O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


GRAMMATIKA: ADABIY SO‘ZLASHUV USLUBI



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

GRAMMATIKA: ADABIY SO‘ZLASHUV USLUBI
Reja: 
1. Uslub haqida ma’lumot. 
2. Adabiy so‘zlashuv uslubi.
3. Adabiy so‘zlashuv uslubining xususiyatlari. 
Ma’lumki, nutq og‘zaki va yozma shakllarga ega. Og‘zaki nutq so‘zlovchi gapirib
turgan vaqt biriligidagina mavjud bo‘lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi.
Ammo nutq ta’sirida uyg‘onadigan hayajon, berilgan axborot ma’lum vaqtgacha tinglovchi 
ongida saqlanishi, uning xulqiga ta’sir etishi mumkin. Yozma nutq va uning o‘ziga xos 
xususiyatlari
Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda me’yorlashuvida 
yozuvning xizmati katta bo‘lib kelayotganligi, shubhasiz. Nafaqat tilning me’yorlashuvi, 
balki dunyo xalqlari taraqqiyotida ham yozuvning o‘rnini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Zero, har bir 
xalq, millat sivilizatsiyasi u yaratgan yoki foydalangan yozuvga ham bog‘liq.
Yozma nutqning asosiy vazifasi– og‘zaki nutqni qayd qilish, uni zamon va makonda 
saqlashdan iborat. Kishilar o‘rtasida bevosita muloqot qilish imkoni bo‘lmaganda,
odamlar zamon va makonda ajralib qolganda,yozma nutq insonlar o‘rtasida aloqa-aralashuv 
vositasini o‘taydi. Muloqotning texnik vositasi – telefonning rivoj topishi xatning rolini
pasaytirdi,
Faksning paydo bo‘lishi va Internettizimining tarqalishi makonni bosib o‘tishga yordam berdi 
va bugunda nutqning yozma shaklini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Yozma nutqning asosiy
xususiyati axborotni uzoq muddat davomidasaqlash imkoniyatidir. Yozma nutqning og‘zaki 
nutqdan farqli tomonlari
Yozma nutq va og‘zaki nutq inson nutq faoliyatining ikki shakli. Har ikkisi ham kishilik 
jamiyatining muloqot vositasidir. Og‘zaki nutq birinchi shakllanadi, yozma nutq esa keyin 
shakllanadi. Yozma nutq og‘zaki nutqning tayyor mexanizmlaridan foydalangan holda uni 
takomillashtirib va ularni birqadar murakkablashtirib boradi, tilning yangi ifoda shakllari 
uchun xos bo‘lgan yangi unsurlarni qo‘shadi. Yozma nutq ta’lim jarayonida maqsadli
ravishda egallab boriladi. Og‘zaki nutq bolaning kattalar bilan amaliy muloqoti jarayonida
ularga taqlid qilish asosida shakllanadi. Yozma nutqda so‘z tanlashga, jumla tuzishga ancha
yuqori talab qo‘yiladi. Yozma nutq tashqi tomondan (aytaylik, suhbatdosh tarafidan)
tuzatishsiz kechadi. Yozma nutq muloqotning jonli vositalaridan xoli, ya’ni mimika, jestlar 
ishtirok etmaydi. Demak, yozma nutq til mavjudligining bir shakli. Yozma nutq qat'iy
me’yorga va tartibga solingan adabiy tildanfoydalanadi. Adabiy so‘zlashuv ulubida gaplarda 
so‘zlarning tartibi qaror topgan, inversiya (so‘z tartibining o‘zgarishi)ham unga xos bo‘lib 
so‘zlovchining hissiyotini yorqin tasvirlashga xizmat qiladi. Adabiy so‘zlashuv uslubi o‘z
leksikasi bilan og‘zaki so‘zlashuv uslubidan farq qiladi.
Og‘zaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi:
1. Og‘zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar bilan 
"uning libosi" bo‘lgan so‘z birgalikda "yashin tezligida" tilga kela boshlaydi. Ba’zan 


93 
tushunchani ifodalovchi so‘zni o‘sha tezlikda so‘zlovchi topa olmay qoladi. Unga yaqin yoki
o‘ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so‘zlarni ishlatib yuboradi. Natijada, aytilgan
nutq (gap, gaplar) ko‘zlangan maqsadni (fikrni) to‘liq ro‘yobga chiqarmaydi. Bunda 
tinglovchi ham so‘zlovchi ham zarar ko‘radi.
2. Og‘zaki nutqda so‘z birikmalari va gaplarning modellari aytilmoqchi bo‘lgan fikrga monand
holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarini aql nazorat qilib boradi. 
Fikrni aytilganlarni ushlab ko‘rgan holda rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Agar xotira ozgina
"dangasalik" qilsa, gap tuzilishi, so‘z birikmalari o‘zaro mantiqan va grammatik 
bog‘lanmay qoladi. Chunki yangi qism avvalgi qism unutilgani uchun u bilan
moslasha olmaydi. Masalan, "Ustoz, sizni...xalq oldida qilgan ulkan xizmatlaringizdan
biz minnatdormiz!". Misolda so‘zlovchi nutqning "Ustoz, sizni..." qismini aytgandan so‘ng uni
qanday rivojlantirish ustida qilgan mulohazasi jarayonida avvalgi qismini, avval o‘ylangan 
modelni unutib qo‘ygan. Shu sababli tushum kelishigida kelgan so‘z keyingi qismlar 
bilan grammatik va mantiqan bog‘lanmay qolgan.
3. Og‘zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqga kelgan bo‘lsa, 
shundayligicha tinglovchiga havola kilinadi.
4. Og‘zaki nutqda, odatda muloqot uchun eng zarur narsalargina zuhur etiladi. Bu bir 
tomondan vaqt iqtisodi bilan, ikkinchidan nutqni kuchli tejash bilan bog‘liq. Shunga
ko‘ra unga uzundan-uzoq kirish, keng izohlar kam uchraydi. Aksincha, hodisalarning, 
narsalarning o‘zaro bog‘liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so‘zlovchiga ravshanligi
darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his etilgandagina avvaldan ma’lum narsalarga izoh 
beriladi.
5. Og‘zaki nutq so‘z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag‘al bo‘ladi. Unda 
bir xil so‘zlar bir xil shakllar bir qadar ko‘proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarini tanlash, 
qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir.
6. Og‘zaki nutqda so‘zlovchiningfaol nutqiy harakati to‘xtam (pauza) ohang, urg‘u, turli xil 
imo-ishoralar fikrning tinglovchigayetib borishida ahamiyat kasb etadi.
7. Og‘zaki nutq tilning noverbal vositalari: turli mimika va jestlar yordamida ifodalanish
imkoniga ega. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish