6-topshiriq. 1-ish.
Ikki guruhga bo’linib guruhlar musobaqasini tashkil eting. Birinchi
guruh insondagi ijobiy fazilatlarga misol topsa, ikkinchi guruh uning ziddini topadi.
2-ish.
Guruhlar musobaqasini davom ettiring. Topilgan so’zlar ishtirokida so’z
birikmalari va gaplar tuzing.
7-topshiriq.
Berilgan sifatlarga
–roq
qo’shimchasini qo’shib ko’ring va ularni
–roқ
qo’shimchasini oladigan,
-roқ
qo’shimchasini olmaydigan sifatlar deb ikki guruhga ajratib
yozing. Sifatlarning ma‘nosini izohlang: mazali, go’zal, chiroyli, sermeva, sershira,
erksevar, paxtali, tonggi, so’nggi, kuzgi, chillaki, yuzaki, og’zaki.
8-topshiriq.
Berilgan sifatlarni oddiy daraja, orttirma daraja, qiyosiy daraja,
ozaytirma daraja singari guruhlarga bo’lib yozing, ularning ma‘nolarini sharhlang: sal
achchiq, juda achchiq, ko’kimtir, qizg’ish, mazaliroq, kuchliroq, juda qiziq, bus-butun,
shirin, katta, achchiq, kap-katta, to’ppa-to’g’ri, ko’m-ko’k, yam-yashil, g’alatiroq,
bilimliroq, shirinroq, xiyla yomon, juda yomon, juda achchiq, qip-qizil.
Do'stlaringiz bilan baham: |