Tasvirlarni murojaat sifatida ishlatish.
WWW-sahifalarda murojaat vositasi bo‘lib faqat matn emas, balki tasvirlar ham ishlatiladi. Bu shuni bildiradiki, qachonki siz tasvirlarni sichqoncha bilan turtsangiz ekranda boshqa Veb-hujjat paydo bo‘ladi.
Boshqa HTML - hujjatga tasvir yordamida murojaat qilish uchun xuddi matn singari bo‘ladi. Faqat bunda matn o‘rniga tasvirni berishingiz kerak. Jimlik xolatida Veb-brauzerlar tasvir murojaatni ko‘k ramka bilan o‘rab oladi. Tasvirning hoxlagan joyiga sichqoncha bilan turtish orqali mos hujjatga o‘tiladi. Murojaat sifatida tasvirlarning hoxlagan turi, rasmlar va piktogrammalardan foydalanish mumkin. (fon bezaklaridan tashqari).
Maslahat tasvirlar murojaat sifatida tez-tez ishlatiladi. Iloji boricha tushunarli tasvirlardan foydalaning, shunda foydalanuvchilar murojaat ularni qanday manzilga olib borishni tushunadilar.
Masalan, agar siz uy sahifangizda sevimli qo‘shiqlaringiz ro‘yxatiga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, musiqaga doir piktogrammadan foydalaning. Tasvir murojaatlaridan foydalanganda alternativ matn berish zarur. Tasvir ko‘rinmay qolganda foydalanuvchilar shu orqali murojaatdan foydalanishlari mumkin. Ayrim foydalanuvchilarda tasvirni yuklash ko‘p vaqtni talab qiladi. Ular uchun alternativ matn juda zarur, ana shunda ular nima ko‘rishlarini bilib oladilar. Ixtiyoriy bir tasvirga murojaat chiqarish uchun quyidagicha kodni kiritamiz:
Bu matn o‘rniga tegini kiritganimizga e’tiboringizni karating. Shu tariqa grafik murojaat berish mumkin.
Veb sayt
Internet – dunyo bo`ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. WWW ya’ni World Wide Veb internetning bir qismi bo`lib, butunjahon o`rgimchak to`ri ma’nosini anglatadi. WWW da axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Veb-sahifalarda joylashadi. Veb-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko`ra o`zaro bog`langan bir nechta Veb-sahifalar majmui Veb-sayt deyiladi. Veb-saytni kitobga, Veb-sahifani esa kitobning sahifasiga o`xshatish mumkin. Veb-saytdagi Veb- sahifalar o`zaro gipermatn yordamida bog`lanadi. Gipermatn Veb-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Veb- sahifaga bog`liqligini ko`rsatuvchi bo`lib, u so`z yoki rasm ko`rinishida bo`lishi mumkin. Gipermatn yordamida Veb-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Veb-sahifaga tez va oson o`tiladi, bu hol kerakli qism yoki Veb-sahifaga gipermurojaat deb ataladi. Veb- saytlar ham, Veb-sahifalar ham Veb-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o`z manziliga ega bo`ladi.
Veb-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Veb-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o’rganishdan boshlanadi: Veb-sahifa, Veb-sayt va Veb-server.
Veb-sahifa – o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzer) ko’riluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma'lumotlar birlashmasi - multimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |