Yoritish elektr qurilmalarining elektr tarmoqlari trassalarini rejalash
Reja:
1.Yoritish elektr qurilmalarining ochiq elektr o’tkazgichlarini montaj qilish.
2. Yoritish elektr qurilmalarining tavsifi.
3. Elektr tarmoqlarini trasalarining sxemasi.
Rejalash yoritish elektr qurilmalarining elekr tarmoqlaini montaj qilish ning boshlang’ich va eng muhim bosqichidir. Rejalashdan maqsad–elektr o’tkazgichlarining trassasini naturada aniqlash, shuningdek mavjud texnik hujjatlarga amal qilib, elektr qurilmalari hamma elementlarining o’rnatilishi va joylashishini aniqlashdir.
Ochiq elektr o’tkazgichlarining trassalarini rejalash va elektr jihozlarini o’rnatish uchun asosiy o’qlari binoning xonalarida loyihada berilgan va quruvchilar belgilagan toza pol yoki ship belgilari bo’yicha, shuningdek fermalar, kolonnalar va boshqa qurilish konstruktsiyalaridan loyihada ko’rsatilgan masofalar bo’yicha rejalashtiriladi. Toza pol belgisi oldindan tozalangan va oqlagan yuzaga eni 10–12 mm va uzunligi 120–150 mm qora tasma ko’rinishida chiziladi.
Rejalash ishlari elektr o’tkazgichlarining trassalarini o’lchash va elektr jihozlari o’rnatiladigan joylar bilan bog’lashdan boshlanadi. So’ngra qurilish konstruktsiyalarida teshiladigan joylar aniqlanadi: trubalar, simlar va kabellar o’tkaziladigan teshiklarning joylari; uyalar–simlarni yashirin o’tkazish asboblarini o’rnatish uchun tokchalar–qutichalarni o’rnatish quduqlar tiqib qo’yiladigan qismlar uchun aniqlanadi. Ayni vaqtda qutilar va mahkamlovchi detallar o’rnatiladigan joylar ham aniqlanadi.
Rejalash o’lchamlari loyihaga, agar loyihada ko’rsatilmagan bo’lsa–SNiP ga yoki 1 va 2–jadvallarda keltirilgan normallangan o’lchamlarga mos bo’lishi kerak.
Ochiq elektr o’tkazish simlarining trassalari sin’kaga yoki quruq ohakga bo’yalgan kanop yordamida rejalanadi, shnur bilan gorizontal va vertikal chiziqlar qurilish konstruktsiyalaridagi chiziqlarga parallelligi saqlangan holda chiziladi.
CHizilgan chiziqlarda ko’ndalang belgi chizig’i bilan tayanch tuzilmalar va mahkamlash detallari o’rnatiladigan joylar oldin qutilarda, so’ngra elektr istehmolchilarda, o’tish joylarida, buriladigan qismlarda va nihoyat oraliq mahkamlash joylarida belgilanadi.
Simlar va metall qobiqsiz kabellar bilan yotqiziladigan elektr o’tkazish trassalarini rejalashda normalangan o’lchamlar
1–jadval
Nomi
|
Simlarning kesimi, mm2
|
Normalangan o’lchamlar, sm
| Izolyatsiyalagan tayanchlarda elektr o’tkazgichlar |
Simlarni mahkamlash nuqtalari orasidagi eng katta yo’l qo’yiladigan masofalar:
Xonalar ichidagi izolyatorlarda
Xonalardan tashqarida
izolyatorlarda
agar sim mis tomirli bo’lcha fermalar, kolonnalar orasidagi izolyatorda
agar sim alyuminiy tomirli bo’lsa fermalar, kolonnalar orasidagi izolyatorlarda
|
10 gacha
16–25
35–70
95–240
Hamma qirqimlar uchun
2,5 gacha
4
6
10
16 va undan katta
|
200
250
300
600
200
600
1200
2500 dan ortiq
|
O’tkazishda o’qlar orasidagi eng kichik masofa:
Klitslarda
Izolyatorlarda
|
10 gacha
16–50
70–95
120
25 gacha
35–50
70–120
|
3,5
5
7
10
7
10
15
|
Simlardan devorlar va to’sinlar yuzasigacha bo’lgan masofa
Xavfliligi yuqori bo’lmagan xonalarda o’tkazishining poldan balandligi
SHuning o’zi, qolgan boshqa hollarda ham
Poldan yoki ishlab chiqarish xonalarida xizmat ko’rsatish maydonchalaridan vertikal o’tkazilgan simlarni mexanik tahsirlaridan himoyalash qismi
Simlarni egish radiuslari
|
Hamma qirqimlar uchun
–
–
–
–
|
Kamida 1
Kamida 200
Kamida 150
Simning tashqi diametri 3 martadan kam emas
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |