Uskuna va qurilmalarni ekspluatasiyaga topshirish
Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarining zichlovchi qurilmalari
jihozlariga yuqori talablar qо‗yiladi. Bunga sabab, ularning portlashga va
yong‗inga xavfli ishlab chiqarish, zaharli muhit, shuningdek, yuqori temperatura va
101
bosimlarda ishlashidir. Bularning hammasi yaxshilab montaj qilish va о‗z vaqtida
sifatli qilib zichlagich qismlarini ta‘mirlash zarurligidan darak beradi.
Zichlagichlarning vazifasi – agar uskunalar vakuum sharoitida ishlayotgan
bо‗lsa, uskuna ichiga havo kirgizmaslik, bosim ostida ishlayotgan uskunalardan
muhit sizib chiqmasligini ta‘minlashdir. Uskunalardan tо‗g‗ri chiziqli kiruvchi-
qaytaruvchi harakatni hosil qiladigan shtoklar (masalan, porshenli nasoslarda,
kompressorlarda, surilma qopqoqlarda) va о‗z о‗qi atrofida aylanadigan vallar
(masalan, markazdan qochma nasoslarda, aralashtirgichlarda, reaktorlarda)
uskunalardan chiqib turgan bо‗lsa, bu uchastkalarni zichlashga tо‗g‗ri keladi.
Zichlanish talab etiladigan uchastkalardagi shtoklar va vallar shliflangan yoki
yaltiratilgan, shuningdek zichlanish amalga oshirilayotgan qо‗zg‗almas detallar va
vtulkalarga nisbatan qat‘iy markazlashtirilgan bо‗lishi shart.
Salniklar oddiy zichlagich moslamalariga yumshoq tiqinli salniklar kiradi.
Elastik tiqinli salnikli vtulkada hamma zich tо‗lguncha siqish orqali zichlashga
erishiladi. Zichlashning sifati kuchi orqali aniqlanadi, ammo tiqinga solishtirma
bosim oshirilganda val va tiqin orasida ishqalanish kuchi ortadi. Buning natijasida
tiqin qizib ketadi va tez ishdan chiqadi (mо‗rt bо‗lib qoladi), bu esa val yoki
shtokning ishdan chiqishini tezlashtiradi.
Salnikni tortish uchun zarur bо‗lgan kuchni quyidagi formuladan topamiz:
4
2
2
d
D
p
k
P
(3.1)
bu yerda k=1,2-1,6 ga teng bо‗lgan koeffisiyent; p-salnikdan oldin
zichlanuvchi hajmdagi bosim; D-tiqinning tashqi diametri; d- val yoki shtok
diametri.
Agar val bilan tiqin oralig‗idagi tomchilayotgan suyuqlik ishqalanuvchi
yuzalarni 1 minutda 60 tomchi tezlik bilan moylasa, salnik ishi qoniqarli
hisoblanadi. Bundan tashqari ishqalanish kattaligi tiqin sifatiga, salnik uzunligiga
val yoki shtok о‗qi urushi mavjudligiga va chiziqli (aylanma) harakat tezligiga
bog‗liq.
102
Tiqin materiali sifatida kanon aylana yoki kvadrat kesim asbob prorizilenli
mato (kesim diametri yoki kvadrat tomonlari 4 dan 50mm gacha). Qoidaga kо‗ra,
tiqinlarni ularning chidamliligini oshiradigan va zichlagichlardagi ishqalanishlarini
kamaytiradigan maxsus tarkiblar bilan shimdiriladi (talk, grafitdan moylab va
texnik yog‗ bilan moylab va h.).
Muhit xususiyatlariga qarab, 40
o
S gacha temperaturada va yuqori bosimda,
rezinadan, charmdan yoki polivinilxloriddan, U-simon, shevronli, yoqasimon
manjetli zichlagichlar qо‗llaniladi. Montaj shakllari turli bо‗lgan monjetli
zichlagichlar, salnikli tiqinlarga qaraganda sezilarli darajada kam taranglik kuchi
talab etadi va valga ishqalanish ularda birmuncha kamroq.
Ishchi muhitning yuqori temperaturalarida va shtoklarning kichik harakat
tezligida metall va yarimmetall yumshoq antifriksion qotishmalardan (masalan,
60% qо‗rg‗oshin, 37% mis va 3% nikel tarkibli qotishma) grafit shimdirilgan
asbestli о‗zakdan yasalgan bо‗shlikka ega bо‗lgan halqali zichlagichlardan
foydalaniladi. Bu zichlagichlar yuqori bosimlarda ham yaxshi ishlaydi.
Salnik uzunligi (tiqin halqalari soni) bosimga, val va vtulka orasidagi
tirqishga bog‗liq. Kо‗pincha, tiqin uchastkasi uzunligi salnikli vtulka diametriga
teng deb olinadi, odatda halqalar soni 10 dan oshmaydi. Salnikni tortib bog‗lashda
har bir tiqin halqasiga tushayotgan bosimning bir xil bо‗lishiga erishishi shart. Aks
holda, о‗ta yuklatilgan kuchli bosim tushayotgan halqalar tez qizib ketadi va ishdan
chiqadi, bu esa zichlanishni jarayon davomida keyingi tortib bog‗lash yо‗li bilan
zichlanishni qayta tiklashda qiyinchilik tug‗diradi.
Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlari uskunalarining salnikli zichlagichlari
issiq, korrozion va zaharlovchi muhitda ishlaydi, shuning uchun zichlovchi
suyuqlikni uzatish uchun oraliq halqalar (fonarlar) о‗rnatiladi (3.12-rasm).
Zichlovchi suyuqlik oraliq halqa tashqi yuzasidagi ariqchaga hech qanday
tо‗siqlarsiz о‗tishi kerak. Shuning uchun, halqani salnikli karobka о‗qi bо‗ylab,
salnik karobkasi korpusidagi moy kelib tushuvchi kanallar ochiq bо‗lishi kerak.
О‗rnatishdan avval halqaning barcha radial kanallari tozalanadi va yuviladi.
103
Salnikni tо‗g‗ri montaj qilish va zichlovchi suyuqlikni uzatish shartlariga
rioya qilish ekspluatasiya vaqtida zichlagich qismlarini normal ishlashini
ta‘minlaydi. Zichlovchi suyuqlik toza va mexanik va korrozion aktiv
qо‗shimchalardan holi bо‗lishi kerak. О‗z hohishicha zichlovchi suyuqlikni
о‗zgartirib bо‗lmaydi. Zichlanuvchi muhit xususiyatlariga qarab bunday suyuqlik
sifatida suv, moy, konsistent moylash, kastor moyi va h. qо‗llaniladi.
Zichlovchi suyuqlik temperaturasi ruhsat etilgan chegaralardan oshmasligi
kerak; uning bosimi salnikdan oldingi zichlanuvchi muhit bosimidan 0,05-0,15
MPa ga ortiq bо‗lishi kerak.
Salnik qismlarni montaj qilishda sovutish bо‗shlig‗ini diqqat bilan kuzatish
lozim, ta‘mirlash vaqtida esa, ularni qurumlardan va chо‗kindilardan tozalash
uchun yuvamiz. Bu narsalar devor orqali issiqlik о‗tishini yomonlashtiradi.
Ekspluatasiya vaqtida sovutuvchi suyuqlik (suv) kelib tushushishini muntazam
ravishda kuzatib turish zarur.
Salniklar tiqinlari. Salniklarni, uskunalarning detallari butkul tekshirib
bо‗lingandan sо‗ng zichlanadi; val buralishga yoki shtok siljishi yengillashuviga
e‘tibor qaratish kerak. Tiqin kalavasidan bir bо‗lak kesib olib, uni halqaga о‗raladi
va val yoki shtok bо‗ylab yaxshilab yurgiziladi. Halqalarni qiyshiq qulf bilan
birlashtiriladi va hamma halqalarga bosim tarqalishini bir tekis ta‘minlash uchun
oxirigacha bosim, salnikka kirgiziladi. Buning uchun ajratgichli montajli bosuvchi
vtulkalar tо‗plami qо‗llaniladi. Tiqin halqalarini ishqalanishini kamaytirish uchun
avvaldan moyga botiriladi. Xalqalar bilan yonma-yon joylashgan qulflar bir-biriga
nisbatan 180
o
C ga siljishi kerak: bu qulf orqali suyuqlik chiqishini kamaytiradi.
Oxirgi halqa о‗rnatilgandan keyin va presslangandan keyin bosuvchi vtulka
(grundbuksani) bir tekis tortiladi. Ponalanishni oldini olish maqsadida bir vaqtning
о‗zida valni burash lozim.
Salnikni tortish vaqtida grundbuksaning val yoki shtokka nisbatan
qiyshayishini oldini olish kerak. Tortish oxirida grundbuksa bо‗shatiladi va yana
oxirigacha buraladi. (endi kо‗lda buraladi). Tortib qotirilgan vaqtida grundbuksa
salnikli korobka ichiga uning uzunligidan 0,1 dan kam bо‗lmagan chuqurlikda
104
kirishi kerak. Tortish darajasi qismni ishchi yuklama ostida qо‗yilganda qat‘iy
rostlanadi. Ekspluatasiya jarayonida salnikni vaqti-vaqti bilan tortib turiladi. Juda
katta miqdorda tortish salnikli tiqinning elastikligi yо‗qligi va uning haddan
tashqari ishdan chiqqanligidan darak beradi. Bunday tiqinlar butkul almashtirilishi
kerak.
Zichlovchi suyuqliklar bilan ishlaydigan salniklarga tortib bog‗lashda oraliq
halqa holatini diqqat bilan kuzatish lozim; u moy oqib keladigan teshiklarni
berkitib qо‗ymasligi kerak.
Salnik ishini tо‗g‗rilash davomiyligi tiqin materiali sifatiga yig‗ishi va tortib
bog‗lash tо‗g‗riligiga tiqin uchastkasidagi val yuzasi holati, val urishi bо‗lmasligiga
va umumiy vibrasiya bо‗lmasligiga bog‗liq. Odatda tiqin bilan birlashib turgan val
uchastkasiga, yuzasi shliflangan himoya gilzasi kiydiriladi. Ta‘mirlash vaqtida
valning hammasini emas, faqat shu gilzaning о‗zinigina almashtiriladi.
Toresli zichlagichlar. Yuqori temperaturalarda, gaz yoki boshqa portlashga
xavfli va zaharli muhitlarda ishlaydigan о‗ta yuklatilgan nasoslar vallarini,
shuningdek reaktiv va aralashtirgichlarning vallarini zichlash – ish vaqtida
mustahkam chidamli bо‗lishi bilan xarakterlanishi kerak. Bunday hollarda va oxirgi
vaqtda umuman tarkibida mexanik qо‗shimchalari bо‗lmagan suyuqliklarni
haydovchi barcha neft nasoslari uchun yakka va qо‗sh toresli zichlagichlar
qо‗llanilmokda.
Toresli zichlagichlarda val bilan birga aylanadigan ishqalanayotgan toresli
detallar yuzalari bilan (vtulkalar) zichlagich korpusi qо‗zg‗almas detali orasida
germetiklikka erishiladi. Bu detallar bir-biriga doimo siqilgan bо‗ladi, bu har qaysi
zichlagichning tegishli konstruksiyasida ta‘minlanadi.
3.13-rasmda yakka va qо‗sh toresli zichlagich konstruksiyalari kо‗rsatilgan.
Ularning farqi, yakka toresli zichlagichda bir juft zichlanuvchi yuza, qо‗sh toreslida
esa- ikki juft. Keltirilgan sxemalarda (ishqalanuvchi juft) aksial yо‗nalishda
qо‗zg‗almas
halqalari
zichlagich
qism
korpusida
о‗rnatilgan.
Ba‘zi
konstruksiyalarda ular zichlanayotgan valga о‗rnatilgan va u bilan birga aylanadi.;
105
bu holatda aksial yо‗nalishda halqa qо‗zg‗aluvchan hisoblanadi, bu halqa
zichlagich korpusiga о‗rnatilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |