5.9. Favvora quduqlarni ishini boshqarish
Favvora quduqlarni ishlatishning boshlang‗ich bosqichlarida va yuqori
debitli quduqlar neft qazib olish korxonalarining imkoniyatini aniqlaydi.
Shuning uchun yuqori debitli quduqlarni tadqiqotlashda ularni boshqarish va
ishlatishni kuzatishga kuchli e‘tibor beriladi. Bundan tashqari favvora quduqlari
yordamida chuqur tadqiqotlar, chuqurlikdan namuna olish, oqim profilini va
boshqa ma‘lumotlarni olish ishlari olib boriladi. Favvora quduqlarni asoslangan
rejimini о‗rnatishda har bir sinov ishlari rejimida olingan ma‘lumot natijalarini
bilish zarur hisoblanadi. Favvora quduqning ish rejimi almashtirilgan shtuserning
о‗tish teshigining diametriga muvofiq о‗rnatiladi. Buning uchun quduq yangi
rejimda ma‘lum vaqt oralig‗ida ushlab turiladi va kerakli о‗lchov ishlari amalga
oshiriladi.
Ishlatish favvora quduqlarning asoslangan rejimini о‗rnatishuchun har xil
tajriba rejimlarda olingan natijalar о‗rganiladi. Favvora quduqlarning ish rejimlari
shtuserni almashtirish orqali о‗zgartiriladi. Qatlamda о‗yg‗onish sodir bо‗lgandan
keyin qatlam va quduqning barqaror rejimiga о‗tiladi, shtuser almashtirilgandan
keyin quduqning debiti va quduq tubi bosimining о‗zgarish parametrlarining bir-
biriga bog‗liqligi о‗rnatiladi. Quduqning barqaror rejimiga о‗tish davrini davom
etishi qatlamning gidroо‗tkazuvchanlik va pyezoо‗tkazuvchanligiga hamda
debitning nisbiy о‗tkazuvchanligiga bog‗liq bо‗ladi. Quduqning barqaror rejimini
barqarorlashish
belgilariga
debitning
doimiyligiga
va
manometrlarning
190
kо‗rsatgichiga hamda quduqning buferiga va quvurlar oralig‗idagi halqa fazosiga
bog‗liq bо‗ladi.
Rostlovchi egrilikni va indikator chizig‗ini qurish uchun quduqning ish
rejimi tо‗rt marta almashtiriladi. Lubrikator orqali quduqning barqaror rejimiga
о‗tilganda quduqning tubiga chuqurlik manometri tushiriladi yoki boshqa asboblar,
yer usti qismidagi debitning aniq kattaligi, mahsulotlarni suvlanganligi, quduq
mahsulotining tarkibidagi qumning miqdori va qattiq muallaq chо‗kmalarning
qiymati о‗lchanadi, gaz faktori yoki gazning debiti, bufer va quvurlar oralig‗i
fazosidagi bosim kо‗rsatgichlar о‗lchanadi hamda quduqning ish tavsiflari
belgilanadi: pulsatsiyaning mavjudligi, ritm (marom) va amplitudasi, armatura va
manifoldlarning titrashi aniqlanadi.
Olingan ma‘lumotalr asosida о‗lchash kо‗rsatgichlarni shtuserning
diametriga bog‗liqligini rostlovchi egrilik bog‗lanishi quriladi (5.11-rasm).
Rostlovchi egrilik chizig‗i belgilangan quduqdan qazib olishning texnologik
meyorini о‗rnatish uchun asos bо‗ladi.
quduq tubi bosimini R
qud.tubi
tо‗yinish bosimining qiymatidan past bо‗lishiga
R
tо‗y yoki
R
qud.tubi
> 0,75· R
tо‗y
;
minimal gaz omiliga mos keladigan rejimni о‗rnatish, aniq kattalikdan oshib
ketmasligi kerak;
quduqdagi filtrning orqa qismida kovaklarni paydo bо‗lishiga va
chiqariladigan qumlarning miqdorini keskin oshishiga yо‗l qо‗ymaslik va rejimni
о‗rnatish;
quduqning mahsulotining tarkibida suv miqdorining keskin kо‗payishiga
ruxsat berilmaydi;
mustahkamlash kolonnasini pachoqlanishini keltirib chiqaradigan bosim
kattaligini quduqning tubida paydo bо‗lishga yо‗l qо‗yilmaydi;
armaturalarning ishining mustahkamligi va ishonchliligi hamda yer usti
jihozlarining mustahkamligiga xavf tug‗diradigan xavfli kuchlarni paydo
bо‗lishiga yо‗l qо‗yilmaydi;
191
quvur buferidagi bosim neftgaz yig‗ish tizim manifoldining otmasidagi
bosimdan pastga tushish rejimiga yо‗l qо‗yilmaydi;
favvoralanish jaryonini uzilishga va pulsatsiyani paydo bо‗lishini keltirib
chiqaradigan rejimga yо‗l qо‗yilmaydi;
faol jarayon ta‘sirida qatlamning katta qalinligini yoki kо‗p qatlamli
mahsuldor qatlamlarni egallab oladigan rejim о‗natiladi.
Belgilangan quduqning ish rejimi о‗rnatilgan va asoslangandan keyin, uni ushlab
turish doimiy kuzatiladi.
Yuqori debitli favvora quduqlarni ish rejimini kuzatish maxsus reja asosida
olib boriladi. Armaturalar davriy kuzatilganda birikmalarda germetiklikni buzilishi,
jihozlarning elementlaridagi xavfli tebranishlar va manometrlarni kо‗rsatgichlarida
о‗zgarishlarni sodir bо‗lganligi yozib olinadi. Quduqning meyoriy ishini buzilishi
bufer va quvur orqa halqasida bosimning anomal о‗zgarishi, neft debitini va
suvlanganligini о‗zgarishi, qumning miqdori va h.k. haqida mulohazali tahlillar
yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |