Kondensator va sovutkichlar
Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida turli konstruksiyalardagi muzlatgichlar va
kondensatorlar qо‗llaniladi. Qobiq-trubali kondensatorlar va muzlatgichlarni ta‘mirlash
va montaj qilish, shunga о‗xshash issiqlik almashinish qurilmalarini ta‘mirlash va
montaj qilishdan sira farq qilmaydi. Muzlatkichlar kondensatorlardan faqatgina
trubalarni zmeyeviklarga birikishi sxemasi bilan va zmeyeviklarni truba quvurlariga
ulash usullari bilan farq qiladi. Ularning ta‘mirlanishi va montaji о‗xshashdir. Quyida
yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarining keng tarqalganlari kо‗rib
chiqilgan.
Kо‗pgina kondensatorlar metallokonstruksiyalar yoki temir-beton postamentlarda
joylashtiriladi. Muzlatgichlarni kо‗pincha yer barobarida joylashtiriladi. Neftni qayta
ishlash qurilmalarida, odatda ularni kondensatorlar uchun postomentlar ostiga
о‗rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |