9.3-rasm. Dinamik rejimda kо„chma kompressordan foydalanib kislotali ishlov berishni ketma-
ket amalga oshirish:
a – quduqda yer osti jihozlarining joylashishi va quduqdagi suyuqlik bilan kislotali eritmaning
aralashishi;
b – qatlamga kislotali eritmani haydash;
v – sharikli ajratgichni tushirish havo bilan quyidagi suyuqlikni halqa orqalig‗iga siqish;
g – hosil qilingan depressiya hisobiga kislotali eritmani qatlamdan oqib chiqishi;
d – qatlamga haydovchi suyuqlik bilan kislotali eritmani haydash;
1-NKQ; 2-klapan korpusi; 3-paker; 4-sharikli ajratgich.
Quduqdagi NKQga (1) oqim nasosi (2) tushiriladi hamda paker (3) va xvostik
(4) eritma bilan tо‗ldiriladi, uning uzunligi 1’1.5 m
3
hajmiga ega. Xvostikning uchi
ishlanadigan qatlamning qarshisiga о‗rnatiladi. NKQ –tuzli kislotaning ingibirlangan
eritmasi bilan tо‗ldiriladi (9.3-rasm, a), bunda quduqdagi suyuqlik quvur orqa oralig‗i
halqasiga bosim bilan siqib chiqariladi. Undan keyin paker yordamida quvur orqa
halqasi ajratiladi va sementlash agregatlari SA–320 yoki AN–700 bilan kuchaytirilgan
tezlikda hisobiy miqdordagi suyuqlik qatlamga haydaladi. NKQ orqali kislota eritmasi
chuchuk yoki minerallashgan suv haydaladi, (7.3-rasm, b) undan keyin NKQ orqali
qirg‗ichli pо‗lat simda sharli klapan (5) tushiriladi. Oqim nasosida sharikli
konstruksiyadan foydalaniladi. Nasos jamlanma bilan birgalikda tushiriladi yoki nasos
tushirilgandan keyin NKQ tashlanadi. Sharikli klapan borib klapanning egariga о‗tiradi
va markaziy kanalni yopadi.Uning о‗zidan sementlash agregati bilan berilgan bosimda
285
NKQ orqali oqim quvurning orqa halqasidan suyuqlik haydaladi. Bunda quduq tubi
zonasida qatlamda depressiya hosil qilinadi. Tuz kislotali eritma bilan reaksiya
mahsulotlari qatlamdan chiqadi va xvostikni qisman tо‗ldiradi. Bundan keyin sharli
klapan ozroq kо‗tariladi va aniq vaqtdan keyin (5’10 daqiqa) xvostikdan hisobiy
hajmdagi kislota eritmasi qatlamga haydaladi. Bunday holatda quvur orqa halqasi
zulfin yordamida bekitiladi
Yuqorida ifodalangan texnologiya bо‗yicha sikl bir necha marta takroriy amalga
oshiriladi. Har bir navbatdagi siklda qatlamdan keladigan suyuqlikning hajmi
kо‗paytiriladi. Qatlamga qaytuvchi suyuqlikning hajmi kamaytiriladi. Quduq tо‗liq
о‗zlashtirilguncha jarayon davom ettiriladi.
Qatlamga dinamik rejimda kislotali ishlov berish harakatlanuvchi kompressor
(UKP – 80 yoki KS – 100 ) va maxsus klapan yordamida amalga oshiriladi. Dinamik
rejimda kislotali ishlov berishni kо‗chma kompressor yordamida amalga oshirish
sxemasi 9.3–rasmda tasvirlangan.
Oqimli nasosdan foydalanib, qatlamga kislotali ishlov berish ketma-ketligi ham
yuqoridagi kabi о‗tkaziladi. Dinamik rejimda kislotali ishlov berish, karbonat
kollektorlari murakkab joylashgan qatlamlarda keng qо‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |