1-topshiriq.
Berilgan gaplarni qismlarga ajrating, gaplar qanday vosita yordamida
bog’langanini izohlang.
1. Gulchehra “piq” etib kuldi-da, cho’zilib tugunni yechdi. 2. Gulsum opa o’tirishini
ham, chiqib ketishini ham bilmay, lol bo’lib turgan edi. 3. To’satdan eshik sharaqlab ochildi
va ostonada Ertoyev paydo bo’ldi. 4. Mashhur qora qashqa ayg’irning chilvirini xirmondagi
bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi.
(O.Yoqubov)
2-topshiriq.
Biriktiruv boғ3g’lovchilari bilan bog’langan qo’shma gaplarga misollar
toping. Sodda gaplar qanday munosabatni ifodalayotganini ayting.
3-topshiriq.
Bog’langan qo’shma gap qismlari payt va sabab-natija munosabatini
ifodalayotgan holatiga ikkitadan misol topib yozing.
4-topshiriq
. Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarga misollar yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: