Mavzu:Yoritish elektr qurilmalarining ochiq elektr o’tkazgichlarini montaj qilish
Reja:1.Yoritish elektr qurilmalarining ochiq elektr o'tkizgichlarini montaj qilish.
2.Yoritish elektr qurilmalarining tavsifini amaliy bajaradilar
3.Elektr tarmoqlarini trasalarining sxemasi.
1. Yoritish elektr qurilmalarining ochiq elektr o’tkazgichlarini montaj qilish
Qurilish konstruktsiyalarining yuzalari (devorlar, shiplar, kolonnalar va boshqalar) bo’ylab bevosita izolyatsiyalanmaydigan tayanchlarda yoki trubalarda (po’lat, plastmassa va boshqalar) o’tkaziladigan elektr o’tkazgichlar ochiq elektr o’tkazgichlar deyiladi.
2. Qurilish konstruktsiyalarining yuzalari bo’ylab bevosita ochiq elektr o’tkazgichlarni montaj qilish
Qurilish konstruktsiyalarining yuzalari bo’ylab polivinixlorid izolyatsiyali PPV (APPV) simlar, yupqa metall qobiqli TPRF (ATPRF) simlar, shuningdek rezina izolyatsiyali VRG (AVRG) va NRG (ANRG) kabellar o’tkaziladi.
Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalarida (EQTQ), elektr tarmog’ining kuchlanishi 380 V va undan kichik bo’lganda, PPV va APPV simlarini bevosita quruq yoki ho’l suvoqlar bilan qoplangan devorlar, to’siqlar va to’sinlar, shunigdek quruq xonalarda yonmaydigan devorlar va to’sinlar bo’ylab montaj qilishga yo’l qo’yiladi.
Simlar xonaning qurilish va arxitektura chiziqlariga parallel yoki gorizontal tarzda o’tkaziladigan bo’lsa, liniyalarning simlari orasidagi masofa 3 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Yog’och asoslarda montaj qilinadigan PPV va APPV simlarini trassaning to’g’ri qismlarida simlarning tagiga taxta ko’rinishidagi asbest qo’yib har 200–250 mm da mix qobiq (1–rasm, a) mahkamlanadi. Bunda asbestning eni simning ikki tomonidan 3–4 mm chiqib turadigan kenglikda bo’lishi lozim; beton tuzilishlarda esa to’qali tasmalar bilan (1–rasm, b) mahkamlanadi. Mixlar simning tomirlari orasidagi ajratuvchi parda chizig’ida oldin mix uzunligining 3/4 qadar qoqiladi, so’ngra mixning kallagiga moslama qo’yib, uning qolgan qismi qoqiladi. Moslamadan foydalanilganda simning bolg’adan shikastlanish ehtimoli bo’lmaydi. Simlar kesishib ketmasligiga ehtibor berish lozim. Simlar beton va g’isht tuzilishlardagi to’siqlardan suvalgan ochiq ariqchalardan aylanib o’tkazilishi; yog’och yuzalarida simlar kesishadigan bo’lsa, kesishadigan joyda sim qismlarining izolyatsiyasi qo’shimcha 2–3 qavat izolyatsiyalovchi lenta bilan o’ralishi lozim.
1–rasm. PPV va APPV yassi simlar bilan ochiq elektr o’tkazgichni montaj qilish elementlari:
a–mixlar bilan mahkamlash, b–to’qalar bilan mahkamlash, v–qutiga kiritish, g–simlarni egish.
PPV(APPV) simlarining tomirlarini qutilarga kiritishda va ularni qobirg’a tomonidan egish lozim bo’lganda, shu egish qismidagi simlar orasidagi ajratuvchi parda kesiladi (1–rasm, v). keyin qutiga kiritiladi yoki to’g’ri burchak shaklida bukiladi (1–rasm, g).
Simlarni bir qavatdan ikkinchi qavatga o’tazishda ularni mexanik shkastlanishlardan saqlash uchun PPV (APPV) simlari tom to’sinidan kamida 2 m balandlikda po’lat trubalar ichidan o’tkaziladi.
So’nggi vaqtlarda elektr o’tkazgichlarni PPV (APPV) simlari bilan montaj qilish da o’rnatiladigan elektr buyumlarini bevosita qurilish yuzalariga (beton, g’isht, metall va boshqa) yelimlab yopishtirish usuli keng tarqalgan. Yelimlash uchun tyubiklarga solingan tayyor qorishma ko’rinishida montaj obhektlariga yetkazib beriladigan BMK–5K yelimidan foydalaniladi. Yelimlash usuli bilan og’irligi 200 g dan ortiq bo’lmagan, yassi taram–taram yuzaga ega bo’lgan, qalinligi 11 mm va yuzasi 6 sm2 dan kam bo’lmagan plastmassa buyumlarni zarur mustahkamlikka ega bo’lgan beton, g’isht, oyna va sopol qurilish asoslariga yopishtirishga yo’l qo’yiladi.
Simlarni qurilish konstruktsiyalariga yelimlab yopishtirish tavsiya qilinmaydi, chunki yelim tez qotganligi sababli uning xossalariga tez o’zgaradi va shuning uchun sim bo’lagining boshi hamma oxirida bir hilda pishiq yopishmaydi, oqibatda sim bir uchidan ko’cha boshlaydi, so’ng elekr o’tkazgich bo’lagining hammasi qo’chib ketishi mumkin. Simlarni mahkamlash uchun faqat plastmassadan (polietilendan tashqari) tayyorlangan mahkamlovchi detallar ishlatiladi, chunki po’lat detallar tezda zanglaydi, alyuminiydan tayyorlanganlari esa, yelimning alyuminiy adgeziyasi pastligi sababli, lozim bo’lgan pishiqlikni tahminlaydi.
O’rnatiladigan elektr buyumlarni yelimlash operatsiyasi ikki: tayyorlash va yakunlovchi bosqichda amalga oshiriladi.
Elimlash ishlari boshlanmasdan oldin qurilish asoslari ko’zdan kechiriladi, ularning yaroqligiga ishonch hosil qilinadi. Buyumlar yopishtiriladigan qurilish asoslarining yuzalari mustahkam va tekis bo’lishi kerak. Buyumlarni zah, moy shimgan, oqlangan bo’yalgan va suvalgan yuzalarga yopishtirish taqiqlanadi.
Tayyorlash ishlari liniyalarni va buyumlar yelimlanadigan joylarni rejalash; buyumlar yelimlab yopishtiriladigan joylarni tozalash va ularning yuzalarini atseton bilan tozalashdan iborat.
Ishlarning ikkinchi(yakunlovchi) bosqichi quyidagilardan iborat: qurilish asosiga va yelimlanadigan buyumning yuzasiga qalinligi 05–1 mm li bir tekisda qatlam hosil qiladigan miqdorda tyubikda yelim siqib chiqarariladi; yelimni kurakcha (shpatelh) bilan qurilish asosiga va yelimlanadigan buyumga surkaladi (elim surkaladigan qurilish asosining yuzasi yelimlanadigan buyumning asosidan mahlum miqdorda kattaroq bo’lishi lozim); yelimlanadigan buyumni yelim yuzasi yelim surkalgan qurilish asosining yuzasiga uncha katta bo’lmagan kuch bilan bosiladi va shu holatda 3–5 s ushlab turiladi. O’rnatiladigan elektr buyumlarini faqat xona harorati 0S bo’lgandagina yopishtirish mumkin. Simlar, kabellar va boshqa buyumlarni yopishtirish operatsiyasi tugagandan 24 soat o’tgach mahkamlash mumkin.
BMK–5K yelimi bilan ishlaganda ehtiyotkorlik choralarini ko’rish va yong’in xavfsizligi qoidalariga qathiy amal qilish lozim, chunki uning tarkibida oson alangalanadigan va zaharli atseton bor.
Elimlash usuli teshiklar teshish ishlari hajmini 70–80% qisqartiradi va elektr montajchilarning ish unumini 2–3 martaga oshiriadi.
TPRF va ATPRF himoyalangan simlari bor ochiq elektr o’tkazgichlar isitiladigan quruq, issiq va changli, elektr o’tkazgichlarning mexanik tahsiri natijasida shikastlanish xavfi bo’lgan uylar va ishlab chiqarish xonalarida ishlatiladi.
Naysimon TPRF va ATPRF simlari xonaning arxitektura chiziqlariga nisbatan parallel va gorizontal vaziyatda o’tkaziladi. Simlarni mahkamlash uchun bir yoki ikki panjali shtapmlab tayyorlangan standart skobalardan foydalaniladi. Bir panjali skobalar trassaning gorizontal qismlarida bitta simni mahkamlash uchun ishlatiladi; skobaning panjasi pastda bo’lishi kerak. Bikrlik qobirg’asi bor bir panjali skobalar simlarni vertikal vaziyatda o’tkazish uchun ham qo’llanilishi mumkin. Skobalar orasidagi masofa simlar gorizontal joylashganda (qirqimi 4 mm2 gacha bo’lgan simlarni o’tkazishda) 500 mm dan, vertikal joylashganda 700 mm dan katta bo’lmasligi kerak. Simlarning kesimi 6 mm2 va undan katta bo’lganda skobalar orasidagi masofani 1000 mm gacha kattalashtirish mumkin. Skobalar qutilar, asboblar, tekislangan yoki o’tish joylaridan 50–100 mm narida bo’lishi kerak. Simning qayrilish joyidan eng yaqin skobagacha bo’lgan masofa ko’pi bilan 15 mm (2–rasm, a–g) bo’lishi lozim.
2–rasm. Ochiq elektr o’tkazishda TPRF va ATPRF simlarni mahkamlash usullari:
a–vertikal o’tkazishda qo’shpanjali skoba bilan, b–gorizontal o’tkazishda bir panjali skobalar bilan, v–bir nechta simni skoba bilan, g–simlarni egish va egilgan joylarida skobalar o’rnatish.
Alyuminiy qobiqli, naysimon simlarni skobalar va to’qali tasmalar bilan mahkamlashda ularning tagiga elastik qistirmalar (pressshpan va shunga o’xshash materialdan) qo’yilishi, qo’yiladigan pressman qistirma skobalar yoki tasmalarning har ikki tomonidan kamida 1 mm chiqib turishi kerak. Himoyalangan simlarni poldan yoki xizmat ko’rsatish maydonchasidan o’tkazilish balandligi normalanmaydi.
Naysimon simlarni devorlarda vertikal, shuninggdek, shiplarda gorizontal holda o’tkazishda ularning metall qobig’idagi tayanch yuzaga qaratilgan bo’lishi lozim. Bu simlarni devorlarda gorizontal holda o’tkazishda qobiqning tagiga nam kirmasligi uchun qobiqning choki pastga qaratilgan bo’lishi kerak.
3–rasm. Kerilma dyubellarni o’rnatish va mahkamlash–operatsiyasining tartibi:
a–tolali to’ldirgich bilan, b–kerilma gaykasi bilan.
Skobalar, qutilar va boshqa buyumlar g’isht, beton va shunga o’xshash asoslarga dyubellar yordamida mahkamlanadi. Skobalarni mahkamlash uchun pirotexnik opravkasi yordamida qoqiladigan mixsimon dyubellardan foydalaniladi; qurilish–montaj to’pponchasining «V» guruhidagi o’q bu opravkaning energiya manbai bo’lib xizmat qiladi. O’q kapsulining o’t olishi uchun pirotexnik opravkaning shtoki uchiga bolg’a bilan uriladi. Simlar dastasini ushlab turadigan og’ir skobalar va tuzilishlar tirak dyubellar bilan mahkamlanadi, ularni o’rnatish tartibi 3–rasm, a,b larda ko’rsatilgan. TPRF va ATPRF simlarni ham 4–rasmda ko’rsatilgan usullarning birini qo’llab mahkamlash mumkin.
a–prujinalanadigan plastmassa bilan, b–to’qali metall tasma bilan, v–turumli, brusokli va to’qali metall tasma bilan, g–maxsus mahkamlagichda tishli plastmassa bandaj tasmasi bilan, d–tayyor birikma, 1–plastmassa tasma, 4–metall parchasi, 2–mix dyubel’, 3–turumli po’lat tasma, 4–metall parchasi, 5–tishli bandaj tasma, 6–maxsus mahkamlagichlar.
TPRF va ATPRF simlari universal burilma puansonli konstruktiv jihatdan ancha takomillashtirilgan KT–2 yoki almashtiriladigan puansonli KT–1 ombirlari yordamida bukiladi.
Naysimon simlarni egish radiusi simning qobig’i diametridan 6 karra kam bo’lmasligi lozim. Simlarni egish vaqtida ombir qobiqni ezadi. Ezilgan joylari bir–biriga nisbatan juda yaqin masofada bo’lishi kerak, lekin bir ezilgan joy boshqa ezilgan joyga mahlum masofada yaqin bo’lishi, ammo, ustma–ust to’g’ri kelmasligi zarur.
Ombirlarning puansonlari egiladigan simning kesimiga mos bo’lishi lozim, lekin qobiqni shunday ezish kerakki, bunda u kesilmasin va tagidagi izolyatsiyasi ham shikastlanmasin.
TPRF va ATPRF simlarining boshqa simlar yoki truboprovodlar bilan kesishgan joylarida simlar suvalgan ochiq ariqchalarda aylantirib yoki po’lat truba bo’lakchasi ichidan o’tkaziladi. Po’lat truba bo’lakchasi kesishadigan simlarning yoki truboprovodlarning tagiga qo’yiladi.
Simlarni suvalgan yog’och, g’isht va beton devorlar orqali o’tkazishda TPRF va ATPRF simlariga izolyatsiyalovchi yoki metall truba bo’laklari kiygiziladi va ularning uchlari chinni yoki plastmassa vtulkalar bilan o’rab qo’yiladi.
Qavatlararo orayopma orqali o’tkaziladigan simlarni mexanik shikastlanishlardan saqlash uchun truba bo’laklari ichiga olish tavsiya qilinadi.
TPRF oqimining uchiga metall qobig’ini pichchoq yordamida halqa shaklida yoki bo’ylamasiga kesib ishlov beriladi. Kesayotganda izolyatsiyalovchi qog’ozi kesilib ketmasligi kerak. Simlarning izolyatsiyasi shikastlanmasligi uchun qog’ozni qo’l bilan yirtib olish kerak.
Himoyalangan simlarning tomirlari biriktirish va tarmoqlash, tarmoqlash qutilarida (U419, U420, U194 va boshqalar) payvandlab, kavsharlab, presslab yoki qismilar yordamida biriktiriladi va tarmoqlanadi. Himoyalangan simlar qutilarga, apparatlarga va asboblarga himoyalovchi qobig’i bilan kiritilishi kerak.
Zax, o’ta zax, yong’in chiqishi jihatidan xavfli bo’lgan va metall qobiqlarga yemiruvchi tahsir etuvchi muhitli xonalarda yoritish elektr o’tkazgichlarini bevosita qurilish konstruktsiyalari yuzaslaridan o’tkazish uchun rezina izolyatsiyali VRG, AVRG, NRG, ANRG va boshqa kabellar ishlatiladi. TPRF va ATPRF simlari qanday montaj qilinsa, ko’rsatilgan kabellar ham shunday montaj qilinadi. Rezina izolyatsiyali kabellarni atrof muhit harorati–15S dan past bo’lmagan sharoitda montaj qilish mumkin. VRG va AVRG kabellari ochiq holda yotqizilganda, rezinaning izolyatsiyalovchi xususiyatini tez yomonlashuviga olib keluvchi quyosh nuri bevosita tahsir etmasligi lozim.
Kabellarni qo’lda egish mumkin; egish radiusi Kabelg’ qobig’ining 10 karra tashqi diametridan katta bo’lishi lozim. Kabellar qutilarda biriktiriladi va tarmoqlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |