O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

1.7. Montaj ishlarini tashkil etish 

Yirik obyektlarni qurishdagi montaj ishlari maxsus ixtisoslashgan korxonalar 

tomonidan  bajariladi.  Obyektda  shuningdek  boshqa  ixtisoslashgan  tashkilotlar 

ishtirok etadi. Ular qurilish, sanitariya-texnika va elektr montaj ishlari, uskunalarni 

kimyoviy  himoyalash  bо‗yicha  ishlar,  nazorat-о‗lchov  asboblari  montaji  bо‗yicha 

va avtomatlashtirish vositalari va hokazolar bо‗yicha ishlarini bajaradilar. 

Inshoot  obyekti  qurilishida  ishtirokchi  tashkilotlar  bosh  pudratchi  deb 

ataluvchi  ulardan  bittasida  muvofiqlashadi.  Obyektda  hammadan  avval  qurilish 

tashkiloti  (qurilish  boshqarmasi  yoki  qurilish  tresti)  ishga  tushadi,  shuning  uchun 

ham  odatda  u  bosh  pudratchi  hisoblanadi.  Buyurtmachi  u  bilan  smeta-moliya 

hisoblarida  kо‗rib  chiqilgan  barcha  ish  hajmiga  shartnoma  tuzadi.  Obyekt 

inshootiga jalb qilingan boshqa tashkilotlar qо‗sh pudratli tashkilotlar deyiladi; ular 

pudratchi bilan tegishli ish hajmini ishlab chiqishga shartnoma tuzadi [9]. 

Uskunalarni  montaj  qilishga  qabul  qilingan  poydevorlarga  va  qurilish 

konstruksiyalariga qо‗yiladigan talablar. Montaj ishlarini boshlashdan oldin montaj 

qilayotgan tashkilot, qurilish tashkilotidan uskunalar yoki metall konstruksiyalarni 

о‗rnatish  uchun  mо‗ljallangan  poydevorlar  va  boshqa  qurilish  konstruksiyalarini 

qabul  qiladi.  «Qabul  qilish  -  topshirish»  dalolatnomalari  belgilangan  shaklda 

rasmiylashtiriladi  va  buyurtmachi  vakili  shuningdek,  qurilish  va  montaj 

tashkilotlari tomonidan imzolanadi. 

Poydevor  tayyorlash  uchun  belgilangan  dopusklarga  rioya  qilish  о‗ta 

muhimdir.  Boshqa  inshootlarga  nisbatan  montaj  qilinayotgan  uskunalarni 

muvofiqlashtiruvchi  asosiy  о‗qlarni  aniq  bо‗lib  chiqish  va  loyiha  о‗lchamlarining 

о‗zigina  emas,  balki  barcha  balandlik  belgilari  ham  qat‘iy  aniq  bо‗lishi  shart. 

Balandlik  belgilari  nivelir  bilan  tekshiriladi.  Poydevorning  loyihalanadigan 

kattaliklardan maksimal ruxsat etilgan chetlanishlari deb quyidagilar qabul qilingan 

(mm): 

Loyihadagi asosiy о‗lchamlar (uzunlik, kenglik)……..……+30 




 

42 


Balandlik belgisi:………………………………………….…. 

uskunalar о‗rnatiladigan fundamentlar yuzalari……............-30 

anker boltlarning chiziq yon yuzasi………….……….....….+20 

Anker boltlar ostidagi quduqlar о‗lchovlari……………......+20 

Anker boltlar va fundament о‗qi uchun quduqlar markazi  

orasidagi masofa……………………………………….............….+10 

Anker boltlar о‗qlaridan chetlanish (1m uzunlikka)   …..….+1 

Poydevor  yuzasi  balandligi  belgilarining  30mm  ga  pasayishi  vaqtida 

uskunaning tayanch yuzasi ostiga pо‗lat tagliklar tо‗shaladi (plankalar va ponalar) 

va uskuna о‗rnatib bо‗lingandan keyin, bir tekis qilib beton quyiladi. 

Temir-beton    asosi  uchun  quyidagi  loyihaviy  о‗lchamlardan  ruxsat  etilgan 

chekinishlar belgilangan (mm. da): 

- Tayanch balkalarini belgilash balandligi…………………..20 

- Balka о‗qi loyihasi joylashuvi……………….…………….25 

- Yopmalarga uskunani mahkamlash uchun bolt ostidagi  

   teshik о‗qi loyihasi joylashuvi……………………………..10 

-  Taxminan  shunday  chetlanishlar  metall  konstruksiyalardagi  uskuna  osti 

asoslari uchun ham qо‗llaniladi. 

Montaj  maydonchasini  tayyorlash  loyihalash  tashkiloti  tomonidan  tuzilgan 

montaj maydonchasini tayyorlash loyihasi, montaj ishlarini olib borish loyihasining 

bir  qismini  tashkil  etadi.  Bu  loyihaga  binoan,  barcha  mashina  va  uskunalar, 

quvurlar,  yer  osti  va  yer  usti  kommunikasiyalari,  shuningdek,  doimiy  va 

vaqtinchalik yо‗llar, og‗ir, yirik о‗lchamli uskunalarni tashish yо‗llari, vaqtinchalik 

bino  va  inshootlar  (omborxonalar,  idoralar  va  boshqalar),  yirik  uskunalarni  va 

metall konstruksiyalarni yig‗ish maydonchalari montaj qilinadi. 

Montaj maydonchalarida avvaldan yer osti kommunikasiyalarni yotqizish va 

vertikal loyihalashni bajarish kerak. 

Yig‗ma  holda  kо‗chirish  mumkin  bо‗lmagan  yirik  qurilmalarni  yig‗ish  va 

poydevorga kо‗tarishga tayyorlab bevosita о‗rnatish joyining о‗zida bajariladi. 

Montaj  о‗tkazish  usullari.  Montaj  о‗tkazish  usullarini  tanlash  bir  qator 

omillarga bog‗liqdir. Ular ichida asosiylari: montaj qilinadigan uskunaning chekka 

о‗lchamlari, og‗irligi va konstruktiv xossalari; montaj о‗tkaziladigan maydoncha va 

montaj о‗tkazish vaqtida va undan keyin bu maydonchada yuzaga keladigan ahvol; 

uskunaning  fazoviy  holati  va  uni  joylashuvidagi  geometrik  belgilar:  montaj 

mexanizmlari  va  moslamalar  bilan  jihozlanganlik;  montaj  texnikasi  erishgan 



 

43 


darajasi  va  hokazolar.  Montaj  ishlari  3  turda  olib  boriladi:  sanoat,  yirik  bloklar 

bilan va joyida. 

Sanoat usuli – montajning ilg‗or usullaridan bо‗lib, montaj ishlari olib borish 

vaqtini keskin  va unga sarf bо‗ladigan mehnat sarfini kamaytiradi. Uning mohiyati 

shundaki,  uskunalar  loyihadagi  holatda  poydevorga  ekspluatasiyaga  maksimal 

tayyor  holda  keltiriladi  (uskunaning  butunlay  yig‗ilganligi,  uning  metall 

konstruksiyasi  xizmatining,  sinovlarning,  issiqlik  qoplamasini  qayd  qilish, 

shuningdek,  yuzasini  futerovkalash,  yopib-ochiladigan  armaturasini  о‗rnatish  va 

bog‗lovchi truba quvurlarini montaj qilish nazarda tutilyapti). 

Agar  u  yoki  bu  sabablarga  kо‗ra  industrial  usuldan  foydalanib  bо‗lmasa 

montajni  yirik  bloklarda  amalga  oshiriladi.  Bu  montaj  ishlari  kо‗lamini,  har  bir 

blokni  bir-biriga  bog‗liq  bо‗lmaganligi  hisobiga,  kengaytirishga  imkon  beradi. 

Bloklarni  yig‗ish  muddati  va  ketma-ketligi,  ularning  bevosita  poydevorda 

birlashishi texnologiyalariga bо‗ysunadi. Uskunalar shunday bloklarga ajratiladiki, 

keyinchalik  ularni  birlashtirish  mumkin  bо‗lsin.  Har  bir  blok  og‗irligi,  qо‗l  ostida 

bor bо‗lgan kо‗tarish mexanizmlari va moslamalarning, yuk kо‗tarish imkoniyatlari 

darajasida bо‗lishi kerak. 

Joyida montaj qilish – ish unumi past, oddiy va sodda usullardan hisoblanadi. 

Bunda    uskunalar,  metall  konstruksiyalar  va  truba  quvurlar  alohida  detal  va 

qismlardan bevosita о‗rnatiladigan joylarining о‗zida yig‗iladi. 




Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish