O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/196
Sana11.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#349669
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196
Bog'liq
ФУНА МАЖМУА 3-КУРС

metall  sharcha,  ikkinchi  uchida  posangi  bor. 

Ikkinchi 

metall  sharcha  shisha  tayoqchaga  qo`zg`almas  qilib  o`rnatilgan  har  ikkala  sharchaga 

tashqaridan  elektr  zaryadlari  berish  mumkin.  Sharchalar  bir  birlaridan  va  atrofdagi  jismlardan 

izolyatsiya  qilinganliklari  tufayli  ular  zaryadlarni  birmuncha  vaqt  uzlarida  tutib  tura  oladilar.  m  va  n 

sharchali  shayin  osib  quyilgan  ip  biriktirilgan  tarozi  kallagini  burab  o`zgartirish  mumkin.  m  va  n 

sharchalarga  zaryadlar  berilganda  ular  (zaryadlarning  ishorasiga  qarab)  ye  tortiladi,  yoki  itariladi, 

natijada  m  shayin  biror  burchakka  buriladi.  Tarozi  kallagini  burab  m  sharchani  dastlabki  vaziyatiga 

keltirish  mumkin:  bunda  ip  (sim)  ning  buralish  momenti  m  sharchaga  tasir  qiluvchi  elektr  kuch 

momentiga teng bo`ladi. Agar ip  avval darajalangan bo`lsa, kallakning burilish burchagiga ko`ra  kuch 

momenti bevosita aniqlash, shayin uzunligini bilgan xolda esa sharchalar orasidagi o`zaro tasir kuchini 

ham  aniqlash  mumkin.  Kulon  qonuni  quyidagi  mulohazalarga  asoslanib  chiqariladi.  Avvalo  tajribalar 

zaryadlar orasidagi o`zaro tasir kuchlari zaryadlarni tutashtiruvchi to`g`ri chiziq bo`ylab yo`nalganligini 

ko`rsatadi. Zaryadlar bir xil ishorali bo`lganda bu kuchlar aytilgandek, itarishish kuchlaridir. Zaryadlar 

turli ishorali bo`lganda bu tortish kuchlari bo`ladi. Biror doyimiy zaryadlar berilgan m va n sharchalar 

orasidagi  r  masofani  o`zlashtirish  bilan  o`zaro  tasir  kuchlari  r  masofaning  kvadratiga  teskari 

proparsional o`zgarishga tajribada ishonch xosil qilish mumkin.



 

Zaryadlarning  o`zaro  ta’sir  qonuni  elektrostatikaning  asosiy  qonunidir.  Zaryadlarning  o`zaro 

ta’siri  dastlab  butun  olam  tortishish  qonuni  bilan  rasmiy  o`xshashlik  asosida  tushuntirilardi.  Bunda 

elektr  kuchlar  ham,  butun  olam  tortishish  kuchlari  ham  oraliq  fazoning  hech  qanday  ishtirokisiz 

«Uzoqdan  ta’sirlashish»  dan  iborat  deb  olinardi.  Haqiqatda  esa  zaryadlar  atrof  fazoda  (tortishuvchi 

massalar  kabi)  qandaydir  fizik  o`zgarishlar  yuzaga  keltiradi,  bu  o`zgarishlarni  avvalo  tekshirilayotgan 

zaryadlardan  biror  masofa  joylashtirilgan  har  qanday  boshqa  zaryadga  kuchlar  ta’sir  qilishidan  bilish 

mumkin.  Bu  o`zgarishlarning  tabiatini  ko`rib  chiqishga  hozircha  kirishmasdan  turib,  biz  tinch  turgan 

zaryadlarni  o`rab  olgan  fazoda 

elektrstatik  maydon 

vujudga  keladi  deymiz.



  Elektrostatik  maydon 

materiyaning  maxsus  turidir:  u  or

q

ali  bir  elektrlangan  jismning  ta’siri  boshqa  jismlarga  uzatiladi. 

Maydonning  xossalari  maydonning  zaryadlarga  ta’sir  etuvchi  kuchlari  bo`ysinadigan  qonuniyatlar 

asosida o`rganiladi. 




Har  bir  zaryad  atrof  fazoda  elektrostatik  maydon  xosil  qilishini  yuqorida  ko`rsatib  o`tgan  edik. 

Maydon xususiyatlarini o`rganish uchun bu maydonga 



nu

q

taviy zaryadlarni 

joylashtirish va ularga ta’sir 

etuvchi  kuchlarni  kuzatish  kerak.  Bunda 



maydonga  kiritilgan  zaryadlar  shu  qadar  kichikki,  ular 

maydonni  xosil 

q

ilgan  zaryadlarning  kattaligini  ham,  joylashishini  ham  o`zgartirmaydi, 

deb  olinadi. 

Kulon qonunidan maydonning biror nuqtasiga joylashtirilgan q musbat zaryadga shu zaryad kattaligiga 

proporsional f kuch ta’sir etishi kelib chiqadi. Bu kuchning kattaligi va yo`nalishi maydonni xosil qilgan 

zaryadlarning kattaligi va joylashishi bilan belgilanadi. Kulon qonunidan yana shu narsa kelib chiqadiki, 

zaryadga ta’sir etuvchi f kuchning zaryad kattaligi q ga nisbatan zaryadning kattaligi q bog`liq bo`lmay, 

maydonnning  berilgan  nuqtasini  xarakterlaydi.  Shunday  qilib  maydonning  barcha  nuqtalari  uchun 

topilgan f/q nisbat maydonning muayyan obektiv xususiyatlarining fizik xarakteristikasini bildiradi. Bu 

nisbat elektrostatik maydon kuchlanganligi 

deb ataluvchi fizik kattalikni ifodalaydi YE bilan belgilanadi 




Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish