O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

 

 

2.7. Mexanizmlari, moslamalari va asboblarning  montaji 

Uskunalarni  texnologik    montaj  qilish  eng  kam  xarajat  talab qiladigan  kuch 

va  vositalarda  montaj  qilishning  eng  rasional  usullarini  ta‘minlovchi  tegishli 

mexanizmlar, moslamalar va asboblarni tanlashni kо‗zda tutadi. 

Montajning  texnik  vositalarini    tanlash  asoslangan  bо‗lishi  kerak,  ularning 

narxlarini  hisobga  olish  zarur.  Montaj  narxini  barcha  о‗lchovlarda  kamaytirish 

zarurligini  nazarda  tutgan  holda,  agar  zarurati  bо‗lmasa,  mexanizasiyaning  noyob 

vositalaridan foydalanish shart emas[9]. 

Yuk  kо‗taruvchi  kranlar.  Kimyo  va    neftni  qayta  ishlash  zavodlaridagi 

uskunalarni  montaj  qilishda  turli,  о‗z-о‗zidan  barqaror  yuk  kо‗taruvchi  kranlar 

keng  qо‗llaniladi.  Bu  kranlar  katta  va  turli  yо‗nalishda  harakatchanligi,  hamda  

yuqori  ish  unumdorligi  bilan  xarakterlanadi.  Kranlarning  afzalligi  shundaki, 

ulardan  foydalanganda,  qiyin  tayyorgarlik  ishlarini  bajarishning  zarurati 

sezilmaydi.  Bularning  hammasi  yuk  kо‗taruvchi  kranlar  boshqa  kо‗tarish 

mexanizmlarini (machtalar, vint kranlari va h.) sekin-asta siqib chiqaradi. 

Montaj  maydonchasida  asosan  о‗zi  yurar,  strelali  kranlar  qо‗llaniladi. 

Uskunalar  bazasida,  shuningdek,  loyihada  kо‗zda  tutilgan  bо‗lsa,  yuk  kо‗tarish 



 

63 


operasiyalari  minorali,  machtali,  chorpoyali  va  kо‗prikli  kranlarda,  shuningdek 

derrik-kranlarda va kabel-kranlarda bajarilishi mumkin. 

О‗rmalovchi, zanjirli  kranlarning yuk kо‗tarishi 1 MN ga yetadi. Ular yaxshi 

harakatchanligi  bilan  xarakterlanadi  va  har  qanday  maydonchada  yengil  siljiydi. 

Baland  bо‗lmagan  uskunalarni  poydevorga  о‗rnatish  va  uskunalarni  kо‗chirish 

uchun gusenisali traktorlar  asosida tayyorlangan truba-taxlagichlar qо‗llaniladi. 

О‗zi  yurar  strelali  kranning  ruxsat  etilgan  yuk  kо‗tarishi,  uning  ishchi 

xarakteristikasiga mos kelgan strela uzunligi va quloch kattaligi bilan aniqlanadi. 

Yuk  og‗irligi  va  moslamali  strela  og‗irligi  yuzaga  keltiradigan  ag‗daruvchi 

moment,  kranning  ishlashi  vaqtida  shamol  kuchi  va  tushayotgan  kuchni 

tormozlangandagi yuzaga keladigan inersion kuch hisobiga kattalashadi. 

Shuning  uchun,  kran  og‗irligi  va  qarama-qarshi  og‗irlik  orqali  yuzaga 

keladigan  ushlab  turuvchi  moment,  ag‗daruvchi  momentdan,  kamida  1,4  marta 

kо‗p  bо‗lishi  kerak.  Ushlab  turuvchi  momentni  ag‗daruvchi  momentga  nisbati 

barqarorlik zahirasi deb ataladi. 

Machtalar. Yuk kо‗taruvchi kranlar chegaralangan yuk kо‗tarish va kо‗tarish 

balandligiga  ega.  Bundan  tashqari,  texnologik  qurilmaning  jihozlar  va  trubalar 

bilan yig‗ilganda, gabarit о‗lchamlari nisbatan katta bо‗lgan kranlar har doim ham 

montaj  maydonchasi  hududiga  sig‗maydi.  Bunday  vaqtlarda  baland  va  og‗ir 

uskunalarni  yoki  metall  konstruksiyalarni  montaj  qilish  uchun  machtalar 

qо‗llaniladi. 

Machtalar  kranlarga  qaraganda  birmuncha  arzonroq,  lekin,  ularni  ishga 

tayyorlash,  ya‘ni  kо‗chirish,  birlashtirish,  uzaytirish,  tо‗xtatish,  kо‗tarishi  va 

mahkamlash,  uzoq  vaqt  talab  qiluvchi  va  bajaruvchilardan  yuqori  malakali 

bо‗lishlarini talab qiluvchi о‗ta muhim sermehnat operasiyalarni о‗z ichiga oladi. 

2.5-rasmda  yuk  kо‗tarish  machtasi  sxemasi  kо‗rsatilgan.  Vertikal  holatda 

machtani  vintlar  ushlab  turadi.  Ular  bir  uchidan  machta  kallak  qismiga  (yuqori 

uchiga),  ikkinchi  uchidan  –  barqaror  qotirilgan  langarlarga  (yoki  qо‗zg‗almas) 

mahkamlanadi.  Machtaning  qolgan  qismiga  yuk  polispastining  qо‗zg‗almas  bloki 

ham mahkamlanadi. Uning qochuvchi pо‗lat trosi machtaning asosi tomon, pastga 




 

64 


harakatlanadi;  pо‗lat  trosga  olib  ketuvchi  blok  mahkamlangan  bо‗lib,  u  trosga 

baraban lebedkasigacha bо‗lgan gorizontal masofani ma‘lum qiladi. 

Langarlar  qoziqli,  chuqurlashtirilgan  (tо‗ldiriladigan)  va  inventarli  bо‗ladi. 

Qoziqli langarlar bir necha qoziqlardan iborat bо‗ladi, ular yerga 1,5m chuqurlikka 

qoqiladi;  ular  1,5  MN  gacha  kuchga  chidamlidir.  Chuqurlashtirilgan  langarlar 

pо‗lat quvurlardan yasalgan betonga qotirilgan yoki yerga biriktirilgan paketlardan 

iboratdir.  Personal  yoki  inventar  yakorlar  –  bir  nechtasi  ustma-ust  taxlanadigan, 

0,75  MN  og‗irlikdagi  og‗ir  temir-beton  prizmalarni  qо‗llash  qulaydir.  Ular  katta 

ishqalanish  kuchini  yuzaga  keltirishga  qodir  va  puxta  qotirishni  ta‘minlaydi. 

Ba‘zida prizmalarni yerga u qadar chuqur joylanmaydi. Bu ularning barqarorligini 

yanada oshiradi. 

Konstruksiyasi  bо‗yicha  oddiy  bо‗lgan  machtalar  –  quvurli  machtalardir. 

Ular  о‗ralgan  quvurlardan  tayyorlanadi.  Yuk  kо‗tarish  0,25  MN  bо‗lganda, 

diametri  600  mm  bо‗lgan  bir  quvurli  machtalar  qо‗llaniladi,  0,25  dan  0,8  MN 

bо‗lganda  –  uch  quvurli  va  tо‗rt  quvurli  sigarasimon  machtalar  qо‗llaniladi. 

Quvurlarni  polosali  (listli)  pо‗latdan  yasalgan  chambaraklar  bilan  bog‗lanadi  va 

burchaklaridan  mahkamlab  ham  qо‗yiladi.  Tо‗rt  trubali  machtalarda  uchlari  bir-

biriga  zich  о‗tirgan  uchta  quvurlar,  о‗rta  uchastkada  tо‗rtinchi  kalta  quvurni  ilib 

oladi. 

Machtaning  tayanch  qismini  durralar  bilan  kuchlantirilgan  qattiq  plita 

kо‗rinishidagi yoki sharnir kо‗rinishida tayyorlanadi. Sharnir machtaning egilishiga 

imkon  yaratadi,  bu  esa  takelaj(tashish  ortish  ishi)  ishlarini  olib  borish  uchun  juda 

zarurdir.  2.5-rasm  bir  quvurli,  uch  quvurli  va  sigarasimon  machtalarning  asosiy 

qismlarini va umumiy kо‗rinishini ifodalaydi. 

 



 

65 


 

 


Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish