O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi


Ochiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish



Download 9,63 Mb.
bet63/104
Sana16.03.2022
Hajmi9,63 Mb.
#493240
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104
Bog'liq
Elektrik tayyor tuplam

2. Ochiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish


Ochiq shinali o’tkazgichlar kronshteynlar, ustunlar va tayanch tuzilmalarda o’rnatiladigan izolyatorlarga bolg’tlar yoki skobalar vositasida mahkamlangan to’g’ri burchakli, qutisimon yoki naychasimon profilli po’lat, alyuminiy yoki mis shinalardan tuzilgan qurilmadir. SHinali o’tkazgichlarning tayanch tuzilmalari binoning qurilish elekmntlariga (devorlar, shiplar, fermalar, kolonnalar) mahkamlanadi. SHinali o’tkazgichlarni montaj qilish trassani rejalashdan boshlanadi. Rejalash so’rilar, havozalar yoki teleskopik vishkalarda turib po’lat ruletka va andozalar yordamida bajariladi. SHinali o’tkazgichlarning trassasi uning yo’lida truboprovodlar, ventilyatsiya qutisi kabi tsex kommunikatsiyalari bo’lmagan joylarda o’tkazilishi kerak, chunki shularga o’xshash to’siqlarni aylanib o’tish mahlum qiyinchiliklar tug’diradi va shuning uchun iloji boricha bunday to’siqlardan narida o’tkazishga harakat qilinadi.
SHinali o’tkazgichlarni mahkamlash uchun tayanch tuzilmalar poldan bir xil balandlikda va bir–biridan loyihada ko’rsatilgan masofada o’rnatiladi. Izolyatorlar tayanch tuzilmalarga tayanch tuzilmalarni devorlar, fermalar yoki kolonnalar mahkamlashdan oldin o’rnatiladi.
O’lchamlari 100x10 mm li to’g’ri burchakli shinalar maxsus qaychilar bilan kesiladi. Katta kesimli va profilli alyuminiy shinalar shina kesgich stanoklarda yoki slesarlik dastarra bilan kesiladi. To’g’ri burchakli shinalarni ustma–ust qo’yib, shinaning eni 60 mm gacha bo’lganda ikkita bolg’t bilan, eni 80 mm va undan katta bo’lganda to’rtta bolg’t bilan biriktiriladi. Alyuminiy shinalarning bolg’tlar bilan tutashtiriladigan qismlariga oldin vazelin suriladi va shina frezerlash stanogida ishlov beriladi yoki shinalar tutashtiriladigan joyda ishonchli kontakt hosil qilish uchun yirik tishli egov bilan egovlanadi. Bolg’tning kallagi va shaybalar qo’yiladi.
Alyuminiy shinalarni bolg’tlar bilan tutashtirish uncha ishonchli emas; ishlatish davomida ko’pincha bahzi bir qismlari juda qizib ketishi natijasida bunday birikmani qaytadan tutashtirishga to’g’ri keladi. O’zgarmas yoki o’zgaruvchan tokda elektr yoy bilan, shuningdek argon–yoy bilan payvandlab biriktirishning ancha ishonchli usuli hisoblanadi. To’g’ri burchakli, qutisimon va naychasimon profilli shinalarning payvandlangan birikmalari 1–rasm, a, b, v larda ko’rsatilgan. SHinalar ularni tayanch tuzilmalarga o’rnatishdan oldin, biroq faqat zarur sharoitlar bo’lgandagina va shinalarni tayanch tuzilmalarga yotqizilgandan keyin maxsus moslamalar payvandlanadi.

1–rasm. Payvandlab biriktirilgan shinalar:




a–to’g’ri burchakli, b–qutisimon, v–naychasimon.
SHinali o’tkazgichlarni kesimlari kamida 120 mm2, qalinligi kamida 5 mm bo’lgan alyuminiy shinalardan tayyorlash mumkin. Yengil shinali o’tkazgichlar (alyuminiy shinalarning o’lchamlari 40x5 mm dan katta bo’lmaganda) elektr montaj ustaxonalarida payvandlangan tarmoq–lanishlari, tayanch tuzilmalari, izolyatsiyalovchi detallari va boshqalar bilan birga hammasi komplekt holda tayyorlanadi. SHinalarning komplektlari fazalari bo’yicha markalanadi, maxsus moslamalarda diametri 2 m ga yaqin buxtalarga o’raladi va shu holda montaj qilinadigan joyga keltiriladi.
SHinali o’tkazgichlarni montaj qilish da quyidagi asosiy operatsiyalar bajariladi. Bo’yalgan metall konstuktsiyalar binoning qurilish elementlariga o’rnatiladi va ular bir xil sathda bo’lishi ko’zdan kechiriladi, ikki qo’shni konstuktsiyalar orasida og’ish gorizontal bo’yicha 5 mm dan, vertikal bo’yicha 3 mm dan oshmasligi lozim. SHinali o’tkazgich fazalari bo’yicha polda chuvatiladi, qisman rixtovkalanadi (teriladi), payvand birikmalarning butunligi tekshiriladi. Tortuvchi qurilma uchun tayanch tuzilmalar va kronshteynlar o’rnatiladi, oxirgi fermalarga esa chig’irning trosi o’tkaziladigan yo’naltiruvchi roliklar mahkamlanadi. Trossning uchi bitta fazaning shinasiga mahkamlanadi va roliklar orqali dastlabki fermadan oxirgi fermagacha tortiladi. CHig’ir yordamida shina tortiladi va uni tayanch izolyatorlar va tortuvchi qurilmalarga bog’lab qo’yiladi. SHu usulda qolgan shinalar ham montaj qilinadi, bunda birinchi galda binoning devoriga eng yaqin joylashgan eng chetki shina, undan keyin qolganlari montaj qilinadi.
Himoyalangan shinali o’tkazgichlarni montaj qilish ham ochiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish ga o’xshash, faqat olinadigan metall turlari va yengil qutilari borligi bilan farq qiladi.
Zavodda tayyorlangan elementlar komplekti ko’rinishida tayyorlangan shinali o’tkazgichlar konstuktsiyasi jihatidan ancha takomillashgan va ularni montaj qilish ham ancha murakkab.

Download 9,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish