O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/56
Sana01.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#423373
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
Bog'liq
tabiatdan foydalanishning geografik asoslari (1)

tabiat va jamiyat orasidagi o‘zaro ta’sir natijalarini 
ochib beradi, tahlil qiladi va baholaydi, tabiiy resurslardan 
foydalanish hamda tabiiy muhitni himoya qilishning nazariy 
tamoyillarini ishlab chiqadi.
Tabiatdan foydalanish fani qarab 
chiqadigan masalalar qatoriga iqtisodiy va sotsial masalalar ham 
kiradi. Tabiatdan foydalanish tabiatga undan foydalanishning har 
qanday vazifalari yechimida yaxlit majmuali yondashuvni 
ta’minlaydi.
Majmuiy 
ilmiy 
yo‘nalish 
sifatida 
shakllanayotgan 
tabiatdan 
foydalanishning 
yagona 
nazariyasi 
hozircha 
yaratilganicha yo‘q. Shuningdek, tabiatdan foydalanishning 
predmeti, ob’yekti, jihati, metodlari va maqsadi kabi tushun-
chalarning mohiyati ham yetarlicha belgilanganicha yo‘q. 
N.F.Reymersning (1990) fikricha, tabiatdan foydalanish-
ning ob’yektini tabiiy resurslar, jamiyat hayotining tabiiy 
sharoitlari va uning sotsial-iqtisodiy rivojlanishi orasidagi o‘zaro 
munosabatlar majmuasi tashkil etadi. Bu munosabatlarni 
optimallashtirish hayot muhitini asrash va qayta tiklashga 
yo‘naltirilgan sa’y-harakatlar esa tabiatdan foydalanishning
predmeti
bo‘lib xizmat qiladi.
N.F. Glazovskiy (1998) tabiatdan foydalanishning 
ob’yekti
((lot. 
objektum
narsa, hodisa) tabiatni ham, insonni ham o‘z ichiga 
olgan holda inson va atrof muhit o‘zaro ta’siri xususiyatlariga 
ko‘ra hududiy jihatdan tabaqalashgan bo‘lishi lozim, deb 
hisoblaydi. Tabiatdan foydala-nish muammolarini o‘rganish inson 
va tabiiy muhit orasidagi o‘zaro ta’sirini belgilaydigan tabiiy, 
iqtisodiy, sotsial va madaniy jarayonlar hisobga olingan holda 
insonparvarlik nazaridan olib borilishi lozim. Tabiatdan 
foydalanish nazariyasi asoslarini V.I.Vernadskiyning noosfera 
to‘g‘risidagi g‘oyalari negizida yaratish mumkin. Noosferaviy 
yondashuv tabiatdan foydalanish-ning nafaqat tabiiy va ekologik 
omillarinigina emas, balki tabiatdan foydalanishning o‘ziga xos 
xususiyatlarida namoyon bo‘ladigan tarixiy, etnik, siyosiy, 
madaniy, diniy xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. 
Noosfera konseptsiyasi (lot. 
conceptus
fikr, tasavvur) nuqtai-
nazaridan “tabiatdan oqilona foydalanish” tushunchasi tabiiy va 
ijtimoiy resurslaridan foydalanishning biosferaning asosiy 
funktsiyalarini (lot. 
functio
bajarish, vazifa) saqlab qolgan holda 
kompleksning barcha komponentlariga ta’sir ko‘rsatadi: litogen 
asos buziladi, yuzaning kuchli o‘zgarishi sodir bo‘ladi, suv balansi 
o‘zgaradi, tuproq – o‘simlik qoplami buziladi, tabiiy muhitni 
ifloslanishi sodir bo‘ladi. 
Antropogen 
landshaftlarni 
tasnif 
qilishda 
ko‘pgina 
tadqiqotchilar ularning o‘zgarish darajasini e’tiborga oladilar. 
Masalan, A.G. Isachenko (1991) inson faoliyatining landshaftlarga 
ta’siri va uning nazariy muammolari haqida fikr yuritar ekan, 
inson tomonidan o‘zgartirilgan landshaftlar tasnifi tabiiy 
landshaftlar tasnifiga bog‘liq bo‘lishini uqtiradi va tabiiy 
landshaftlarning turil xil tasniflariga tadbiq etish mumkin bo‘lgan 
hamda o‘zgartirilgan landshaftlarning sifat jihatdan anchagina 
yiriklashtirilgan birliklarini aks ettiruvchi tasnifini tavsiya etadi. 
Bu tasnifda landshaftlarning 4 ta asosiy guruhi ajratiladi: 
1) shartli o‘zgartirilgan (ibtidoiy) landshaftlar. Ular 
bevosita inson ta’siriga va xo‘jalikdagi faoliyatiga duchor 
bo‘lmagan landshaftlardir. Ularda inson faoliyatining kuchsiz va 
bilvosita ta’siri izlarinigina payqash mumkin; 
2) kuchsiz o‘zgartirilgan landshaftlar. Bular asosan inson 
faoliyatining (kotensiv) (ovchilik, baliqchilik) xili kabi ta’siriga 
duchor bo‘lgan landshaftlar. Bunday landshaftlarda inson faoliyati 
ayrim komponentlargagina ta’sir etib, tabiiy aloqadorliklar hali 
buzilmagan va avvalgi o‘z holatni tiklab olishi mumkin; 
3) buzilgan (kuchli o‘zgartirilgan) landshaftlar. Bu 
guruhdagi landshaftlar asosan inson faoliyatining jadal xili 
ta’sirida o‘zgargan landshaftlardir. Ularning ko‘p komponentlari 
o‘zgarib, landshaftlar tuzilmasining sezilarli darajada buzilishiga 
olib kelgan; 
4) madaniy landshaftlar. Tuzilmasi inson tomonidan 
jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan va ilmiy asoslangan holda oqilona 
o‘zgartirilgan landshaftlardir. 
I.M.Zabelin (1978) antropogen landshaftlarni ikkiga: 
tabiiy-antropogen va madaniy landshaftlarga ajratadi. Tabiiy 
antropogen landshaftlar bir marotaba inson ta’sirida hosil bo‘lib, 
keyinchalik o‘z holicha, tabiiy qonuniyatlar ta’sirida rivojlana 
boshlaydi. Ular vaqt o‘tgan sari asta–sekin o‘zining ilgarigi tabiiy 
holatiga qaytishi mumkin, ammo inson tomonidan bo‘ladigan 
qayta “turtkilar” bu jarayonni sekinlashtirishi yoki to‘xtatishi 
12 
113 


kishilarni hozirgi va kelgusi avlodlarining ma’naviy va moddiy 
ehtiyojlarin mumkin qadar ko‘proq ta’minlaydigan bilimlar va 
texnologik usullar tizimiga asoslangan eng tejamkor va samarali 
jarayonni anglatadi.
Shunday qilib, tabiatdan foydalanish majmuali ilmiy 
yo‘nalish sifatida 
tabiat va jamiyat orasidagi o‘zaro ta’sir 
natijalarini ochib beradi, tahlil qiladi va baholaydi, tabiatdan 
foydalanish hamda atrof tabiiy muhitning nazariy tamoyillarini 
ishlab chiqadi.
Tabiatdan foydalanishning 
asosiy maqsadi
atrof tabiiy 
muhitga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, kishilarning 
hayotiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida majmuali 
ta’sir o‘tkazishni amalga oshirishdan iborat. 
Tabiatdan oqilona foydalanish va optimallashtirishning 
umumiy nazariyasini ishlab chiqish fanlararo vazifa bo‘lib, uning 
yechimida ko‘pgina fanlar, jumladan fizika, kimyo, biologiya, 
meteorologiya, kirbernetika, geografiya va boshqa fanlar o‘z 
hissasini qo‘shadi.
Yuqorida bayon qilingan fikr - mulohazalarni umumlash-
tirgan holda tabiatdan foydalanishning ilmiy yo‘nalish (soha) 
sifatidagi vazifalari, ob’yekti va predmetini belgilash mumkin. 
Tabiatdan foydalanish tabiiy, texnikaviy va sotsial-ijtimoiy 
jihatlarlarni o‘z ichiga oladigan kompleks ilmiy yo‘nalish bo‘lib, 
tabiiy resurslardan jamiyat tomonidan oqilona foydalanishning 
umumiy tamoyillarini tadqiq qiladi. Bu ilmiy yo‘nalishning 
ob’yekti
bo‘lib, tabiiy resurslar, jamiyat hayotining tabiiy 
sharoitlari va uning sotsial iqtisodiy rivojlanishi hayotining tabiiy 
sharoitlari va uning sotsial iqtisodiy rivojlanishi orasidagi o‘zaro 
munosabatlar majmuasi xizmat qiladi; tabiatdan foydalanishning 
perdmetini
esa bu munosabatlarni optimallashtirish hayotiy 
muhitni asrash va qayta barpo qilish tashkil etadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, tabiatdan foydalanish tabiiy, 
ijtimoiy va texnikaviy fanlarning unsurlarini o‘z ichiga oladi va 
tashkiliy jihatdan bilimning fizika, geografiya va biologiya kabi 
mustaqil bo‘limi hisoblanadi. Ammo tabiatdan foydalanishning 
fanlar tizimida rasmiy o‘rni aniq belgilanishiga qadar uni tabiiy 
fanlarga 
kiritish 
maqsadga 
muvofiq, 
chunki 
tabiatdan 
foydalanishning nazariy asosi bo‘lib qolayotgan geografiya va 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish