O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov


-rasm.  Gidravlik porshenli nasos



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

8.10-rasm.  Gidravlik porshenli nasos 

qurilmasining sxemasi: 

1-suyuqlikni tindiruvchi idish; 2-kuch beruvchi 

nasos; 3-kо‗targich; 4 va 5 nasos kompressor 

quvurlar; 6-gidravlik dvigatel va nasos; 7-konus

 

8.11-rasm.  Zolotnik bilan ikki harakatli 

gidroporshenli nasosning tartibli sxemasi: 

1-NKQ; 2-otma chiziq; 3-porshen; 4-porshen 

(plunjer); 5-haydovchi; 6-suruvchi; 7-fylanma 

suvli kanal.

 

 

  



 

Ishchi  suyuqlikka  bosim  ta‘sir  qilganda  dvigatel  porshenini  (3)  pastga 

harakatlanishni  tugallaydi.  Suyuqlik  porshenning  tagidan  zolotnik  orqali  otma  quvur 

uzatmasiga  (2-  halqa  fazosiga)  chiqadi.  Pastga  yurishning  oxirida  tо‗rt  yurishla  kran 

(zolotnik)  avtomatik  ravishda  90°  ga  buriladi  va  uning  kanallari  6.11-rasmda 

kо‗rsatilgan  uzlukli  holatni  egallaydi.    Quvur  uzatmadagi  (1-NKQ)  ishchi  suyuqlik 

zolotnikning yangi holatini hisobiga dvigatel D silindrining pastki bо‗shlig‗iga kirishga 

ruxsat  oladi,  silindrning  yuqori  bо‗shlig‗idagi  qayta  ishlanib  bо‗lgan  suyuqlik  otma 

chiziqqa (2) tushadi. Pastki bо‗shliqqa tо‗plangan ishchi suyuqlikning bosimi ta‘sirida 

porshen (3) yuqoriga yurishni tugallaydi. Yuqoriga yurishning oxirida dvigatel shtoki 

bilan  bog‗langan  zolotnik  yana  qaytadan  90°ga  teskari  tomonga  buriladi  va  uning 

kanallari  yangidan  birinchi  holatni  egallaydi.  Buning  natijasida  dvigatelning  yuqori 

bо‗shlig‗iga  ishchi  suyuqlikni  kirib  kelishi  ta‘minlanadi  va  yurish  pastga  tomon 

bо‗ladi. 

 



 

263 


Porshen  dvigatelining  siljish  tezligi  va  uning  yurishlar  soni  ishchi  suyuqlikni 

haydash  tezligiga  bog‗liq  bо‗ladi.  Suyuqlik  kichik  tezlikda  haydalganda  dvigatel 

porshenining yurishlar soni kichik bо‗ladi va teskarisi. Bunda yurishlar soni chegarasiz 

oshishi  mumkin  emas.  Agregatning  porshenli  guruhlarini  inersiyasi,  zolotnik  va 

kanallardagi suyuqlik yurishlarni bir martaligi bilan limitlanadi va odatda ular 100 dan 

katta emas. 

Dvigatel shtoki quduq nasosining N (4) porsheni blan qattiq bog‗langan hamda 

ilgarilanma-qaytma harakatni  amalga oshiradi. Nasosning silindriga ikkala tomonidan 

bittadan  haydovchi  (5)  va  suruvchi  klapan  (6)  о‗rnatilgan.  Porshen  (4)  pastga 

harakatlanganda nasos botirilgan chuqurlikdagi bosimi ta‘sirida qatlam suyuqligi nasos 

silindrining  yuqori  bо‗shlig‗iga  kirib  keladi  va  aylanma  kanal  (7)  orqali  yuqoridagi 

suruvchi klapanga (6) о‗tadi. Qatlam suyuqligi silindrning pastki bо‗shlig‗idan porshen 

(4)  pastga  harakatlanganda  pastki  haydovchi  (5)  klapan  orqali  quvur  uzatmaga  (2) 

(halqa  fazosiga)  siqiladi,  u  yerda  qayta  ishlangan  ishchi  suyuqlik  bilan  aralashadi. 

Porshen (4) yuqoriga yurganda porshen tagidagi bо‗shliqda  pastki suruvchi klapan (6) 

orqali  qatlam  suyuqligining  surilishi  sodir  bо‗ladi,  porshen  ustidagi  bо‗shliqda 

yuqoridagi  haydovchi  klapan  (5)  orqali  qatlam  suyuqligi  quvur  uzatmasiga  (2)  ya‘ni 

halqa fazosiga haydaladi. 

Zolotnik  konstruktiv  fasonli  vtulka  kо‗rinishda  yasalgan  va  dvigatel  shtokiga 

о‗tiradi, о‗zining silindrida keltiruvchi va olib ketuvchi kanallar orqali siljishi mumkin. 

Dvigatel shtokining pastki va yuqori qismlarida qisqa oraliq-kanallari mavjud, u orqali 

ishchi  suyuqlik  silindr  zolotnikga  tushadi  va  dvigatel  silindri  bо‗shlig‗ini  quvur 

uzatmalar  (1  va  2)  bilan  tutashtirish  uchun  fasonli  vtulkada  aralashadi.  Nasosning 

uzatishini ikki karrali harakati tufayli birlamchi harakatli plunjer nasosning uzatishiga 

nisbatan ikki marta kо‗p uzatadi. 

GPNning  bir  tomonlama  harakatlanuvchi  yoki  differensial  turlari  mavjud, 

qatlam suvini nasos yordamida uzatish faqat yuqoriga harakat tufayli amalga oshiriladi 

(4.12-rasm).  Ishchi  suyuqlik  dvigatel  porsheni  tagidagi  bо‗shliqqa  kanal  (6)  orqali 

uzatiladi,  keyin  esa  yopiladigan  boshqaruv  klapani  (5)  va  porshendagi  maxsus  kanal 

(7) orqali porshen ustidagi (4) bо‗shliqqa tushadi (8.12-rasm, a). 




 

264 


Porshenning  yuqori    (4)  qismidagi  yuzasi  pastki  qismidagi  yuzasiga  nisbatan 

shtok  kattaligi  birligiga  teng  katta  bо‗ladi.  Shuning  uchun  ta‘sir  etuvchi  kuch  pastga 

nisbatan yuqorida katta bо‗lganligi uchun dvigatel porsheni (4) pastga harakatlanadi. U 

bilan  birgalikda  nasos  silindridagi  (1)  plunjer  pastga  siljiydi.  Plunjerdagi  haydovchi 

klapan (2) ochiladi. Eng oxirgi holatida dvigatel porshenining boshqaruvchi klapan (5) 

ochilib-yopiladi va kanal (7) yopiladi (8.12.-rasm, b).  

Dvigatelning  yuqori  bо‗shlig‗i  kanalning  (8)  va  shtok  tanasidagi  ichki  qismini 

parmalash  orqali nasosning  plunjeri  ustidagi  fazo  va nasos  quvurlaridagi  (9)  aylanma 

kanal  bо‗yicha  tutashadi.  Dvigatel  porsheni  tagidagi  bosim  porshen  yuqori  tomonga 

harakatlanmaguncha  о‗sadi.  Porshen  yuqoriga  harakatlanganda  suruvchi  klapan  (3) 

ochiladi  va  nasosning  silindri  qatlam  suyuqligiga  tо‗ladi.  Porshenning  eng  oxirgi 

holatida mexanik harakatlanuvchi boshqaruvchi klapan yangidan kanalni (7) ochadi va 

kanalni (8) yopadi. Yurish pastga tomon yо‗naladi.   

GPNning  birlik  harakatining  ishida  yer  usti  qismida  ishchi  suyuqlikning 

bosimini  kuchli  pulsatsiyasi  kuzatiladi.  О‗zi  yozuvchi  manometr  yordamida  ishchi 

suyuqlikning  bosimi  о‗lchanadi  va  GPNning  ishini  diagrammasi  olinadi.  Xuddi 

shunday amerika firmasi ―Koub‖ning gidroporshenli nasosi  ―Gidrolift‖ deyiladi. U 50 

dan 137 mm.gacha nominal о‗lchamda, yurish uzunligi 1,53 m, haydash unumdorligi 

24 dan 2400 m

3

/kun.gacha. 



GPN  larda  ishchi  suyuqliklarni  haydash  NKQlar  birikmasi  orqali  amalga 

oshiriladi  va  uning  uchi  qismiga  GPN  agregati  joylashtiriladi.  Ishlangan  ishchi 

suyuqliklarni  hamda  nasos  yordamida  haydalgan  qatlam  suyuqliklarini  yer  ustiga 

chiqarish  uchun  birinchi  va  ikkinchi  qatordagi  NKQlarning  oralig‗idagi  halqali  fazo 

xizmat  qiladi.  Shunday  qilib  GPNlarni  ishini  ta‘minlash  uchun  ikki  qatorli  quvurlar 

tushiriladi  va  ikkita  kanal  hosil  qilinadi.    GPNlarni  ishlatishda  uchta  kanalli  tizimlari 

mavjud,  ishchi  suyuqlik  kichik  diametrli  NKQlari  orqali  beriladi  va  qatlam  suviga 

aralashmasdan ishlangan suyuqlik birinchi va ikkinchi qatorli NKQlarning oralig‗idagi 

halqa  fazosi  orqali  yerning  ustiga  kо‗tariladi.  Qatlam  suyuqligi  yerning  usti  qismiga 

ikkinchi va uchinchi qatordagi NKQning oralig‗idagi uchinchi kanal orqali kо‗tariladi. 

Kо‗rinib  turibdiki,  bunday  sxema  uch  qatorli  NKQlari  yordamida  ishlatiladi.  Eng 



 

265 


oxirgi  holatda  qatlam  suyuqligini  yer  ustiga  kо‗tarilishida  ikkinchi  qator-NKQning 

tashqi qatori va mustahkamlash kolonnasining oralig‗idagi halqa fazosi xizmat qiladi. 

Uch  kanalli  sxemaning ikki kanalli  sxemaga  nisbatan  yutug‗i  ishchi suyuqlik  qatlam 

suvlariga aralashmaydi, u qaytadan  tayyorlanmaydi va regeneratsiya qilinmaydi. Uch 

kanalli  sxemada  ajratish  qurilmalari  va  ishchi  suyuqlikni  tayyorlash  yerning  ustida 

sodda  sxemada  olib  boriladi.  Uch  kanalli  sxemaning  kamchiligi  yopiq  tizimdagi 

qurilmaga kо‗p metall sarflanadi va quduq jihozlarining narxi qimmat turadi. GPNlarni 

quduqqa tushirish va о‗rnatish ikki yо‗l orqali amalga oshiriladi: GPNni tushirish va 

NKQga  osish,  GPNni  tushirish  va  uni  ishchi  joyiga  о‗tqazish  uchun  NKQ  orqali 

suyuqlik bosim ostida (GPNni erkin holda tushirish deyiladi)   haydaladi. 

8.13-rasm,  a  va  b  da  GPNni  quduqqa  о‗rnatish  sxemalari  keltirilgan.  Kichik 

diametrli  NKQga  (1)  (ikkinchi  qatordagi  quvurlar)  GPN  (4)  osiladi,  uning  pastki 

qismida zichlovchi element (7) mavjud va katta diametrdagi birinchi qatordagi NKQga 

(2)  burab mahkamlangan konussimon о‗tirgichga о‗tqaziladi (8.13-rasm, a).   

 

 


Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish