Nazorat savollari:
Excel dasturi qanday vazifalarni bajarishga muljallangan?
Excel elektron jadval dasturi qanday yuklanadi va undan qanday chiqiladi.
Excel dasturidagi ishchi kitob, ishchi varaq, ustun,qator va kataklarni izohlab bering.
Excel dasturida qanday qilib qo’shimcha varaq qo’shish mumkin?
Excel dasturida qanday qilib diagrammalar tashkil qilinadi?
Excel da Tuzilgan fayllarning kengaytmasi qaysi turda bo’ladi va fayllar nima deb ataladi
Excel dasturidagi ctandart funktsiyalarni sharhlab bering?
Amaliy mashg’ulot № 5
Mavzu: Qurilish korxonasi taqdimotlarini yaratish texnologiyalari.
Ishining maqsadi: Malumotlarni taqdimot qilishni xususan PowerPoint dasturida taqdimot slaydlarini tayyorlashni va taqdimot ( prizintatsiya) qilishni o’rganish.
Ishining vazifasi:
MS PowerPoint dasturini ishga tushirish.
MS PowerPoint dasturida taqdimot tayyorlash.
Nazariy qism:
Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo’lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slaydfilmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarkatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaqlida bitta faylda saqlanadi.
Slayd - bu prezentatsiyaning alohida kadri bo’lib, uz ichiga matnni, sarlavxalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.
Tarkatiladigan material - qulay shaqlda bosib chikarilgan va tanishish uchun mo’ljallangan materiallar.
Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yigindisidan iborat.
Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bu dastur yordamida slaydlarni qo`llab ma‘ruzalar tashkil qilish va ularni maxsus plyonkalarga, qog`ozlarga, 35 mm. li slaydlarga chop etish, kompyuter ekranida namoish etish mumkin. Shu bilan birga tinglovchilarga tarkatish uchun ma‘ruza konspektlarni va boshqa materiallarni tayyorlash mumkin.
Faraz qilaylik, bizning firmamiz uz maxsulotlarini buyurtmalarga tavsiya etmokchi. Albatta buning uchun maxsulotingiz to’g’risida kizikarli gaplar aytishimiz kerak bo’ladi, ya‘ni ko’pdan beri bozorda ishlayotganimiz ichki va tashki firmalar bilan aloqa qilayotganimiz: ishlarimizning rivojlanishi to’g’risida va xokazo. Boshqaga qilib aytganda, biz ishonchli va salmokli sherik ekanimiz, ish jarayonida biz va buyurtmachilar orasida xech qanday muammolar yuzaga kelmasligi to’g’risida auditoriyada ishonch hosil bo’lishi kerak.
I topshiriq
MS PowerPoint dasturini ishga tushirish.
Topshiriqni bajarish tartibi:
Do'stlaringiz bilan baham: |