Fonetik tahlil 1-topshiriq. 1-ish. Kollej, litsey so’zlarini fonetik tahlil qiling.
Namuna: K – undosh,jarangsiz, portlovchi, til orqa.
O – unli, lablangan, keng.
L – undosh, jarangli, sirg’aluvchi, til oldi.
L – undosh, jarangli, sirg’aluvchi, til oldi.
E – unli, lablanmagan, o’rta keng.
J – undosh, jarangli, sirg’aluvchi, til oldi.
2-ish. So’zlarning tovush va bo’g’in tarkibini aniqlang va sharhlang.
` Namuna: lit-sey: 2 bo’g’inli so’z, ikkalasi ham yopiq bўo’g’in. So’z oltita tovush
(harf)dan tashkil topgan. 2 ta unli va 4 ta undosh tovush bor.
3-ish. So’zlarning qaysi til birligi ekanligini aniqlang va lug’aviy ma‘nosini
sharhlang.
Namuna: kollej – uzluksiz ta‘lim tizimida yoshlarni kasb-hunarga o’rgatadigan
ta‘lim maskani.
4-ish . So’zlarning qaysi turkumga kirishini aniqlang.
Namuna: kollej – ot, turdosh, sodda, aniq, bosh kelishikdagi ot.
5-ish. Kollej va litsey so’zlarining uyadoshlarini toping. Ularni qatnashtirib gaplar
tuzing.
Namuna: uyadoshlari – kollej, litsey, gimnaziya, maktab, madrasa, ...
Kollejimiz binosi yangi, chiroyli bo’lib, shaharning qoq markazida joylashgan.