ta‘sirida yorish ishlari yotadi. Bunda yoriqlar poroxli zaryadni yonishi ta‘sirida paydo
bо‗ladi va yonuvchi poroxning tasnifi (harorat, bosim va gazning yonish hajmi)
yonish vaqti bilan bog‗liqdir. Eksperimental ma‘lumotlar asosida poroxning sekin
yonishi natijasida quduqning tubi zonasida harorat kо‗tariladi, katta miqdordagi
gazsimon yonish mahsulotlari va ularning kimyoviy faolligi (ayniqsa karbonatli)
kо‗tarilishi mumkin va QTZsiga mexanik ta‘sir kо‗rsatadi hamda yangi yoriqlarni
hosil qiladi va oldindan mavjud bо‗lganlarni esa kengaytiradi. Bunday qatlamga ta‘sir
qilish gidravlik yorishga о‗xshashdir va birinchi sohada ochilgan yoriqlar
issiqlik ajralib chiqadi. Agar 200 kg zaryad yonganda quduqning tubidagi harorat 700
C.ga kо‗tariladi. Buning natijasida quduq suyuqligi qiziydi, yuqori bosimning ta‘sirida
) neftda eriydi, uning zichligini va qovushqoqligini pasaytiradi hamda suv bilan
tog‗ jinsining chegarasidagi sirt tortishuv kuchlarini kamaytiradi. Xlorli vodorod suvli
muhitda tuz kislotasini hosil qiladi va uning konsentratsiyasi suvning miqdoriga va
gazsimon mahsulotlarning yonishiga bog‗liq bо‗ladi va 5 %gacha etishi mumkin. Tuz
317
kislotasi karbonat kollektorlariga ta‘sir qiladi va QTZsining о‗tkazuvchanligini
kuchaytiradi.
Shunday qilib, TGKTQ kompleks hisoblanadi: QTZsiga gaz gidrodinamik,
issiqlik va kimyoviy ta‘sir etadi. Bunda yangi yoriqlar paydo bо‗ladi va QTZsidagi
mavjud yoriqlarni kengaytiradi; quduqlarni ishlatish davrida paydo bо‗lgan asfal‘ten-
smola-parafin yotqiziqlarini yuqori harorat ta‘sirida eritadi; neftning fizik-kimyoviy
xossalarini xoxlagan yо‗nalishda yaxshilaydi va kollektorlarga kimyoviy ta‘sir qiladi.
TGKTQni samaradorligini oshirish maqsadida quduqqa aniq hajmdagi kislota
bostiriladi (tuzli, sulfat aminli va b.q) ya‘ni TGKTQ kislotali muhitda olib boriladi.
TGKTQ uchun quduqqa tushiriladigan bronlangan elektr kabelli chuqurlik apparatlari
ishlangan.: masalan, ADS-5 va ADS-6 (quduqning bosimli akkumulyatori; ADS-5-
qizdirish uchun QTZsini va ADS-6–qatlamni gidravlik yorish uchun). Bunday
apparatlarda poroxni yonishini inisirovka qilish elektr tokida qizdirilgan qizdirgichli
simli spiral yordamida amalga oshiriladi.
ADS-5ni ADS-6 dan farqi poroxli zaryadni sirt yonish yuzasi bilan farq qiladi.
U yoki boshqa turdagi bosim akkumulyatorlarini tanlash QTZsini ishlash xarakteriga,
yonuvchi elementlarning miqdoriga - QTZsining geologik-fizik tasniflariga bog‗liq
bо‗ladi. ADS-5 apparatida yonish poroxning yuqori uchidan boshlanadi. Elektr
alangalatgich bilan ta‘minlangan birinchi element yonib bо‗lgandan keyin yondirish
maxsus kanal orqali pastda joylashgan elementlarga uzatiladi va hokazo davom etadi.
Bunda quduq tubidagi bosim sekinlik bilan kо‗tariladi, atrofdagi suyuqlikning harorati
katta qiymatga erishadi va elementlarning soniga bog‗liq bо‗ladi.
Hozirgi vaqtda ADS apparatining о‗rniga poroxli generator bosimli korpussiz
PGD-BK dan foydalaniladi (10.3-rasm). PGD-BK apparati quyidagi elementlardan
tashkil topgan: uchidagi kabel-boshchasi (2), kabel (1) bilan biriktiruvchi rez‘bali
mufta (6) orqali ulanadi. Biriktiruvchi quvurchaning yuqori qismiga (7) ichki zaryad
о‗rnatilgan (3) va elektrik alangalatgich (4) va elektr kabeli bilan (1) ulanadi.
Ulanuvchi quvurchaning (7) atrofiga poroxli qoplamali (5) element joylashtirilgan.
Operatsiyalar tugallangandan keyin kabelda kabelning uchlik-boshchasi (2) ,
318
biriktiruvchi trubka (7) mufta bilan birgalikda qoladi. Qolgan hamma elementlar yonib
ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: