Neftni qayta ishlash, kimyo zavodlarida ishlash prinsipi, konstruksiyasi va
yuritgich turiga qarab farqlanadigan kо‗plab nasoslar qо‗llaniladi. Nasoslarning
asosiy turlari bular: markazdan qochma; porshenli, rotasion, suv halqali, о‗qli va
maxsus turlardir. Ular quyidagi ekspluatasion parametrlarga qarab xarakterlanadi:
qayta dam berish temperaturasidagi samaradorligi; nasosga kirishdagi talab
etiladigan bosimga ega bо‗lgan differensial bosim; chegaraviy mumkin bо‗lgan
temperaturalar; tortib chiqarilayotgan muhitning qovushqoqligi. Nasoslarning
gabarit о‗lchamlari, ularning og‗irligi, qaysi materialdan ishlanganligi va bundan
kelib chiqib ularni montaj qilish va ta‘mirlash kabilar yuqoridagi parametrlarga
miqdorda foydalaniladigan porshenli va markazdan qochma nasoslarni montaj
Porshenli nasoslar. Porshenli nasoslarning eng kо‗p tarqalgan kо‗rinishi – bug‗li
tо‗g‗ri harakatlanuvchi nasoslardir. Elektryurituvchi nasoslarning gidravlik
108
silindrlari tо‗g‗ri harakatlilaridan juda kam farqlanadi; yuritgich qismga kelsak, u
krivoship-shatun mexanizmi kо‗rinishiga ega bо‗lib, bu mexanizmning kreyskopfi
gidravlik silindrning porsheni kiygizilgan shtok bilan birlashtirilgandir. Kо‗pgina
tо‗g‗ri harakatlanuvchi nasoslar ikkita bug‗latgich va ikkita gidravlik silindrdan
iborat, har bir silindr juftligini boltlar yordamida poydevorga mahkamlangan
ramaga о‗rnatiladi. Nasosning gidravlik qismini nasosga mahkamlab qotiriladi,
bug‗latgich qismini esa temperaturalar deformasiyasini kompensasiyalash uchun
ozgina lyuft orqali mahkamlanadi. Gidravlik va bug‗latgich qismlari qobiqlari bir-
biri bilan о‗rta qism (о‗rtalik) vositasida shpilkalarda biriktiriladi.
3.14-rasmda ikki silindrli gorizontal neft nasosining umumiy kо‗rinishi aks
ettirilgan bо‗lib, u siqilgan gaz, och va tо‗q neft mahsulotlarini tortib chiqarish
uchun mо‗ljallangan. U bug‗ bloki va gidravlik silindr blokidan iborat bо‗lib, ular
bir-biri bilan о‗rtalik orqali bog‗langan.
Bug‗latgich silindrlar bloki nasos yuritgichi ikki bug‗latgich silindrlar
qobig‗idan tuzilgan bо‗lib, u bir vaqtning о‗zida zolotnikli korobkalar bilan
quyilgan, harakatlantiruvchi mexanizmli ikkita zolotnik va ikkita porshendan
iboratdir. Yirik nasoslarni traversalar orqali о‗zining bо‗rtmalari bilan juftlangan
alohida-alohida bug‗latgichli silindrlardan foydalanadi.
Gidravlik silindrlarning bloklari ushbu ikki silindr qobiqlaridan iborat bо‗lib,
u bir-biri bilan sо‗ruvchi kollektor, ikki porshen va sakkiz klapanlar (har bir
silindrga ikkitadan sо‗ruvchi va eguvchi bosim bilan haydovchi klapan) orqali
birlashtirilgan.
Siqilgan gazlarni va suyuq neft mahsulotlarini tortib chiqarish uchun vertikal
bir silindrli nasosni poydevorga panjaralari orqali о‗rnatiladi. Gidravlik silindr
bloklari bir-biri bilan ikkita pо‗lat kolonnalar orqali birlashtirilgan.
Barcha porshenli nasoslar, о‗ta yiriklaridan tashqari montaj maydonchasiga
poydevor ramasiga yig‗ilgan holda keltiriladi. Nasosni poydevorga о‗rnatish
qoidalari barcha mashinalar uchun bir xildir. Truba quvurlarni montaj qilishda
bug‗latkich va gidravlik silindrlarni yuklamadan bо‗shatish zaruratiga alohida
109
e‘tibor berish zarur, bu yuklamalar silindrlarga bog‗lanayotgan truba
uchastkalarining temperaturalar deformasiyasidan vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: