqlik, kimyoviy jihatdan chidamlilik va tez bajarilish talablarini to’la qanoatlantiradi.
Armaturada izolyatorlarni tsement, oltingugurt va polietilen quyish yo’li bilan mahkamlashning umummiy kamchiligi buzilgan izolyatorni almashtirish lozim bo’lganda uni armaturadan chiqarib olishning murakkabligidadir.
Izolyatorlarni ilgaklarga burab kirgazish ko’p mehnat talab qiladigan ishdir, shuning uchun katta hajmdagi bunday operatsiyalarni bajarishda turli mexanizmlardan foydalaniladi, jumladan izolyatorlarni ilgaklarga o’rnatadigan SNI–2 stanogi (5–rasm, a,b).
5–rasm. SNI–2 stanogi:
a–umumiy ko’rinishi, b–tuzilishi, 1–ilgaklarni o’rnatish uchun o’n ikki uyali aylanadigan stol, 2–fiksator (qayd qilgich), 3–posangi, 4–harakatlanadigan aravacha, 5–elektr dvigateli, 6–saqlagich mufta, 7–friktsion konus, 8–oyoq pedali, 9–stanokni boshqarish kolonkasi.
SNI–2 stanogi ilgaklarga bir vaqtning o’zida polietilen qalpoqchalar va chinni yoki shisha izolyatorlarni burab kiritish uchun mo’ljallangan. Operator ilgaklarni aylanadigan stol 1 ning uyasiga qo’yadi va ularning uchiga yog’och bolg’a bilan polietilen qalpoqchalarni o’tqizadi. So’ng burab kiritadigan qurilmasi 6 va 7 bor surilma karetka 4 ga yaqin turgan ilgakka operator izolyatorni o’rnatadi, stolni aylantiradi va izolyatorni ilgakni burab kiritadigan qurilmaning friktsion konusi 7 ning tagida aniq turadigan qilib o’rnatadi. Undan keyin operator quvvati 0.6 kVt bo’lgan elektr dvigatelg’ 5 ni ishga tushiradi va burab kiritadigan qurilmali karetkani pastga harakatlantirish uchun pedal’ 8 ni bosadi. Friktsion konus izolyatorni qisib oladi va uni polietilen qalpoqchaga buraydi. Izolyatorni aylantirishni davom ettira turib, pedalni bosish yana davom ettirilsa, izolyator qalpoqcha bilan birga burab kiritiladi. Saqlash muftasi 6 aylana boshlashi bilan operator pedal’ 8 ni qo’yib yuboradi va burab kiritadigan qurilmali karetka yuqoriga ko’tariladi. So’ng operatsiyaning hamma tsikli navbatdagi izolyatorda takrorlanadi.
SNI–2 stanogida soatiga 150–160 izolyatorlar komplekti tayyorlanadi.
Rejalangan trassalarda qurilish konstruktsiyalarni 6–rasm,a–g larda ko’rsatilgan usullardan biri bilan mahkamlanadi.
6–rasm. Konstruktsiyalarda izolyatorlarni mahkamlash usullari:
a–umumiy ko’rinishi, b–tuzilishi, 1–ilgaklarni o’rnatish uchun o’n ikki uyali aylanadigan stol, 2–fiksator (qayd qilgich), 3–posangi, 4–harakatlanadigan aravacha, 5–elektr dvigateli, 6–saqlagich mufta, 7–friktsion konus, 8–oyoq pedali, 9–stanokni boshqarish kolonkasi.
Izolyatorlar o’tkaziladigan ilgak va yakorlarni yog’och tuzilishlarga mahkamlash uchun oldin parma bilan ular o’rnatiladigan joylarda ilgan yoki yakorning diametridan 5–6 mm kichikroq teshik ochiladi. Ilgak va Yakorg’ quyruq qismining hammasi yog’ochga burab kiritilishi lozim.
SHtirlarda mahkamlangan izolyatorlar skobalarda montaj qilinadi. G’isht, beton va boshqa qurilish konstruktsiyalarida izolyatorli ilgak va yakorlarni o’rnatish uchun mo’ljalangan teshiklar, kesadigan qismiga o’ta pishiq po’lat plastina eritib quyilgan parma bilan jihozlangan elektr normalar yordamida teshiladi. Ilgak o’rnatiladigan tishikning chuqurligi uning quyruq qismi joylashadigan darajada chuqur bo’lishi, diametri esa ilgakning diametridan uch marta katta bo’lishi lozim. Yakorg’ uchun mo’ljallangan teshikka uning quyrug’ining kamida 1/3 qismi kiradigan bo’lishi kerak. Skobalar uchun mo’ljallangan teshiklar tomonlari skoba panjalari enidan ikki marta ortiq bo’lgan kvadrat ko’rinishida, uya chuqurligi esa panjasi uzunligining 1/3 qismiga teng, lekin kamida 50 mm bo’lishi kerak.
O’rnatishdan oldin ilgak va yakorlarning quyruq qismlari hamda skobalarning panjalari ifloslikdan va moydan, teshik esa ahlatdan tozalanadi. Teshiklarga quyilgan ilgak, Yakorg’ hamda skobalar bir qism tsement va uch qism qumdan iborat qorishma bilan suvab bekitiladi.
Simlarni montaj qilish tayyorlangan o’tkazgichlarni trassa bo’ylab yoritgichlar, uzgichlar va shtepsel’ rozetkalariga boradigan sim tarmoqlari izolyatorlar oldida joylashadigan qilib qo’yishdan boshlanadi. Keyin simlar izolyatorlarga tashlanadi, oldin o’tkazgichning bir qismi mahkamlanadi, keyin qo’lda yoki poliplast yordamida simni tortib diametri 0,8–1 mm li ruxlangan sim vositasida sim izolyatorlarning kallaklariga yoki bo’yinlariga mahkamlanadi. Bog’lovchi sim asosiy simning izolyatsiyasini shikastlamasligi (qirqib yubormasligi) uchun oldin simga 2–3 qatlam izolyatsiyalovchi lenta o’raladi. O’tkazgichning to’g’ri qismlarida sim izolyatorlarning bo’yinlariga yoki kallaklariga (7–rasm, a, b) burilishlarda va simning yo’nalishi o’zgaradigan joylarda esa faqat bo’yinlarga yoki tiqinsirtmoq ko’rinishida mahkamlanadi (7–rasm,v,g,d). Kesishadigan joylarda simlardan biri izolyatsiyalovchi naycha ichmga joylanadi.
7–rasm. Simlarni o’tkazishda ularni izolyatorlarga mahkamlash usullari:
a–izolyatorning bo’ynida, b–izolyatorning kallasida, v–sirtmoq qilib, g–simlar devorda yotqizilganda, d–simlar shipda yotqizilganda.
Agar montaj ustaxonalarda oldindan tayyorlangan simlar bilan bajarilmasa, simni izolyatorlarga tortadilar va unda tarmoqlanadigan hamda mahkamlanadigan joylar belgilab olinadi, so’ngra tushiriladi, lozim bo’lgan tarmoqlanishlar bajariladi, simlarni izolyatorlarga mahkamlanadigan joylarga 2–3 qatlam izolyatsiyalovchi lenta o’raladi, keyin sim ko’tariladi, mahkamlanadi.
Mavzu: Ochiq elektr o’tkazgichlarini izolyatsiyalovchi tayanchlarda trosslarda montaj qilish
3. Ochiq elektr o’tkazgichlarining sxemasi
Maxsus troslardan, shuningdek qurilish konstruktsiyalariga mahkamlangan yuk ko’taruvchi troslarga osilgan himoyalangan va himoyalanmagan, izolyatsiyalangan simlar va kabellardan ishlangan elektr o’tkazgichlar trosli elektr o’tkazgichlar deyiladi.
Trosli elektr o’tkazgichlar ochiq elektr o’tkazgichlarning alohida bir turi bo’lib, ko’prik kranlari bo’lmaganda ishlab chiqarish xonalarida yoritish va kuch elektr istehmolchilarini tahminlash, shuningdek tashqi qurilmalarda yo’llari, korxona yon–atrofini va omborlarni yoritishda ishlatiladi.
Trosli elektr o’tkazgichlarning asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: hamma elektr o’tkazgichlarning tanavorlarini elektr montaj ustaxonalarida tayyorlash yo’li bilan montaj qilishni to’la industrlashtirish mumkin; tuzilishi oddiy va mahkamlovchi detallar soni oz; yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish jarayonini to’xtatmay turib qisqa vaqt ichida elektr o’tkazgichlarni montaj qilish, ularni bo’zib olish va boshqa joyga ko’chirib o’tkazish mumkin; mehnat sarfi va montaj qilish bahosi past, ishlatishda qulay va xavfsiz.
Trosli elektr o’tkazgichlar odatda ikki bosqichda montaj qilinadi.
PR, APR, PRTO, APRT, PV va APV markali bir tomonli simlarni trubalar orqali o’tkazishda po’lat trubalarni tanlan uchun mahlumotlar
1–jadval
Trubalar
|
Tomirlarining kesimi quyidagicha bo’lganda truba orqali o’tkaziladigan simlarning yo’l qo’yiladigan eng ko’p miqdori, mm2
|
Suv–gazga mo’ljallangani. SHartli o’tishi, mm.
|
Elektr bilan payvandlangan. Tashqi diametri, mm.
|
2
|
3
|
4
|
20
25
40
|
26
32
47
|
4–6
10–16
25–35
|
4–6
10–16
25–35
|
4–6
10
25
|
50
70
80
|
59
–
–
|
50
70
95–120
|
50
70
95
|
25
50
70
|
Montaj qilish ning birinchi bosqichida hamma tayyogarlik va tanavorlar tayyorlash ishlari bajariladi, bu ishlar quyidagilardan iborat: detallar va mahkamlovchi tuzilishlarning quyma qismlarini o’rnatish va tekislab suvash; yuk ko’taruvchi sim yoki trosni dastlabki tayyolash va ishlov berish (mahkamlash tuzilishlariga tutashtirish uchun terish, tozalash, o’lchamli bo’laklarga bo’lish, trosning uchlariga sirtmoq; kovush va boshqa ishlov berish); simlar va kabellarga ishlov berish, shu jumladan, ularni to’g’rilash, rejalash va o’lchamli bo’laklarga kesish, sim va kabellarning tomirlari uchidan izolyatsiyasini olish, tarmoqlash siqmalarini o’rnatish va mahkamlash, tomirlarni tutashtirish (kavsharlab, payvandlash), sim va kabellarning tomirlarini ishlov berish, sim va kabellarni asboblarga ulash.
Troslar, simlar va kabellarning tanavorlarini tayyorlash va ularga ishlov berish ishlarining hammasi montaj obhektidagi ustaxonalarda, montaj qilish ning indusrial usulida esa elektr montaj tanavorlari ustaxonalarida bajariladi.
Trosli elektr o’tkazgichlarini montaj qilish ishi qo’yma qismlar, detallar va mahkamlaydigan tuzilishlarni o’rnatish hamda tekislab suvashdan boshlanadi. Bu ishlarni binoni qurish jarayonida quruvchilar bajaradilar. Agar montaj ishi tayyor binoda olib boriladigan bo’lsa, bu ishlarni elektr montajchilar bajaradilar. Bunda ular qurilish konstruktsiyalarida teshiklar ochish va quduqlar o’yish ishlarini amalga oshirish uchun qattiq qotishmalarni tayyorlangan plastinkasi bor asboblar bilan tahminlangan elektr mexanizmlaridan foydalanadilar.
Elektr o’tkazgichli ko’taruvchi simlar va troslar 1–rasm a–e larda ko’rsatilgan tuzilishlar yordamida mahkamlanadi.
1–rasm. Trosli elektr o’tkazgichlarning uchlarini mahkamlash konstruktsiyalari va ularni o’rnatish usullari:
a–ilgakli taranglash bol’ti, b–trosni tortadigan anker, v–ingichka simning uchini mahkamlash uchun ankerlar, ular shpil’kalar, shtirlar, dyubellar bilan va elektr payvandlash yo’li bilan mahkamlanadi, g–zavodda tayyorlangan po’lat trosslarning uchini mahkamlash uchun tross ankerlar, d–trossni va simni profil po’latdan va tavr to’sinlardan tayyorlangan metall fermalarga mahkamlash uchun konstruktsiyalar, ye–parallel yuk ko’taradigan trosslarni mahkamlash uchun konstruktsiyalar.
Yuk ko’taruvchi elementlar, osma va tortib turuvchi simlar sifatida 1,95–6,5 mm li po’lat arqon (tros), 2,5–6 mm li ruxlangan po’lat sim, 5–8 mm li qizdirib ishlov berilgan sim, 6,8 va 7,5 mm li ruxlangan yalong’och po’lat simdan foydalaniladi.
Ruxlangan yalong’och po’lat sim yuk ko’taruvchi va nolh sim vazifasini o’tovchi oddiy po’lat simdan yoki mis qoplangan ingichka po’lat sim, kanatdan eshib olingan.
Tayyorgarlik ishlari jarayonida trosga osma simlarni, alyuminiy va mis simlar uchun tarmoqlash qismalari va ANRG markali simlar uchun qutilar o’rnatiladiva mahkamlanadi va tahminlash magistraliga o’tkazgichlarni ulash uchun zarur biriktirish va pastga tushurish ishlari bajariladi.
2–rasm. Trosli elektr o’tkazgichlarni montaj qilish uchun buyumlar va detallar:
a–magsitral’ liniyadan tarmoqlash uchun quti, b–xochsimon va uchtalik qisqich,
g–plastmassa klitsli osmalar, d–po’lat osmalar, ye–simlar va kabellarni bandajlash uchun to’qali tasma va to’qa–tasma, 1–tarmoqlash qutisini mahkamlash uchun planka, 2–quti korpusi, 3–qisma, 4–plashkalar, 5–osma klitslari, 6–yoritgichni mahkamlash uchun quloq.
Uch va to’rt tomirli ART markali simlar tayyorlangan magistralh liniyalarni tarmoqlash uchun uch turdagi tarmoqlash qutilaridan (2–rasm, a) foydalaniladi: 02–yoritish tarmoqlari uchun, magistralh simlar tomirlarinnig kesimi 4–10 mm2 va tarmoqlanadigan simlarning kesimi 1–2,5 mm2; S2–yoritish va kuch tarmoqlari uchun, magistralh va tarmoqlanadigan simlar tomirlarining kesimi 4–10 mm2 S3–kuch tarmoqlari uchun, magistralh simlar tomirlarining kesimi 16–35 mm2 va tarmoqlanadigan simlar kesimi 4–10 mm2. Magistralh liniyasimon va uchtalik qismalar yordamida tarmoqlantiriladi (2–rasm, b). Kesimlari 35 va 50 mm2 li magistralh liniyalardan kesimlari 6,10 va 16 mm2 li simlarni tarmoqlash uchun plashkasimon qismlardan (2–rasm, v) foydalaniladi. 4–7 mm li trosga kesimi 6 mm2 gacha bo’lgan to’rtta simni va yoritgichlarni osish uchun U930–U934 tagidagi plastmassa osmalardan (osgichlar, 2–rasm,g) 10 mm gacha bo’lgan trosga kabellarni osish uchun U954–U956 tagidagi po’lat osmalardan foydalaniladi(2–rasm,d). Simlar va kabellar to’qali po’lat tasmalar yoki to’qali tasmalar yordamida bandajlanadi(2–rasm,e).
Montaj qilish ning ikkinchi bosqichida trosli o’tkazgichlarning tayyorlangan qismlari va uzellari umumiy o’rama holda yig’iladi va montaj qilish ning birinchi bosqichida o’rnatilgan tortuvchi tuzilishlarga osiladi.
Montaj qilish maydoniga keltirilgan tayyor trosli o’tkazgichlar yoziladi va to’g’rilanadi, ayni vaqtda uning holati va to’liq komplektliligi tekshiriladi. Agar o’tkazgichlar ayrim qismlar va yig’ish birliklari ko’rinishida keltirilgan bo’lsa, ular tros bog’lamlari ko’rinishida yig’iladi, so’ng tayyor o’tkazgich joyiga osiladi. 3–rasmda trosli o’tkazgichlarni yig’ish va osish sxematik ravishda ko’rsatilgan.
3–rasm. Montaj qilinayotgan joyda trosli elektr o’tkazgichlarni yig’ish va osish sxemasi:
1,1' – yuk ko’taruvchi tross uchidagi sirtmoq, 2,2' – muvaqqat va doimiy ankerlar,
3–invertar’ tirgaklar, 4–trosli elektr o’tkazgichning pleti, 5–ponasimon qisqich (qisma), 6–yordamchi tross bo’lagi, 7–yuk ko’taradigan trossning bo’sh uchi, 8–poliplast, 9–tortadigan mufta, 10–dinamometr, 11–vertikal simli osmalar.
Trosli elektr o’tkazgichlarni yig’ish va osish uchun yuk ko’taruvchi trosning bir uchi bukib (3–rasmning o’ng tomoni) sirtmoq 1 hosil qilinadi va 1,5 m balandlikda o’rnatilgan o’ngdagi muvaqqat anker changak 2 ga tashlanadi. Xonaning qarshi tomondagi devorga o’rnatilgan muvfaqqat anker changak 2 ga poliplast 8 ning bir uchidagi sirtmoq ilinadi, poliplastning bo’sh uchiga ponasimon qisma 5 mahkamlanadi. Bu qisma trosni yuk ko’taruvchi tros uchidagi sirtmoqdan mahlum masofada qisib oladi. Bunda trosning bo’sh uchi (3–rasmning chap tomoni) va unda montaj qilingan tortuvchi mufta 9 osilib qoladi. Muvaqqat ankerlar orasiga osilgan yuk ko’taruvchi tross, unga o’rnatilgan elektr o’tkazgichlar elementlari bilan birga polispast yordamida lozim bo’lgan taranglikda tortiladi. Yuk ko’taruvchi trosning qanday taranglikda tortilganligi poliplast bilan panasimon qisma orasida joylashgan dinamometr yordamida tekshiriladi.
Trosli elektr o’tkazgichni tortish tamon bo’lgandan keyin yuk ko’taruvchi trosning tortuvchi moslama bo’sh uchi chap tomondagi anker changak 2 ga ilinadi, poliplast 8 bo’shatiladi va changakdan olinadi. Undan keyin tros uchun qulay bo’lgan balandlikda tutib turuvchi inventar’ tagliklar 3 qo’yiladi.
Montaj qilish ning yakunlovchi bosqichida trosga shisha detallari olingan (qaytargichlari, shishi qalpoqlari va b), yoritgichlar korpuslari osiladi va mahkamlanadi, o’tkazgichlarning anker mahkamlagichlar orasida osilish balandligi (osish balandligi 11 ni o’zgartirib) rostlanadi, shuningdek boshqa qator montaj operatsiyalari bajariladi.
Montaj qilingan elektr o’tkazgichlarning o’rami ko’tariladi, anker mahkamlagichlar va tortuvchi qurilma bilan biriktiriladi, tortuvchi qurilma yordamida tortiladi, uzil–kesil rostlanadi va vertikal osma simlari mahkamlanadi, yoritgichlar lampalari o’rnatiladi va korpuslarga qaytargichlar va qalpoqchalar mahkamlanadi, elektr o’tkazgichlarning hamma detallari o’zaro to’g’ri joylashganligi tekshiriladi.
Elektr qurilmalarini o’rnatish qoidalari (PUE) talablariga binoan trosli elektr o’tkazgichlarning hamma elementlari (yuk ko’taruvchi tros, yoritgichlar korpuslari, kabellar qobiqlari va b), yerga ulangan bo’lishi lozim. Trosli elektr o’tkazgichlarni yerga ulash uchun uning mahkamlovchi tuzilishlari va yuk ko’taruvchi trosi diametri kamida 5 mm bo’lgan egiluvchan po’lat tros yoki kesimi kamida 2,5 mm2 bo’lgan ko’p tomirli mis simdan tayyorlangan egiluvchi peremichkalar yordamida yerga ulangan shinaga tutashtiriladi.
Yuk ko’taruvchi trosdan nolh sim yoki yerga ulaydigan sim sifatida foydalanilganda peremichkaning kesimi nolh sim yoki yerga ulangan simning hisoblab aniqlangan kesimiga mos bo’lishi kerak.
Erga ulash quyidagicha bajariladi. Yerga uladigan peremichka sifatida foydalanish uchun talab qilinadigan uzunlikdagi va lozim bo’lgan kesimni bir bo’lak tros yoki egiluvchan mis sim kesib olinadi. Peremichkaning bir uchiga po’lat gilg’za yoki bayroqcha payvandlanadi, u o’z navbatida yerga ulash shinasiga payvandlanadi. Peremichkaning boshqa bo’sh uchi bolhtli qisma yordamida yuk ko’taradigan trosga biriktiriladi.
Yuk ko’taruvchi trosda joylashgan metall tayanchlar va Kabelg’ tuzilishlar yuk ko’taruvchi trossga mahkamlab biriktirish yo’li bilan yerga ulanadi.
ATRG simlaridan qilingan trosli elektr o’tkazgichlar izolyatsiyasi yuk ko’taruvchi tros qismini ichida maxsus qurilmasi bor tarmoqlash qutisining korpusiga ulash yo’li bilan yerlanadi.
Neytrali yerga ulangan yoritish qurilmalarida mahsus qutilarda anker qurilmalariga yoki oddiy qutilarda nolh sim va yoritgichlar korpuslari ham ulanadi. Bu holda elektr o’tkazgichlar yuk ko’targichi tros bilan yoritish tarmog’ining nolh simi orqali yerga ulanadi. Simlari ochiq o’tkazilgan trosli elektr o’tkazgichlarda yoritgichlarning metall korpuslari kesimi kamida 1,5 mm2 bo’lgan izolyatsiyalangan alohida mis simlar yordamida yerga ulanadi. Yerga ulanadigan simlarning uchi yoritgichlarning korpusidagi yerga ulash vintiga ulanadi, nolh simga yoki yuk ko’taradigan trossga (agar bu trosdan yerga ulanadigan sim sifatida foydalanilsa) kavsharlash yoki mexanik qisqichda qisish yo’li bilan ulanadi.
Ochiq o’tkaziladigan himoyalangan simlar va kabellar bilan trosli elektr o’tkazgichlardagi yoritgichlari Kabelg’ yoki sim tuzilishiga kirgan qo’shimcha tomir yordamida yerga ulanadi. Bunday hollarda yerga ulaydigan tomirni tarmoqlash qutisidagi nolh simga emas, balki yoritgichning tuzilishiga qarab yo ichidan yoki tashqarisidan uning korpusiga ulanadi.
Trosli elektr o’tkazgichlarini montaj qilish tugugandan so’ng: 1000 V li megaommetr bilan trossli elektr o’tkazgichlarning simlari va kabellari tomirlari izolyatsiyasining qarshiligi o’lchanadi. O’lchash vaqtida saqlagichlarning suyuqlanuvchan qo’ymalari olib qo’yilgan va yig’ish zanjirlaridagi lampalar teskari tomonga burab qo’yilgan, lekin uzgichlar, shtepselh rozetkalari va guruhli shchitlar ulangan bo’lishi kerak; izolyatsiyasining qarshiligi kamida 0,5 m Om bo’lishi kerak; trossli elektr o’tkazgichlarda va undan chiqadigan tarmoqlarda fazalar tartibi aniqlanadi, fazalar mos kelishi lozim; simlar va kabellar tok o’tkazuvchi tomirlari izolyatsiyasining holati ko’tarib turuvchi trossga nisbatan, shuningdek yerga ulash zanjiri tross–tarmoqlash qutisi–erga ulash simining uzluksizligi tekshiriladi. Trossli elektr o’tkazgichni tekshirishi natijalari qoniqarli chiqqandan so’ng uni foydalanishga topshirish mumkin.
Mavzu: Ochiq elektr o’tkazgichlarini turuba ichida montaj qilish
Reja: 1. Ochiq elektr o’tkazgichlarini turuba ichida montaj qilish.
2.Turuba ichida montaj qilishni o’quvchilar amaliy bajaradilar.
3. Ochiq elektr o’tkazgichlarining sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |