Tabiatdan foydalanish – fanlararo integrativ ilmiy soha.
XX asrning 60-70 yillaridan boshlab tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
muhim sotsial - iqtisodiy muammolar yechimining ilmiy asoslarini
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan
tabiatdan foydalanish
ilmiy
yo‘nalish sifatida shakllana boshladi. “Tabiatdan foydalanish”
termini va tushunchasini ilk bor ilmiy iste’molga kiritgan
Y.A.Kurajkovskiy (1969) tabiatdan foydalanishning fan sifatidagi
vazifalari tabiatdan va uning resurslaridan bevosita foydalanish
bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyatning umumiy
tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat, deb belgilagan edi.
O‘tgan davrda tabiatdan foydalanish tabiiy resurslardan
foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish, hozirgi va
kelgusi avlodlarni moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish
uchun atrof muhitni ifloslanishi va buzilishidan asrash, tabiatni
o‘zgartirish kabi tabiat va jamiyat orasidagi o‘zaro ta’sirini
optimallashtirishni ta’minlaydigan amaliy tadbirlar majmuasi
sifatida qarab kelindi. Ayni paytda tabiatdan foydalanishga doir
bunday vazifalarni amalga oshirish maxsus, keng qamrovli va
teran
tadqiqotlarni
taqoza
etishi
va
tabiatdan
oqilona
foydalanishning nazariy asoslarini ishlab chiqish zaruriyati sababli
tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy fanlarning “chorrahasi”da integrativ
(lot.
integratio
tiklash, to‘ldirish) sajiyaga ega bo‘lgan ilmiy
yo‘nalish shakllana boshladi.
Majmuiy
fan
sifatida
shakllanayotgan
tabiatdan
mumkin.
Madaniy
landshaftlar
deganda
I.M.Zabelin
inson
tomonidan o‘zining amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun ataylab,
ongli ravishda barpo qilingan landshaftlarni tushunishni tavsiya
etadi. Madaniy landshaftlar tabiiy sharoiti bir xil bo‘lgan va ko‘p
yillar davomida xo‘jalikning biror tarmog‘ida foydalanilayotgan
hududdan iborat.
Ayrim tadqiqotchilar madaniy landshaftlarni antropogen
landshaftlarning sinonimi sifatida qaraydilar. Ammo bu fikrga
qo‘shilib bo‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, antrpogen
landshaft inson faoliyati tufayli o‘zgartirilgan bo‘lib, ularning
yuzaga kelishida tabiiy omillar bilan bir qatorda antropogen omil
ham faol ishtirok etadi. Inson tabiatdan foydalanish jarayonida
antropogen landshaftni vujudga keltiradi, ammo bu landshaft
hamma vaqtda ham xo‘jalik nuqtai – nazaridan samarali
bo‘lavermaydi. Antropogen landshaftga insonning kon – qazilma
faoliyati, o‘rmonlarning ko‘p va pala–partish kesilishi, cho‘lda
o‘simlik qoplamining yo‘q qilinishi va boshqalar oqibatida
buzilgan, unumsiz, ko‘rimsiz bo‘lib qolgan landshaftlar ham
kiradi. Shu sababli antropogen landshaftlarni uchta kichik guruhga
ajratish maqsadga muvofiq.
a) madaniy ladshaftlar – strukturaviy aloqalar doimiy
ravishda ison tomonidan melioratsiya, kultivatsiya, kimyolash-
tirish va boshqa tadbirlar orqali boshqarilib turiladigan
landshaftlar (ekinzorlar, bog‘lar va plantatsiyalar, madaniy
(ekilgan yaylovlar va b.)
b) sun‘iy landshaftlar (neolandshaftlar) – inson tomonidan
tabiiy asosda yaratilgan (aholi manzilgohlari, sanoat – transport
komplekslari, sug‘orish tizimlari, vohalar va boshqa landshaftlar)
va ancha kuchli darajada o‘zgartirilgan landshaftlar. Masalan,
yirik shaharlarning hududida tabiiy biotsenozlar deyardi batamom
yo‘qotiladi va ularning o‘rnini tabiiy landshaft uchun xos
bo‘lmagan yashil o‘simliklar egallaydi; bu yerda mezorelef ham
o‘zgaradi, sizot suvlarining rejimi batamom o‘zgacha tus oladi,
o‘ziga xos mikroiqlim vujudga keladi va b.
v) buzilgan (destruktiv yoki nomadaniy) landshaftlar
antropogen landshaftlarning bu kichik guruhiga mansub bo‘lgan
landshaftlar odatda hududning tabiiy resusrlaridan noto‘g‘ri
11
114
foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |