O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

suyuqlik

havo

F

F

a

/



 

(normal sharoitda) taxminnan qatlam bosimiga teng (R = 10, 20 

MPa va katta a= 120, 160, 200 va undan katta). Yer ustida SFM ni va havoni kо‗chishi 

uchun  maxsus  aerator  qurilmasi  qо‗llaniladi-aerator  (quvurda  quvurni  teshilgan 

konstruksiyasi).  Teshilgan  quvurcha  orqali  kompressor  yordamida  belgilangan  havo 

haydaladi,  tashqi  quvurga  SFM  suvli  eritmasi  nasos  yordamida  2-3  l/sek  sarfda 

haydaladi.  Suyuqlikni  chiqarib  ketishni  samarali  metodi  quduqlarni  maxsus 

tadqiqotlash va texnik –iqtisodiy hisoblari bilan asoslanadi.  




 

386 


 

Suyuqlikni  qatlamga  yutilishi  uchun  quduq  2-4  soat  tо‗xtatiladi.  Quduq  ishga 

qо‗shilgandan  keyin  debit  oshadi,  lekin  quduqni  tо‗xtatib  qо‗yilgan  davridagi  gazni 

qazib olish debitining о‗rni hamma vaqt tо‗ldirilmaydi.  Hamma vaqt suyuqlik ustuni 

qatlamga ketmaydi, past bosimlarda gaz oqimini kirib kelishi tiklanmasligi mumkin va 

bu usul kam qо‗llaniladi. 

   

Past bosimli quduqlarni gaz yig‗ish tarmog‗ini tizimiga qо‗shishda suvni gazdan 



ajratish  uchun  aylanma  suvli  quduqlarni  ishlatishga  tо‗g‗ri  keladi  va  past  bosimli 

gazdan uzoq muddat foydalaniladi.  

  

Quduqni  atmosferaga  shamollatish  15-30  minut  davomida  amalga  oshiriladi. 



Quduq tubidagi  gazning  tezligi 3-6  m/sekga  teng  bо‗ladi. Bu  metod sodda  agar debit 

uzoq  muddatda  tiklanganda  (bir  necha  kun)  qо‗llaniladi.    Bu  usulning  kо‗pgina 

kamchiliklari  mavjud:  quduq  tubidan  suyuqlikni  tо‗liq  chiqmasligi,  qatlamga 

depressiyaning о‗sishi yangi porsiyadagi suvlarni kirib kelishga olib keladi, qatlamni 

buzilishi  qum  tiqinlarini  paydo  bо‗lishga,  atrof  muhitni  ifloslanishga  va  gazni 

yо‗qotilishga olib keladi. 

 

Quduqni  davriy  ravishda  63-76  mm.li  yoki  quduqqa  tushirilgan  maxsus  25-37 



mm.li  sifonli  quvurlar  orqali  shamollatish  uchta  usulda  olib  boriladi:  1)  qо‗lda  va 

avtomatik; 2)  yer  usti о‗rnatilgan  holda; 3)  quduq tubiga о‗rnatib.   Bu  usul  quduqda 

aniq balandlikdagi suyuqlik ustuni tо‗plangandan keyin amalga oshiriladi. 

 

Gaz quduqdan suyuqlik bilan birgalikda past  bosimli gazni yig‗ish kollektoriga 



tо‗planadi,  ajratgichlarda  suvdan  ajratiladi  va  siqib  haydashga  yoki  mash‘alaga 

yoqishga  beriladi.  Quduqning  ustida  о‗rnatilgan  avtomat  davriy  ravishda  ishchi 

chiziqni  klapaniga  ochiladi.  Avtomatga  komanda  quvur  orqasi  fazosi  va  ishchi 

chiziqda  bosimlar  farqi  belgilangan  bosimdan  oshib  ketganda  beriladi.  Bu  bosimlar 

farqining kattaligi NKQdagi  suyuqlik ustunining balandliga bog‗liq.  

Quduq tubiga о‗rnatilgan avtomatlar ham aniq suyuqlik ustuni balandligida ish 

tushadi.  NKQga  kirishiga  bir  klapan  о‗rnatiladi  yoki  NKQdan  pastki  uchastkaga  bir 

nechta  ishga  tushirish  gazlift  klapanlari  о‗rnatiladi.  Quduq  tubida  suyuqlik 

tо‗planganda gazsuyuqlik aralashmasini quduq ichi ajratishda foydalanish mumkin. Bu 

usulda  quduqning  stvolida  bosimning  gidravlik  yо‗qotilishi  va  yig‗ishga  sarfi  hamda 




 

387 


qatlam  suvlarini  utilizatsiya  qilish  sarfi  kamayadi.  Suyuqlikni  davriy  olib  chiqish 

quduqning tubiga SFM uzatishda amalga oshiriladi.  

Suvlar kо‗pik hosil qiluvchi moddalar va gazni borbotaji bilan kontaktlashganda 

suyuqliq  ustuni  orqali  kо‗pik  hosil  bо‗ladi.  Kо‗pikning  zichligi  amalda  suvning 

zichligidan  juda  kichik,  gazning  juda  kichik  tezligida  (0,2  -  0,5  m/s)  ham  kо‗pik 

shakllantiruvchi massalarni yerning usti qismiga olib chiqadi. 

Suvning  minerallashishi  3-4  g/l  bо‗lganda  3-5  %li  sulfonalning  suvli  eritmasi, 

yuqori  minerallashganda  (  15  -  20  g/l  gacha)  natriy  tuzi  sulfat  kislotasi  qо‗llaniladi. 

Suyuq SFM quduqqa davriy haydaladi, qattiq SFMdan («Don», «Ladoga», Trialon va 

boshqa kukunlar) 1,5-2 sm.li granulalardan tayyorlanadi yoki 60-80 sm.li sterjenlardan  

tayyorlanadi  va  quduq  tubiga  beriladi.  Quduqqa  kirib  keladigan  suvning  oqimi  200 

l/kun  bо‗lganda  4  g  SFMning  faol  moddalarini  1  l  suvga  qо‗shish  tavsiya  qilinadi, 

quduqlarga kirib keladigan oqim 10 t/kun bо‗lganda bu kattalik kamaytiriladi.  

Masalan,  Maykop  konida  ba‘zi  quduqlarga  300-400  l  sulfonol  yoki  ―Novost‖ 

kukuni  kiritilganda  quduqning  debitini  boshlang‗ich  kо‗rsatgichiga  nisbatan    1,5-2,5 

marta  oshirgan,    samaraning  davom  etishi  10-15  kun  davom  etgan.  Suyuqlikning 

tarkibida  kondensat  qatnashganda  SFMning  faolligini  10-30  %ga  kamaytirgan,  agar 

kondensat kо‗proq bо‗lganda suvga nisbatan kо‗pik hosil bо‗lmaydi. Bunday sharoitda 

maxsus SFM qо‗llaniladi.  uduq tubidan suyuqlikni tо‗xtovsiz olib chiqarish tomchili 

ikki  fazali  oqimni  ta‘minlovchi    gazning  aniq  tezliklarida  sodir  bо‗ladi.  Ma‘lumki 

bunday  shart    tezlik    5  m/sek,    tizmaning  diametri  63-76  mm,  quduqning  chuqurligi 

2500 m bо‗lganda ta‘minlanadi.  

Suyuqlikni  tо‗xtovsiz  chiqarish  quduqning  tubiga  qatlam  suvi  tо‗xtovsiz  kirib 

kelganda qо‗llaniladi. NKQ tizmasining diametri shunday tanlanadiki, quduq tubidan 

suyuqlikni  olib  chiqadigan  tezlikni  ta‘minlaydigan  bо‗ladi.  Kichik  diametrli  quvurga 

о‗tganda  gidravlik  qarshilik  oshadi.  Shuning  uchun  quvurni  kichik  diametriga  о‗tish 

ishqalanishga yо‗qotiladigan bosim qatlamga suyuqlik ustunini kо‗rsatadigan qarshilik 

bosimidan  kichik  bо‗lganda  samarali  bо‗ladi.  Quduq  tubidan  suyuqlikni  chiqarish 

uchun  quduq  tubiga  о‗rnatilgan  gazlift    tizimidan  samarali  foydalaniladi.  Gaz  quvur 

orqasi  fazosi  orqali,  suyuqlik  о‗rnatilgan  ishga  qо‗shishi  gazlift  va  quduq  tubi 




 

388 


klapanlari    orqali  NKQdan  kо‗tariladi.  Klapanga  NKQda  va  quvur  orqa  fazosida 

suyuqlik  ustunida  hosil  bо‗ladigan  prujinaning  siqish  va  bosimlar  farqini  kuchlari 

hamda  quvur  orqa  fazosidagi  bosim  (yuqorida)  kuchlari  ta‘sir  qiladi.  Quvur  orqa 

fazosidagi  suyuqlikni  hisobiy  sathida  ta‘sir  qiluvchi  kuchlarni  nisbati  shunday 

bо‗ladiki, klapan ochiladi va suyuqlik NKQga kirib keladi, keyin esa atmosferaga yoki 

ajratgichga  ochiladi.  Suyuqlikni  sathi  quvur  orqasi  sathigacha  pasaygandan  keyin 

kirish  klapani  yopiladi.  Suyuqlik  NKQning  ichida  belgilangan  kattalikkacha 

tо‗planishi  davom  etadi  qaysiki,    ishga  qо‗shish  gazlift  klapanlari  ishga  tushguncha. 

Quvur  orqa  fazosidan  oxirgi  gaz  NKQga  kirib  kelganda  suyuqlik  quduqning  usti 

qismiga  kо‗tariladi.  NKQda  suyuqlikning  sathi  pasaygandan  keyin  ishga  qо‗shish 

klapanlari  yopiladi  va  yana  qaytadan  quvur  orqasidan  suyuqlik  qо‗yilishi  hisobiga 

suyuqlik tо‗planishni boshlaydi.  

Gaz  va  gazkondensat  quduqlarida  ―uchuvchi  klapan‖  turidagi  plunjerli  lift 

qо‗llaniladi.  NKQning  pastki  qismida  quvurli  chegaralagich  о‗rnatiladi,  favvora 

armaturasiga –yuqori amartizator о‗rnatiladi. Plunjer favvora quvurlariga о‗rnatiladi va 

unga  yо‗naltiruvchi  kanal  va  ―silindr‖  xizmat  qiladi,  plunjerni  о‗zi  ―porshen 

vazifasini‖  bajaradi.  Plunjerni  ishlab  chiqarish  amaliyotida  optimal  kо‗tarilish  tezligi 

(1-3 m/s) va plujerni tushish (2 - 5 m/s) tezligi о‗rnatilgan. Boshmoqda gazning tezligi 

2 m/sek dan katta bо‗lganda tо‗xtovsiz harakatlanadigan plunjerli lift qо‗llaniladi. 

Quduqning  chuqurligi  2500  m.gacha  bо‗lganda  past  qatlam  bosimida  quduq 

nasos qurilmalari qо‗llaniladi. Bunday sharoitda suyuqlikni chiqarish gazning tezligiga 

bog‗liq  bо‗lmaydi  va  uyumni  ishlatishni  eng  oxirigacha  quduq  usti  bosimi  0,2-0,4 

MPa.gacha  amalga  oshiriladi.  Quduq  nasoslarning  qurilmasi  quduqdagi  suyuqlikni 

chiqarishda  boshqa  usullarni  qо‗llash  umuman  mumkin  bо‗lmaganda  yoki  ularni 

samaradorligi keskin pasayganda qо‗llaniladi.  

Quduq nasoslarning qurilmasi NKQga о‗rnatiladi, gaz quvur orqa fazosi orqali 

olinadi.  Gazni  nasosning  qabuliga  kirib  kelishini  tо‗xtatish  uchun  u  bufer  suyuqligi 

sathini  ostiga  yoki  quduq  tubidagi  klapanning  ustiga  о‗rnatiladi,  NKQ  orqali  faqat 

suyuqlik о‗tkaziladi.  

 



 

389 


Xulosa 

Gaz  quduqlarining  konstruksiyasi  asoslangan,  gazning  fizik  xossalari 

tо‗g‗risidagi ma‘lumotlar, gaz quduqlarining yer usti jihozlari mustahkamlash quvurlar 

birikmasining  yuqori  uchini  va  favvora  quvurlarini  biriktirish,  quvurlar  oralig‗idagi 

fazosini  va  jihoz  detallarining    birikish  oraliqlarini  germetiklash,  quduqni  ishlatishni 

texnologik rejimini boshqarishni va nazorat bo‗yicha tadbirlarni amalga oshirish kabi 

ma‘lumotlar,  yuqori  debitli  quduqlarni  yer  usti  jihozlaridagi  qiyinchilar  tо‗g‗risidagi 

ma‘lumotlar  izohlangan,  gaz  quduqlarida  qо‗llaniladigan  NKQlarning  diametrini 

aniqlash  bо‗yicha  tushunchalar  bayon  qilingan.  Quduqqa  suyuqlikni  kirib  kelishini 

oldini olishda quduq tubidan gazni olish sharoitini ushlab turish uchun qatlamda quduq 

tubi  zonasida  suvni    va  suyuq  uglevodorodlarni  kondensatsiyalanishiga,  tub  suvlarni 

konussimon  yoki  quduqqa  chetki  suvlarni  til  kо‗rinishida    yorib  kirishiga  yо‗l 

qо‗yilmaydi.  Bundan  tashqari  quduqqa  chetki    va  qatlam  suvlarini  kirib  kelishi 

izolyatsiya qilinadi.  

Quduqning  tubidagi  suyuqlik  tо‗xtovsiz  yoki  davriy  ravishda  chiqarilib  turiladi. 

Quduqlardan suyuqliklarni tо‗xtovsiz chiqarish uchun uni yuqori tezlikda ishlatish, yer 

usti  ajratgichlariga  quduq  tubidan  suyuqlikni  chiqishini  ta‘minlash,  suyuqlikni 

quduqqa  tushirilgan  sifonli  yoki  favvora  quvurlarni  gazlift  yordamida  ishlatish  orqali 

olish,  plunjerli  lift  yoki  quduq  nasoslari  yordamida  ishlatish  yordamida  yer  ustiga 

chiqariladi.  Gaz  quduqdan  suyuqlik  bilan  birgalikda  past  bosimli  gazni  yig‗ish 

kollektoriga  tо‗planadi,  ajratgichlarda  suvdan  ajratiladi  va  siqib  haydashga  yoki 

mash‘alaga  yoqishga  beriladi.  Quduqning  ustida  о‗rnatilgan  avtomat  davriy  ravishda 

ishchi chiziqni klapaniga ochiladi.  Avtomatga komanda quvur orqasi  fazosi  va  ishchi 

chiziqda  bosimlar  farqi  belgilangan  bosimdan  oshib  ketganda  beriladi.  Bu  bosimlar 

farqining kattaligi NKQdagi  suyuqlik ustunining balandliga bog‗liq.  


Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish