1. Ochiq elektr o’tkazgichlarni truba ichida montaj qilish
Simlar trubalar ichidan zichlashtirilgan yoki zichlashtirilmagan holda o’tkazilishi mumkin. Trubalar ichidagi simlarni zichlashtirib o’tkazish trubalarning bir–biri bilan va qutilar vositasida birikadigan joylaridagi rez’bali birikmalarning rez’balariga surik yoki belila shimdirilgan kanop tolasini o’rash yo’li bilan germetiklashtirishdan iboratdir. Trubalarni zichlashtirib o’tkazish portlash xavfi bo’lgan, o’ta zax va kimyoviy jahatidan agressiv muhitli xonalarda elektr o’tkazgichlarni trubalar ichida montaj qilish da izolyatsiyalar va simlarni shikastlanish hamda zanglashdan himoyalash uchun zarurdir. Zichlashtirib o’tkazilgan truboprovodlar normalarda ko’rsatilgan sinov bosimlarina bardosh berishi kerak. Sinov bosimlarining qiymatlari xonaning va atrof muhitning xarakteriga qarab aniqlanadi.
Quruq, nam, issiq, changli va yong’in chiqishi jihatidan xavfli bo’lgan xonalarda ochiq elektr o’tkazgichlar yupqa devorli po’lat (elektr bilan payvandlangan) trubalarda, zax, o’ta zax xonalarda–viniplast trubalarda o’tkaziladi. Portlash xavfi bo’lgan xonalarda germetiklangan ochiq elektr o’tkazgichlar asosan, suv–gaz uchun mo’ljallangan trubalarda o’tkaziladi. Har bir holda ham trubalarni tanlash va ularni o’tkazish usullari elektr o’tkazgich qanday maqsadda o’tkazilayotganiga, xonaning kategoriyasiga, atrof muhit sharoiti va elektr o’tkazgichga nisbatan qo’yiladigan alohida talablarga bog’liq hodda loyihaga muvofiq aniqlanadi. Montaj qilish ning industrial usulida trubalar, truba paketlari va bloklar (1–rasm,a–g) tanavorlari yig’malash qaydnomalariga muvofiq zavodlarda yoki elektr montaj tanavorlari ustaxonalarida tayyorlanadi. Trubalarni tayyorlash ishlari hajmiga trubalarni tozalash, ularni talab qilingan burchaklarda egish, trubalarni o’zaro va qutilarda ulashning qabul qilingan usulini bajarish uchun (rez’bali, muftalar bilan, payvandlab va h.k) ularning uchlariga ishlov berish, bo’yash, trubalarni paketlari va bloklar holida yig’ish ishlar kiradi.
1–rasm. Truba tanavorlari:
a–normalangan burchakda etilgan trubalar, b–egilagan trubalar paketlari, v–to’g’ri trubalarning paketlari va bloklari, g–umumiy flanetsli trubalar bloklari.
Ochiq o’tkaziladigan zichlashtirilmagan elektr bilan payvandlangan trubalar o’zaro rez’bali biriktirish muftasi (2–rasm, a) ponasimon oboymali mufta bilan (2–rasm, b), gilg’zada payvandlanib (2–rasm, v) yoki vintli xomut vositasida (2–rasm, g) biriktiriladi. Zichlashtirilgan trubalarni muftalar vositasida yelimlab, qizdirib turib o’tkazish yoki payvandlash yo’li bilan; zichlashtirilmagan truboprovodlarda esa yelimlamasdan va payvandlamasdan muftalarda biriktiriladi.
2–rasm. Ochiq o’rnatiladigan yupqa devorli po’lat trubalarni biriktirish usullari.
a–rez’bali mufta bilan, b–ponali oboymali mufta bilan, v–gil’zada payvandlash yo’li bilan, g–vintli xomut bilan.
Trubalarni uzun halqa hamda tarmoqlash qutilarida biriktirish va qutilardan chiqarish qulay bo’lishi uchun trubalarning o’qlari orasidagi masofalar 1–jadvalda keltirilgan masofani saqlashni tavsiya qilinadi.
3–rasm. Qurilish elementlari sirtiga po’lat trubalarni mahkamlash usullari:
a–bitta trubani panjali skoba bilan, b–mahkamlagich bilan, v–bir nechta trubani chiqib turadigan skobalarda dyubellar bilan, g– kronshteynlarda, d–o’rnatiladigan skobalarda trubalarni kavsharlash yo’li bilan, ye–truba paketlarini lotoklarda.
Yakka trubalar qurilish elementlarining yuzalariga skobalar va dyubellar bilan (3–rasm, a) yoki qistirgichlari bilan mahkamlanadi. Yonma–yon yotqiziladigan bir necha trubani mahkamlash uchun maxsus tayanch tuzilmalardan (3–rasm, v, g, d, ye) foydalanildi. Devorining qalinligi normal bo’lgan suv–gaz trubalarinigina payvandlab mahkamlashga yo’l qo’yiladi (3–rasm, d). Elektr o’tkazgichning po’lat trubalaridan yerga ulaydigan sim sifatda foydalanilganda trubalar orasida ishonch kontakt hosil qilinishi va trubalarning butun uzunligi bo’yicha elektr zanjirining uzluksizligi tahminlanishi lozim. Ochiq o’tkazilagan po’lat trubalarni mahkamlash nuqtalari orasidagi masofalar: ularning diametri 26 mm gacha bo’lganda 2,3–2,5 m; 32 dan 40 mm gacha bo’lganda 2,8–3 m; 50 mm va undan katta bo’lganda 3,5–4 m bo’lishi kerak. Trubalar ichidan o’tkaziladigan elektr o’tkazgichlarini ulash va trubalardan tarmoqlantirish ishlari biriktirish, tarmoqlash va uzun qutilar va yashiklarda amalga oshiriladi.
Trubalarda o’tkaziladigan trassada o’rnatishga mo’ljallangan qutilar va yashiklar soni trassaning uzunligi va murakkabligi bilan aniqlanadi. Ikkala yonma–yon turgan quti orasidagi truboprovodning eng katta uzunligi shu qismda egiladigan trubalarning soniga bog’liq bo’lib, quyidagilardan katta bo’lmasligi lozim: bukilish bitta bo’lsa–50 m; ikkita bo’lsa–40 m; uchta bo’lsa–20 m; to’rtta bo’lsa–10 m.
Trubalar uzun va tarmoqlash qutilari tomonga nisbatan truba uzunligining har bir metrida kamida 3 mm qiya qilib o’tkaziladi. SHunda trubalar ichidagi havoda mavjud bo’lgan bug’larning kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo’ladigan suv tomchilari trubalarda yig’ilib qolmaydi.
Zax va o’ta zax xonalardagi trubali o’tkazgichlarning tarmoqlash va uzun qutilari yig’ilgan suvni to’kib tashlash uchun qurilmasi bor mahsus suv yig’adigan naychalari bo’lishi lozim. Fitingda yoki uchtalikda o’rnatiladigan tiqinlar, shuningdek, suv yig’gichlardagi muftalar surik shimdirilgan kanop losi bilan o’rab montaj qilinadi.
Yakka tarzda va paketlar ko’rinishida o’tkaziladigan po’lat va viniplast trubalarning o’qlari orasida yo’l qo’yiladigan eng kichik masofalar
1– jadval
Suv–gaz trubalarining shartli o’tishi
|
Elektr bilan payvandlanadigan trubalarning tashqi diametri, mm
|
Trublar o’qlari orasidagi eng kichik masofa, mm
|
Viniplast trubalarning tashqi diametri, mm
|
Paket–lardagi truba lar orasidagi eng kichik masofa mm
|
mm
|
Dyuym
|
|
Yakka tarzda o’tkazil–gan
|
Paketlar ko’rinishida o’tkazilgan
|
50
20
25
32
40
50
|
½
¾
1
1¼
1½
2
|
20
26
32
39
47
59
|
50
65
65
80
80
105
|
60
80
80
100
100
120
|
20
25
32
40
50
63
|
32
40
50
60
70
80
|
Po’lat trubalar o’zaro va qutilar vositasida turli usullarda (4–rasm, a–e) biriktiriladi. Quruq va changsiz xonalarda hamda simlarning izolyatsiyasini shikastlaydigan nisbatan agressiv gazlar bo’lmagan po’lat trubalarni zichlagichlarsiz manjetlar yordamida biriktirishga yo’l qo’yiladi. Agar trubalardan yerga ulangich sifatida foydalanilsa, ular biriktiriladigan joylarda egiluvchan yoki bikr metall kashakni payvandlash yo’li bilan ishonchli elektr kontakti hosil qilinishi kerak (4–rasm,e).
4–rasm. Po’lat trubalarning o’zaro va qutilar bilan ulanish usullari.
a–gil’zada va qutining patrubkasida payvandlash, b–trubani qutiga bevosita kiritib, v–rez’bali mufta bilan, g–tirnovchi gaykalar bilan, d–kotrgaykali mufta bilan,
e–mufta va qutining ustidan o’tadigan kashakni payvandlash yo’li bilan: 1–gil’za,
2–quti patrubkasi, 3–rez’bali mufta, 4–tirnovchi gayka, 5–kontrgayka, 6–uzluksiz elektr zanjiri hosil qilish uchun kashak.
Trubalardagi elektr o’tkazgichlar binoning temperatura va cho’kish choklari orqali fitinglar yordamida o’tkaziladi, ular chokning ikkila tomonida, undan 300 mm masofada o’rnatiladi va metall shlanglar vositasida ulanadi.
Truba qutiga payvandlab mahkamlanadi yoki qutiga kavsharlangan truba va patrubokka mufta burab kiritiladi. Truba bilan quti bir–biriga zich tegib turishi uchun trubaning uchiga, qutining yaraqlatib tozalangan devoriga zich tegib turadigan arrasimon (tirnaydigan) gaykalar burab qo’yiladi (4–rasm, g).
Trubalar ichidan o’tkaziladigan simlar va kabellarning markasi, kesimi va soni shuningdek, trubalarning ichki o’lchamlari loyihadan aniqlanadi. Bir tomorli simlarni trubalar orqali o’tkazishda trubalarning o’lchamlarini tanlash uchun mahlumotlar 5.5–jadvalda keltirilgan.
Simlar po’lat trubalarning ichidan qo’lda yoki tortuvchi moslamalar yordamida o’tkaziladi. Simlar vertikal o’tkazilgan magistrallarda (ustunlarda) trubalarning uchlariga yoki uzun qutilarga o’rnatiladigan klitslar yoki qismalar yordamida mustahkam mahkamlanish naqtalarining orasi simlarning qirqimi 50 mm2 bo’lganda 30 m dan, qirqimi 70 mm2 va undan katta bo’lganda esa masofa 20 m dan oshmasligi kerak.
Yupqa devorli po’lat trubalarda o’tkazilgan yoritish elektr o’tkazgichlarining umumiy ko’rinishi 5–rasmda ko’rsatilgan.
5–rasm. Yupqa devorni po’lat trubalar bilan bajarilgan yoritish elektr o’tkazgichlarining umumiy ko’rinishi.
1–taqsimlovchi shchitga keladigan elektr bilan tahminlovchi sim, 2–taqsimlovchi shchitga, 3–uzun quti, 4–uzgichga va yoritgichga keladigan simlarni tarqatish qutisi, 5–uzgich
Do'stlaringiz bilan baham: |