So`rоq оlmоshlаri.
Nоmа’lum shахs, prеdmеt, bеlgi kаbilаr hаqidа so`rоqni bildiruvchi
оlmоshlаr.
Tаrz rаvishi.
Ish-hаrаkаtning bаjаrilish usulini, qаy tаrzdа yuz bеrishini bildiruvchi rаvish.
O`zlik оlmоshi.
Аniq, muаyyan yakkаlikni bildiruvchi, kishilik оlmоshi yoki оt bilаn kеlib,
uni tа’kidlаb ko`rsаtuvchi оlmоsh.
O`rin rаvishi.
Ish-hаrаkаtning yuz bеrish, yo`nаlish o`rnini bildiruvchi rаvish:
аllаqаеrdа,
ilgаrigа
kаbi
Ravish
1-topshiriq.
Sekin, tez, zo’rg’a so’zlari ishtirokida gaplar tuzing. Bu so’zlarning
ma‘nolarini sharhlang.
2-topshiriq.
Oz, ko’p, ancha so’zlarini gap ichida qo’llab ko’ring. Ularning ma‘nosi
va gapdagi vazifasini ayting.
3-topshiriq.
Ravishlarning ma‘no guruhlarini sharhlang, Ularni shurhlashda
quyidagi jadvaldan foydalaning. Ravishning har bir ma‘no guruhiga gaplar tuzing.
t/r
Ravishlarning
ma‘no turlari
Ma‘nosi va qoidasi
Sinonimik so’rog’i
Misollar
1
Holat ravishi
Harakatning qay
tarzda bajarilishini
bildirgan
ravishlarga holat
ravishi deyiladi
Qanday? Qanaqa?
Qo’qqisdan,
bexosdan, sekin,
tez(da, dan), yayov,
piyoda, darhol…
2
Payt ravishi
Harakatning
bajarilish paytini
bildirgan
ravishlarga payt
ravishlari deyiladi
Qachon?
Qachongacha?
Qachondan?
Bugun, kecha,
avval, hozir, doim,
erta-indin,
yaqinda…
3
O’rin ravishi
Harakatning
bajarilish o’rnini
bildirgan
ravishlarga o’rin
ravishi deyiladi
Qaer? Qaerda?
Qaerdan? Qaerga?
Oldinda, olisda,
uzoqdan, yaqindan,
yuqoriga, pastga
4
Miqdor-daraja
ravishi
Harakatning
miqdor-darajasini
bildirgan
ravishlarga miqdor-
daraja ravishi
deyiladi
Qancha?
Qanchacha?
Oz, ko’p, ancha,
picha, sal-pal…
5
Maqsad ravishi
Harakatning
bajarilish maqsadini
bildirgan
ravishlarga maqsad
ravishlari deyiladi
Nimaga? Nahot?
Nega?
Atay, ataylab,
qasddan, o’rtacha…
4-topshiriq.
Quyidagi gap juftliklariga diqqat qiling. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning
ma‘nosini, ularning farqli tomonlarini sharhlang.
1. Bolta kelguncha,
kunda
dam olar. – Vazifani
kunda
takrorla. 2.
Ichkaridan
hazin kuy
eshitildi. – Hovli
ichkarisidan
bolalar yugurib chiqdi.
5-topshiriq.
Yasama ravishlarga misollar toping. Ularni yasashga asos qism va
qo’shimcha singari qismlarga ajrating. Yasama ravishlar qanday asosdan yasalayotganini
sharhlang.
6-topshiriq.
Ravish yasovchi qo’shimchalarning ro’yxatini tuzing.
Olmosh
1-topshiriқ. 1-ish.
Olmoshlarning ma‘no guruhlari, ularning qoidasi, ma‘nosi
hamda misollarini quyidagi jadval asosida sharhlang.
2-ish.
Olmoshlarning har bir turiga misollar (gaplar) keltiring. Gaplarda kelgan
olmoshlar qanday so’zlarga ishora qilayotganini ayting.
t/r
Olmoshlarning ma‘no
turlari
Olmoshlarning ma‘nolari
va ta‘rifi
Misollar
1
Kishilik olmoshlari
Shaxs ma‘nosini
bildiruvchi otlar o’rnida
almashinib keladi va ularga
ishora qiladi.
Shaxs ma‘nosini
bildiruvchi so’zlar o’rnida
қo’llanib, unga ishora
qiluvchi olmoshlarga
kishilik olmoshlari
deyiladi.
Men (kamina) - biz, sen –
siz, u - ular
2
Ko’rsatish olmoshlari
Mustaqil so’zlar yoki
gaplar o’rnida kelib, ularni
ko’rsatib keladi.
Mustail so’zlar orqali
ifodalangan shaxs,
predmet, belgi, harakatlarni
ko’rsatib kelgan
olmoshlarga ko’rsatish
olmoshlari deyiladi
U, bu, shu, o’sha, mana bu
(manovi, anovi), mana shu,
ushbu…
Ma‘nodoshlari:
mazkur,
yuqoridagi, quyidagi…
3
So’roq olmoshlari
So’zlovchiga noma‘lum
shaxs, narsa, belgi-
xususiyatlarni so’rash
ma‘nosini bildiradi.
Shaxs, narsa, belgi-
xususiyat, harakat-
holatlarni so’rash uchun
ishlatiladigan olmoshlarga
so’roq olmoshlari deyiladi.
Kim?
Nima?
Qachon?
Qaysi?
Qancha?
Necha?
Nimaga? Qani? Nima қildi?
Nima bo’ldi?
4
Belgilash olmoshlari
Shaxs, narsa, belgi-
xususiyat bildiruvchi
mustaqil so’zlar o’rnida
almashinib, ularning
ma‘nosini umumlashtirib,
jamlab keladi.
Mustaqil so’zlar o’rnida
kelib, uning ma‘nosini
jamlab, umumlashtirib
keluvchi olmoshlarga
birgalik olmoshlari
deyiladi.
Hamma, barcha, bari, butun,
jami, yalpi, har kim, har
nima, har qancha, har
qanday, har qaysi, har bir,
har narsa…
5
Bo’lishsizlik
olmoshlari
Shaxs-narsa, belgi-
xususiyat bildiruvchi
mustaqil so’zlar o’rnida
kelib, uning inkorini
bildiradi.
Mustaqil so’zlar o’rnida
kelib, uning inkorini
Hech kim, hech nima, hech
qancha, hech qanday, hech
qanaqa, hech narsa, hech
bir…
bildirgan olmoshlarga
bo’lishsizlik olmoshlari
deyiladi.
6
O’zlik olmoshi
Uchala shaxsdagi kishilik
olmoshlari o’rnida
qo’llanilib, ma‘nosini
ta‘kidlab keladi.
Kishilik olmoshlari o’rnida
kelib, uning ma‘nosini
ta‘kidlab ko’rsatuvchi
olmoshga o’zlik olmoshi
deyiladi.
O’z
7
Gumon olmoshlari
Shaxs-narsa, belgi-
xususiyat bildiruvchi
mustaqil so’zlar o’rnida
kelib, uning ma‘nosini
taxminlab, gumonlab
keluvchi olmoshlarga
gumon olmoshi deyiladi.
Allakim, allanarsa,
allaqanday, allaqancha…,
kimdir, nimadir, qaysidir…
2-topshiriq.
Berilgan gap juftligini o’qing, olmoshning ma‘nosi va nimaga ishora
qilayotganini aniqlang: U qo’shiq aytadi. – Qo’shiq u tomonidan aytildi.
3-topshiriq.
Ikki guruhga bo’lingan holda “Ijodkor” o’yinini o’tkazing. O’yin
shartiga ko’ra birinchi guruh ot so’z turkumi ishtirok etgan gaplarni doskaga yozadi,
ikkinchi guruh esa ega vazifasida kelgan ot o’rniga olmoshlarni qo’yib musobaqani davom
ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |