tarqalmokda. Ularni montaj kilish va ta‘mirlash nisbatan sodda va ortiqcha sarf talab
Qurilmalar tayyorlovchi zavod tomonidan kontrol yig‗ishdan sо‗ng, qismlarga
ajratilgan holda yuboriladi. Shuning uchun montaj vaqtida, qoidasi bо‗yicha moslash
shart emas. Tayyor poydevorga avval kran yordamida elektrodvigatelni burchak
reduktori о‗rnatiladi. Bunda elektrodvigatel reduktori va rotorli vallarning
markazlashuvi aniq bо‗lishiga alohida e‘tibor beriladi. Reduktorning chiqish о‗qi
qat‘iy vertikalligini poydevor va mahkamlashning barcha boltlarini oxirigacha tortib
bog‗lamdan sо‗ng tekshiriladi. Valga ventilyator g‗ildiragi о‗rnatilib, mahkamlanadi.
mahkamlanadigan ustun panjaralari montaj qilinadi. Metallokonstruksiyalarning
yuqorigi tayanch tо‗sinlarini gorizontalligi tekshiriladi, ularga qurilmalarning
Seksiyaning qiya joylashgan holatida, bundan tashqari yuqorigi va quyi tо‗sinlarning
509
Bir necha qismlardan iborat bо‗lgan ventilyator qobig‗ini, kо‗tarilgunga qadar yerda
yig‗iladi, sо‗ngra metallokonstruksiyalarga panjalari bilan о‗rnatiladi va unga boltlar
bilan qattiq mahkamlanadi.
Yig‗ishning oxirgi etaplari - qurilmaning truba seksiyalarini о‗rnatish, ularni trubalar
bilan bog‗lash, yuqorigi nuqsonlarni о‗rnatish, havoni namlagichlar va boshqa detallar
о‗rnatiladi.
Montaj tugagandan sо‗ng, trubali seksiyalarni, ularni bog‗lovchi truba quvurlari bosim
ostidagi suv bilan tekshiriladi, ventilyator esa, turli aylanish tezliklarida va
parraklarning burchaklari turlicha bо‗lganda sinaladi.
Havo bilan sovitiladigan kondensatorlar quyidagi hollarda ta‘mirlanadi: truba
seksiyalari ishdan chiqqanda, (bu muhitning seksiyadan chiqib ketishi bilan
aniqlanadi); yuritmaning ventilyator g‗ildiragi reduktorning nosozligi; tо‗qilgan
muhofazalovchi setkaning yirtilishi.
Qovurg‗alangan trubalarning nuqsonli seksiyalari sozlanganlariga almashtiriladi yoki
vaqtincha planli ta‘mirlashga tо‗xtatilgunga qadar, kollektorlardan yopib (uzib)
qо‗yiladi. Zaxira seksiyalari bо‗lmagan hollarda olib kuyilgan seksiyadagi yemirilgan
trubalar har ikki tomondan konussimon metall tiqinlar bilan yopib qо‗yiladi, sо‗ngra
seksiyani yarim marotaba ishchi bosimda bosim bilan tekshiriladi.
Ishdan chiqqan muhofazalovchi setkani havo oqimi parraklarda va seksiya
qovurg‗alangan trubalar yuzalarida tasodifan bо‗lishi mumkin bо‗lgan qattiq
zarrachalar bilan zararlanmasligi uchun ta‘mirlanadi. Shuningdek, xizmatchi
xodimlarning
xavfsizligini ta‘minlaydi.
Ichki yuzalar tez-tez tozalanadi, zarurat tug‗ilganda ular suv bilan yuviladi yoki
kimyoviy tozalashga yuboriladi. Mexanik tozalash ham bundan mustasno emas. Tashqi
yuzalarni chiqindilardan kuchli siqilgan havo oqimi bilan yoki mayda qumdan iborat
suv oqimi yordamida tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: