79
O’zbekiston amaliy san’at
muzeyi
1927- yilda O’zbekiston ustalarining eng yaxshi ijod namunalari ko’rgazmasi tashkil
qilingan edi. So’ng bu doimiy ko’rgazmaga aylantirilib, "O’zbekiston xalq xo’jaligi
ko’rgazmasi" nomini oldi. Ko’rgazmaga qo’yilgan eksponatlar yilma-yil yig’ilib borildi.
Shu bilan birga ilgarigi davrlarda tayyorlangan, qo’lda
tikilgan kashtalar, do’ppilar, zargarlik
buyumlari, gilamlar va shunga o’xshash xalq amaliy san’ati namunalari ham sotib olindi. Ana
shu to’plangan xalq amaliy san’at asarlari 1937- yilning 7- iyulida Toshkentda ochilgan
"Hunarmandchilik muzeyi" da namoyish etila boshlandi.
1960-yilda muzey "O’zbekiston amaliy san’ati doimiy ko’rgazmasi" nomini oldi.
1997- yilda sobiq ko’rgazma O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi
tasarrufiga o’tkazildi va "Davlat Amaliy san’at muzeyi" maqomiga ega bo’ldi.
Bugungi kunda muzey xazinasida XIX asrning birinchi
yarmidan to hozirgi
kunlarimizgacha bo’lgan davrni qamrab olgan qo’li gul ustalar tomonidan yaratilgan bebaho
amaliy san’at durdonalari yig’ilgan.
Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san’at asarlarini badiiy jihatdan uch
guruhga bo’lish mumkin. Birinchidan, bu qadimiy an’analar asosida yaratilgan, har bir hudud
ichidagi o’ziga xosligini aks ettirgan maktablarga oid amaliy san’at asarlari; Ikkinchidan, XX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xalq ustalari an’anaviy uslubini yo’qotmagan holda uni o’z
ijodiy xofizasi bilan rivojlantirib, yanada badiiy bezak bilan boyitib yaratilgan asarlardir.
Uchinchi guruh esa, bugungi kun amaliy san’at taraqqiyotidan kelib chiqib, rang-barang
turfa naqshlar
bilan bezatilib, zamonaviy san’at talablari darajasidagi yetuk asarlardan iborat.
Muzey zaxirasida to’plangan buyumlar 20 nomdagi kollektsiyaga ajratilib saqlanadi va shu
turlar bo’yicha ekspozitsiyalarda namoyish qilinadi. O’zbek xalqi o’zining qadimiy amaliy
san’ati bilan jahonga mashhurdir. Zebi ziynatli buyumlar yasash san’ati xalqimiz ijodining eng
qadimiylaridan hisoblanadi. Bu nodir xalq badiiy hunarmandchiligi namunalarini me’moriy
yodgorliklar, ganch, yog’och o’ymakorligi, naqqoshlikda,
shuningdek, misgarlik, zargarlik,
kulolchilik, gilamdo’zlik, ipak va ip gazlamachiligi, zardo’zlik, kashtachilik va o’nlab boshqa
amaliy san’at turlarida o’z namunalarini saqlab qolgan. Bugungi kunda yuksak va noyob san’at
durdonalari darajasiga ko’tarilgan bu bebaho merosimiz muzeylarimizda saqlanib kelinmoqda.
Darhaqiqat, Respublikamiz muzeylari xazinalarida saqlanayotgan moddiy va ma’naviy
madaniyatimiz bebaho yodgorliklari bizning kim bo’lganligimizni namoyon etuvchi nodir
guvohlardir. Mustaqilligimiz yillarida respublikamiz muzeylari faoliyatini tubdan yaxshilashga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Muzeylar faoliyatini yaxshilash chora tadbirlari tug’risida 1994- va 1998-yillarda
Vazirlar Mahkamasining ikkita
qarori qabul qilinganligi, "o’zbekmuzey" jamg’armasi
tuzilganligi, Toshkentda O’zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi,
"Qatag’on qurbonlari xotirasi", Termizda arxeologiya muzeylari tashkil etilganligi buning
yaqqol ifodasidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi "Muzeylar
faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risda"gi Farmonida "O’zbekiston
hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini
yanada takomillashtirish, ularning xalq
ma’naviy ahloqiy kamolotida tutgan o’rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan
xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob,
nodir eksponatlarni
avaylab asrash, o’rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ’ib qilish, ulardan
xalqimiz ongida milliy g’urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg’ularini kuchaytirish
yo’lida keng foydalanish" zarurligi ko’rsatib o’tiladi.
Respublika Davlat Amaliy san’at muzeyida milliy madaniyatimizning uzviy qismi
bo’lgan xalq amaliy san’atining eng noyob yodgorliklari saqlanadi.
Muzey ekspozitsiyalarida
xalq amaliy san’atining 50 dan ortiq turi namoyish etib kelinmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston
hududida asrlar davomida xalq badiiy hunarmandchiligining o’ziga xos yirik markazlari
shakllangan , har bir hudud o’zining badiiy bezak san’ati bilan boshqalardan ajralib turgan.
Hususan, Chust do’ppisi, pichog’i, Rishton o’zining lojuvard sopol idishlari, Marg’ilon