boshlanishida quduqdan qazib olinadigan mahsulotlarni yer ustidagi markaziy yig‗ish
punktlariga siquv-nasos stansiyasining yordamisiz tashish masalasi kо‗rib chiqiladi.
482
Amaliyotda neft mahsuloti yer ustiga olib chiqilgandan keyin qatlamdagi bosimga
nisbatan bosim pasayadi va bosimlar farqini о‗zgarishi sodir bо‗ladi hamda yо‗ldosh
gazlarni ajralib chiqishi hisobiga tashiladigan mahsulotning hajmi kengayadi va katta
diametrdagi quvur uzatmalarni qurish iqtisodiy jihatdan maqsadga tо‗g‗ri kelmaydi.
Bundan tashqari yer ustida bosim oshirilganda quduq jihozlarini ishiga va neft qazib
olishning kо‗rsatgichiga salbiy ta‘sir kо‗rsatadi. Shuning uchun SNSni (Siquv nasos
stansiyasi) qurish tejamkor hisoblanadi.
Tindirgichlardan ajralib chiqqan qatlam suvi shoxsimon nasos stansiyasiga
tozalashga uzatiladi. SNSlarni loyihalashtirish talablariga quyidagilar kiradi: bloklar
zavod sharoitida tayyorlanadi va yig‗iladi; hamma bloklarning gabarit о‗lchamlari
avtomobil yoki temir yо‗l transporti orqali tashish talablariga javob berishi kerak.
Blokli qurilmalar qо‗llanilganda tayorlash uchun xarajatlar kamayadi hamda
minimal vaqt oralig‗ida konlarda montaj qilinadi. SNS sining asosiy elementlariga
texnologik sig‗im, bufer sig‗imi va nasos bloklari kiradi. Siquv–nasos stansiyasining
texnologik sxemasida SDTQ (suvni daslabki tashlash qurilmasi) sini inshooti mavjud
bо‗ladi, chunki amaldagi nasoslar gazneft aralashmasini qayta haydab bera olmaydi,
qatlam suvlarini markaziy yig‗uv punktiga haydashning hech qanday iloji bо‗lmaydi.
Texnologik loyihalarni tasdiqlangan meyoriga muvofiq neft, gaz va suvni neft
konlaridan yig‗ishning umumiy hajmi SNSga tо‗planadigan suyuqlikning hajmini ikki
soatlik hisobiy meyoridan oshmasligi kerak. SNS sining ish unumdorligi 3000 m
3
miqdorida (125 m
3
/soat) belgilangan bо‗lib, texnologik sig‗imning hajmi quyidagicha
aniqlanadi. Bunday kо‗rsatgichga ega bо‗lgan SNS Kruk konida samarali
ishlatilmoqda.
V = 125x2 = 250 m
3
Nasos bloki MQQN -38-220 (markazdan qochma quduq nasosi), VAO-82-2
elektr dvigateli va texnologik armatura bog‗lanmasidan tashkil topgan. Nasos va elektr
dvigateli chana ramasiga qattiq mahkamlanadi. Nasos bloklari ikki turda bajariladi:
oltingugurtli neft uchun ochiq turda, normal neft uchun –yopiq turda.
483
Bundan tashqari SNS sining tarkibiga quyidagilar: neftni sifatini hisobga
oladigan tezkor tugun; 12NA-9x41 chо‗kma nasosli hajmi 25 m
3
li drenaj sig‗imi;
12NA-9x41 chо‗kma nasosli hajmi 50 m
3
ga ega bо‗lgan oqova drenaj sig‗imi;
shesternali nasos va dozirovka qiladigan nasos reagent xо‗jaligi; 10m
3
hajmdagi
deemulgator va korroziya ingibitorlarini saqlaydigan sig‗im; qatlam suvlarini
saqlaydigan –RVS-5000 m
3
.lik rezervuar; 200D/90 markali nasos va tozalash nasos
stansiyasi; neftni ushlab qoladigan MQQN-38-110 nasoslari; mash‘ala tizimi va gazni
tashlaydigan mash‘ala kiradi.
484
Хулоса
Kо‗targich-mexanik chig‗ir, traktorga, avtomobilga yoki ramaning о‗ziga
alohida montaj qilinadi. Birinchi holatda yuritma-chig‗irga tortish kuchi traktorning
dvigatelidan, avtomobilidan beriladi. Qolgan holatlarda esa mustaqil holatda ichki
yonuv dvigatelidan yoki elektr dvigatelidan beriladi. Keyingi yillarda qatlamdan qazib
olinadigan yо‗ldosh suvlarni konlarda neftni yig‗ish va tayyorlash tizimining
boshlang‗ich uchastkasida neftning tarkibidan ajratib olib oldindan tashlab yuborish
usullari keng qо‗llanilmoqda. Konlarda suvlanganlik oshib ketganda bu usulni qо‗llash
iqtisodiy va ekologik jihatdan samarali hisoblanadi. Bunda neft bilan qazib olinadigan
suvni va neftni tozalash va tayyorlash punktiga tashish uchun sarflanadigan xarajatlar
kamayadi hamda kon kommunikatsiya jihozlarini xizmat qilish muddatidan oldin
korroziyalanish tufayli ishdan chiqishning oldi olinadi. Amaliyotda neft mahsuloti yer
ustiga olib chiqilgandan keyin qatlamdagi bosimga nisbatan bosim pasayadi va
bosimlar farqini о‗zgarishi sodir bо‗ladi hamda yо‗ldosh gazlarni ajralib chiqishi
hisobiga tashiladigan mahsulotning hajmi kengayadi va katta diametrdagi quvur
uzatmalarni qurish iqtisodiy jihatdan maqsadga tо‗g‗ri kelmaydi. Bundan tashqari yer
ustida bosim oshirilganda quduq jihozlarini ishiga va neft qazib olishning
kо‗rsatgichiga salbiy ta‘sir kо‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: