a- trubalarni bir о‗qqa keltirish uchun (1-asos; 2-tayanch prizma; 3-siqish prizmasi; 4 - tirgovich; 5-
xomut; 6-vint); b- truba va flanesni sentrovka qilish uchun (1-flanes; 2-nazorat krestovinasi; 3-
Trubalar diskli yoki tokar stanoklarida kesiladi. Undan tashqari, mayatnikli arra
qirralariga maxsus stanoklarda pnevmo- yoki elektr jilvirlash mashinalarida mexanik
ishlov beriladi. Diametri 200mm gacha bо‗lgan trubalarni sovuq holatida truba bukish
stanoklarida, diametri 200mm dan katta bо‗lgan trubalarni issiq holatida bukiladi.
Bukish vaqtida deformasiya bо‗lmasligi uchun truba ichi quruq qum bilan tо‗ldiriladi.
498
Yig‗ish oldidan truba va detallar iflosliklardan tozalanadi va siqilgan havo bilan
puflab yuboriladi. Moyli detallar kamerada isitish yoki 100-120
o
S li mineral moyli
vannalarda tozalanadi, sо‗ng benzin yoki uayt-spirit bilan artiladi va undan keyin issiq
suv yoki yuvuvchi eritmalar bilan yuviladi.
Truba quvurlarini trassaga yetkizishdan avval, har 50-200m da kapron yoki
pо‗lat ingichka sim yordamida trassa gorizontal, tо‗g‗ri uchastkalari va truba vertikal
balandligi belgilanadi. Sо‗ng, qо‗zgalmas va harakatchan tayanchlar, armatura,
shahobchalar о‗rni aniqlanadi va belgilanadi. Shundan keyin, tayanch konstruksiyalar
о‗rnatishga kirishiladi va ularning tо‗g‗ri joylashganligi, ya‘ni sathi va vertikalligi
tekshiriladi. Truba quvurlarini montaj qilishda tal, truba yotqizish kranlari va yuk
kо‗taruvchi mexanizmlardan foydalaniladi. Sex ichidagi truba quvurlarining
payvandlash choklari nazorat uchun qulay bо‗lishi va tayanchlardan eng kamida 50mm
masofada bо‗lishi hisobga olinishi kerak. Bо‗ylama chok shunday о‗rnatilishi kerakki,
uni har doim kuzatish imkoni bо‗lishi kerak. Flanesli birikmalar bevosita tayanchlarga
yaqin joylashtirilishi kerak. Undan tashqari, truba quvurlari eshik va derazalarni yopib
qо‗ymasligi zarur. Eshik va derazalar ustida armatura, flanesli va rezbali birikmalar
о‗rnatilishi man etiladi.
Truba quvurlari devordan 50-100mm masofada, montaj qilishdan avval ularga
maxsus silindrik patronlar kiygizib, sо‗ng о‗rnatilishi kerak.
Truba quvurlari yig‗ma birliklari kо‗rinishida montaj qilinadi. Yig‗ma birikma
uzun truba, unga mahkamlangan armatura, kompensator va issiqlik qoplamali bо‗ladi.
Oxirgi paytda blokli (yirik blokli montaj texnologiyasi) usul keng kо‗lamda
qо‗llanilmokda. Bunda, uskunalarning bir nechtasi birlashtiruvchi truba bilan ulangan,
armatura, nazorat va boshqarish asboblari о‗rnatilgan, montaj uchun tayyor holatda
zavoddan olib kelinadi.
Montaj ishlari yakunlangandan sо‗ng, truba quvurining zichlanishi va
mustahkamligini tekshirish uchun gidravlik yoki pnevmatik sinovdan о‗tkaziladi.
Gidravlik sinov о‗tkazish mumkin bо‗lmagan hollarda (atrof muhit temperatura 0
o
S
dan past yoki maydonda suv bor bо‗lsa), pnevmatik sinov о‗tkaziladi. Sinov bosimida
truba quvuri 5 min. davomida ushlab turiladi, sо‗ng bosim miqdori ishchi bosimgacha
499
tushiriladi va payvand choklariga bolg‗a bilan urib, truba quvuri nazorat qilinadi.
Nazorat davrida aniqlangan kamchiliklar bо‗r yoki bо‗yoq bilan belgilanadi.
Kamchiliklarni bartaraf qilish, sistemada bosim tushirilgandan keyin amalga oshiriladi.
Agar sinov davrida bosim pasaymasa, hamda payvand choklari, flanesli birikma va
boshqa birlashgan joylardan suyuqlik oqmasa, zichlanish va mustahkamlik sinovlari
qoniqarli deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: