3.11 – rasm. Vallarni tо„g„rilash
a) parallellikka tо‗g‗rilash; 1,2 – tо‗g‗rilanayotgan vallar; 3,4 – xomutlar; 5-6 – nazorat millari; 7-
tor. b) о‗qdoshlikka tо‗g‗rilash; 1,2 –tо‗g‗rilanayotgan vallar, 3,4- xomutlar, 5- о‗qli tirqishning
mikrometrik vinti, 6-radial tirqishning mikrometrik vinti.
Agar vallar oralig‗idagi masofa katta bо‗lsa, pо‗lat tor 7 dan foydalaniladi,
uni val о‗qlari tekisligiga perpendikulyar bо‗lgan tekislikka vallardan taxminan bir
xil masofada tortiladi (3.11–rasm). 1 va 2 tо‗g‗rilanayotgan vallarga simdan
yasalgan 5 va 6 strelkalar mahkamlangan 3 va 4 xomutlar kiydiriladi. 7 torni
shunday о‗rnatiladiki, bunda vallardan biri aylangan chog‗ida (kо‗pincha, о‗q
holatini о‗zgartirish qiyin bо‗lganligi) a1 va a2 masofa bir-biriga teng bо‗lsin.
a1=a2 bо‗lganda, v1 va v2 kattaliklari tengligiga erishilgan vaqtda vallar parallel
bо‗ladi. v1 va v2 ni tenglashtirish uchun ikkinchi val о‗qini kerakli yо‗nalishda
siljitiladi. Bunday tekshiruv val uzunligi bо‗ylab hech bо‗lmaganda ikkita joyda
tekshirilish zarur (yaxshisi val uchlarida).
Strelkalardan foydalanib vallarning о‗zaro perpendikulyarligini ham
tekshirish mumkin, faqat buni maxsus burchak о‗lchagichlar yordamida qilish
osonroq kechadi. Vallarning gorizontalligi va vertikalligini prizmatik tayanch
yuzali satx – о‗lchagichda aniqlanadi. Vertikallikni, shuningdek shovun rejada ham
tekshirilsa bо‗ladi.
Montaj va ta‘mirlash texnikasida kо‗pincha birgalikda (qо‗shma) ishlayotgan
vallar о‗qdoshligini tekshirishga tо‗g‗ri keladi. Vallar о‗qdoshligi, bir-biriga
parallel bо‗lib qolayotgan val о‗qlarining radial siljishi natijasida buzilishi mumkin,
96
yoki vallar bir-biri bilan kesishayotgan turli tekisliklarda joylashib qolishiga olib
keladigan о‗qlar qiyalanishi natijasida buzilishi mumkin.
Vallarning о‗qdoshligini tо‗g‗irlash, ya‘ni markazlashuvini tо‗g‗irlash о‗ta
mas‘uliyatli operasiyadir. Yomon markazlash-podshipniklar, zichlash qismlari
(salniklar), muftalarning biriktiruvchi detallarni va vallarning о‗zini ham ishdan
chiqarishga sabab bо‗ladi.
Markazlashuv vallarini bir vaqtning о‗zida radial siljishiga va burish
joylarida о‗qlarning sinishiga tekshiriladi. Markazlashuv usuli vallarning
о‗lchamlariga va konstruksiyalariga, shuningdek, ularning uchlariga о‗tkazilgan
detallariga bog‗liq. Agar vallarning tutashtiruluvchi uchlariga, tashqi silindrik
yuzalari kiygazish teshiklariga konsentrik ravishda ishlov berilgan detallar
(masalan, yarim mufta, shkiflar) kiydirilgan bо‗lsa, markazlashuvining kerakli
aniqligiga chizg‗ich yordamida erishiladi. Vallardan birining uchidagi detall
yuzasiga qattiq chizg‗ich qо‗yilib u bilan boshqa valda joylashgan detall yuzasi
orasidagi masofa о‗lchanadi va cheti bо‗ylab chizg‗ich tekisligida ushbu
detallarning yon yuzalari orasidagi masofa о‗lchanadi. Agar vallar siljimayotgan
bо‗lsa va о‗qdosh bо‗lsa, u holda ularning birgalikdagi aylanishi vaqtida bu
masofalar istalgan holatda о‗zgarmas bо‗lishi kerak.
3.11b-rasmda uchlarida aniq ishlov berilgan detallari bor bо‗lmagan
vallarning markazlashuvi uchun oddiy moslama kо‗rsatilgan. Moslama
markazlovchi skobalardan tuzilgan bо‗lib, ular vallarning uchlarida xomutlar
yordamida
mahkamlangan.
Xomutlar
konstruksiyalari
vallarning
keng
diapazondagi diametrlari uchun faqat bittagina skobani qо‗llash imkonini beradi.
Skobalar mikrometrik bintlar bilan jihozlangan bо‗lib, ular yordamida vallarning
birgalikdagi aylanish vaqtida ularning radial va о‗qli siljishi kattaliklari aniqlanadi.
Buning uchun bir necha holatlarda mikrometrik vintlar va tutashtiriluvchi
skobalardagi tegishli tayanchlar orasidagi tirqishlar о‗lchanadi. О‗lchamlar hech
bо‗lmaganda valning tо‗rtta holatida amalga oshiriladi (har 90 gradusdan keyin).
Podshipniklarning holati yoki butkul mashina holati tagliklar yordamida
97
aylanayotgan vallarning barcha holatlarida tirqishlar kattaligi о‗zgarmas bо‗lib
qolgunga qadar rostlanadi.
Ba‘zi bir mashinalarni markazlashuvi uchun yuqori aniqlikni ta‘minlaydigan
maxsus indikatorlardan foydalaniladi.
Nasoslar, kompressorlar, dvigatellarni yig‗ishda yig‗ish vaqtida vallar
tutashishi kerak bо‗lgan teshiklar (silindirlar, kameralar, podshipniklar)ning
о‗qdoshligiga rioya qilinishi juda muhimdir. О‗qdoshlikni tekshirishning oddiy
usullaridan biri tekshirilayotgan teshiklar bо‗ylab tor tortish usulidir. Teshiklarnin
tо‗g‗irlash tordan teshik devorigacha bо‗lgan masofani о‗lchash (shtixmass
yordamida) bо‗yicha amalga oshiriladi. О‗lchamlar har bir teshik uchun torga
perpendikulyar bо‗lgan ikki о‗zaro perpendikulyar yо‗nalishdan kam bо‗lmasligi
kerak.
Bir-biridan uzoq masofada joylashgan teshiklarni markazlashtirish nur
yorug‗ligi yordamida amalga oshiriladi. Barcha teshiklar diametri 1 mm dan kam
bо‗lmagan, ushbu teshikka qat‘iy konsentrik joylashgan teshiklarga ega bо‗lgan
ekran bilan berkitiladi. Agar chetki teshiklardan birining ekrani ortidan kuchli
yorug‗lik manbai bersak, barcha teshiklar о‗qlari bir – biriga tо‗g‗ri kelgandagina,
nur tartib bо‗yicha eng oxirgi teshikdan о‗tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |