O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

8.5- rasm.  Markazdan qochma elektr 

(MQEN) nasos qurilmasi: 

1- elektr dvigatel; 2- protektor; 3- markazdan 

qochma nasos; 4- kabel; 5- quduq usti 

armaturasi; 6- transformator; 7- boshqaruv 

stansiyasi 

8.6- rasm. Botma elektr dvigatel: 

1-qopqoq; 2-boshcha; 3-tovon; 4-podpyatnik; 5-

tiqin; 6-stator о‗rami; 7-vtulka; 8-rotor; 9-stator; 

10-magnit; 11-filtr; 12-kolodka; 13-kabelning 

oxirgi uchi; 14-halqa; 15 – zichlovchi halqa; 16 - 

korpus; 17,18 - tiqin. 

 

 

О‗qli yuklamani (asosan rotorni og‗irligi) yuqoridagi radial  tayanch podshipnik 



(8) qabul  qiladi.  Dvigatelning statori navbatlashadigan magnitli (4) va nomagnitli (5) 

paketlardan    tashkil  topgan  bо‗ladi,  magnitli  paketlar  pо‗lat  quvurga  (6)  yig‗ilgan;  

dvigatel  rotor  seksiyasining  qarshisiga  joylashtiriladi.  Nomagnitli  paketlar  oraliq 

podshipniklarning qarshisiga  joylashtiriladi.   

Statordagi  hamma  paketlar,  korpus  bilan  shtangali  birikmalar    yordamida  

bog‗langan  bо‗ladi, u orqali statorning  reaktiv burovchi momentini korpusga uzatadi.   

Statorning  о‗rami  (7)  hamma  seksiyalar  uchun  umumiy  bо‗ladi,  misli  qoplama 

qilingan sterjenlardan tayyorlangan va statorning ariqchasiga joylashtiriladi.  




 

255 


  

О‗ramlar qoplamasi oynali materiallardan tayyorlangan, maxsus lak shimitiladi, 

issiqlik va yog‗ga chidamli hisoblanadi. Statordan chiqarilgan о‗ramning uchi kabelga 

maxsus germetik shtamp shlipsli mufta orqali  ulanadi.   

Dvigatelning  valida  6-8  mm.li  diametrdagi  bо‗ylama  teshiklar  bо‗ladi,  u 

teshiklar  orqali dvigatelga tо‗ldirilgan yog‗ sirkulyatsiya bо‗ladi.   

Shu maqsadda stator paketining devorida ham bо‗ylama  ariqchalar  yо‗niladi.  

Yog‗  statorning  korpusidagi  ariqlar  orqali  sirkulyatsiya  bо‗ladi  va  dvigatelning  ostki  

qismidagi  filtrda  tozalanadi.  Dvigatel  yuqori  elektrga  qarshi  mustahkam  maxsus  kam 

qavushqoqli  yog‗  yoki  quruq  toza  transformator  yog‗i  bilan  tо‗ldiriladi.  MQENQ 

(markazdan  qochma  elektr  nasos  qurilmasini)ni  asinxronli  botma  elektrdvigatel  bilan 

ishlatishda,  quduqdan  suyuqlikni  aniq  rejimlarda  olishda,  bir  qancha  texnologik 

muammolar paydo bо‗ladi, jihozlar resursini amaliy pasayishga  olib  keladi.   

Asinxronli botma elektrdvigatel MKENQning energetik ishining samaradorligini 

oshirish  imkoniyatini chegaralaydi.   

Asinxron  funksional  resursli  va  energetik  ventilli    elektrdvigatellar  asosdagi 

yuritmalar juda yaxshi tavsifli qiymatlarga egadir.   

Ventilli  yuritma  elektrdvigateldan  tashkil  topgan  bо‗ladi,  rotor  esa  о‗zgarmas  

mangitlardan  bajarilgan  va  boshqaruv  stansiyasining  stator  о‗rami  maxsus 

algoritmlarni  ta‘minlaydi.  Ventilli  elektrdvigatellarni  aylanish  chastotasini  keng 

diapazonlarda    boshqarishning  imkoniyati  bо‗ladi,    500-3500  ay/daq  aylanish 

chastotasida  ishlab  chiqariladi.   Shuning  uchun  uning  MQENQlari  tarkibida  turkumli 

ishlab  chiqariladigan  nasoslar  va    gidravlik  himoyalarda  foydalanish  mumkin.  Ventil 

elektrdvigatellarning  biriktiriladigan  о‗lchamlari  borligi  uchun,  gidravlik  himoya 

jamlanmasida  foydalanishni  ta‘minlashda  va  kabelli  muftaga  biriktirishda,    BEDda 

qо‗llash  mumkin. 

Gidravlik  himoya  sifatida  maxsus  protektorlar  qо‗llaniladi.  U  pо‗latli  silindr  

korpusida yig‗iladi, uning  diametri nasos diametriga mos keladi.   

Protektor nasos va dvigatelning oralig‗iga о‗rnatiladi.  Protektor orqali nasos va 

valning  elektrdvigatel  vali  bilan  biriktiruvchi  oraliq  orqali  shlipsali  muftaning  vali 




 

256 


о‗tadi.  Protektor  quyuq  yog‗  tо‗ldirilgan  kameradan  va  suyuq  yog‗ga  chidamli 

gidravlik zatvordan tuzilgan.   

Protektorning  yuqori  qismida  prujinali  porshen  bо‗ladi,  protektordagi  yog‗ga 

ortiqcha  bosim beradi va dvigatelda 0,01-0,2-MPa chegarasidagi bosim hosil qilinadi.   

Korpusda  porshenning  tagida  teshik  mavjud  ,  u  protektorni  porshenning  tagi  qismini 

atrof  muhit  bilan  tutashtirishda,  atrof  muhitning  gidrostatik  bosimini  porshenga 

uzatishga  xizmat  qiladi.  Quyuq  yog‗ning  sarfi,  sal‘nik  orqali  nasosning  porsheniga  

ta‘sir  qiladi,  prujinani  yuqoriga  siljitadi,  nasosning  tayanch  podshipniki    kamerasiga 

yog‗ni  uzatadi  va    tizimda  ortiqcha  bosimni  saqlab  turadi.  Oxirgi  yillarda  gidravlik 

himoya (GD) va (G) turkumdagi yog‗lar  ishlab chiqariladi.   

GD-gidravlik  himoyada  quyuq  va  suyuq  yog‗lar  qо‗llaniladi,  ular  bir-biridan 

elastikli diafragma bilan ajratiladi. 

Atrof  muhitning  bosimi  kompensatorda  joylashgan  diafragma  orqali, 

elektrdvigatelga uzatiladi. Bu qatlam suyuqliklarining elektrdvigatel bо‗shlig‗iga kirib 

borishini oldini oladi.        

G-gidravlik  himoyada  faqat  bir  turdagi  suyuq  yog‗  qо‗llaniladi,  nasosning 

yuqori  qismida  joylashgan  nasosdagi  sirpanuvchi  radial–tayanch  (5)  sharikli 

podshipnikni almashtirishda foydalaniladi.   




Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish