Mashinani montaj qilish.
Nasoslar, kompressorlar, gazoduvkalar va
ventilyatorlar xonalarda joylashtirilganidek, ochiq joylarda ham о‗rnatiladi. Montaj
sifatiga va uskunalarning saqlanishiga bо‗lgan yuqori talablarni hisobga olgan holda,
odatda montaj qilishga barcha asosiy qurilish ishlarini tugatib bо‗lgandan sо‗ng
kirishiladi. Bundan tashqari yoritilganlik va isitish tizimi (qish vaqtida) tayyor bо‗lishi
zarur. Ish havfsizligini ta‘minlash uchun devordagi va tо‗siqlardagi montaj yoriqlari,
transheyalar, kanallar va о‗rachalarni vaqtinchalik metall yoki yog‗och shchitlar bilan
yopiladi.
Ochiq maydonchada montaj qilishda barcha konstruksiyadagi kranlar
qо‗llaniladi, ular tegishli yuk kо‗taruvchan va manevrlangan bо‗lishi zarur. Bino
ichida montaj qilish uchun о‗zi yurar kranlarni qо‗llash imkoni har doim ham
bо‗lavermaydi. Ular yordamida odatda uskunalar montaj maydonchasiga mavjud
bо‗lgan yoriqlar orqali kiritiladi. Uskunalarni keyingi о‗rin almashishlari salazkalar va
lebedkalar yordamida amalga oshiriladi, poydevorga kо‗tarish esa portallar va
g‗ildirakli uchoyoqlar orqali amalga oshiriladi. Aniq bir guruh uskunalarini ta‘mirlash
uchun loyihada stasionar kranlar (kо‗prikli, eshakli, burilishli) kо‗zda tutiladi. Bu
kranlarni ekspluatasiya qilishda qabul kilish va montaj qilishni asosiy mashinalarni
о‗rnatishni boshlagunga qadar tamomlash kerak, shunday qilish kerakki ular
yordamida barcha takelaj ishlari amalga oshirilsin. Devorlardagi va qavatlararo
tо‗siqlardagi montaj yoriqlari odatda loyihada kо‗zda tutilgan bо‗ladi; ularning
491
о‗lchamlari shunday bо‗lishi kerakki, montaj qilinayotgan eng katta gabaritli
mashinalar ham bu yoriqlardan osongina о‗tsin. Ba‘zi hollarda qurilishda maxsus
montaj ishlari uchun yoriqlar qoldirilib, keyin ularni yopib yuboriladi. Mashinalarni
stropovka qilish о‗ta jiddiy operasiya hisoblanadi. U shunday о‗tkazilishi kerakki,
detal va qismlar shikastlanmasligi kerak. Kо‗pgina mashinalarda va ularning yirik
bloklarida quloqchalar yoki halqa kallakli boltlar mavjud bо‗lib, ular yordamida
stropovka amalga oshiriladi. Boshqa hollarda stropalarni qattiq asosiy elementlar
orqali (plitalar, qobiqlar) mahkamlanadi, lekin aslo ishlov berilgan detallar (ayniqsa
vallar, shtoklar va boshqalar) orqali emas. Stropani kо‗tarilayotgan elementga bir tekis
yoziladi, bu vaqtda, tugunchalar va halqalar yoki buralib qolgan joylar bо‗lmasligi
kerak. Yirik mashinalar uchun traverslar va universal stropyalar qо‗llaniladi.
Ramaga yoki asosiy qismga о‗rnatilayotgan har bir blokni barcha qism va
detallar bilan butkul komplektlanadi. Yig‗ish ketma-ketligi mashini konstruksiyasiga
qarab aniqlanadi va odatda montaj yо‗riqnomasi bо‗yicha yozilgan bо‗ladi. U
tayyorlovchi zavod tomonidan berilgan bо‗ladi. Yig‗ish jarayonida sistematik ravishda
tirqishlar va tarangligi muntazam ravishda о‗lchab boriladi. Ular chegaraviy mumkin
bо‗lgan miqdordan oshmasligi va imkon qadar ishqalanayotgan detallarni ―farqlash‖
kerak.
Yig‗ilgan holda keltirilayotgan mashina tayyorlovchi zavod tomonidan
chiniqtirilgan bо‗lishi kerak. Shuning uchun ularni poydevorga о‗rnatilgandan sо‗ng
(yoki unga qadar), uni faqat quyidagi hollardagina taftish qilinadi: agar u uzoq muddat
davomida konservasiya holatida bо‗lgan bо‗lsa; agar uni mustahkam saqlashga
ishonch bо‗lmasa; agar ishga tushirishdan oldingi taftish uch pasportida kо‗rsatilgan
bо‗lsa.
Alohida yirik bloklardan yig‗ilgan mashinalar tutashuv qismlarida yoki agar
kerak bо‗lib qolganda butkul taftish qilinadi. Qismlarga bо‗lish, holatni tekshirish,
tozalash va yig‗ishni о‗z ichiga olgan taftish qilish ta‘mirlashda amalga oshiriladigan
operasiyalarga о‗xshashdir. Taftishning majburiy sharti – bu mashinaning yuritgich
bilan yoki bir-biri bilan birgalikda ishlaydigan turli agregatlarning markazlashuvi
sifatida tekshirish hisoblanadi.
492
Mashinalarning truboprovodli bog‗lamlarini ishchi chizmalarga qat‘iy rioya
qilgan holda amalga oshirish zarur, aks holda agregatning normal ishlashini kafolatlab
bо‗lmaydi. Montaj qilib bо‗lingan mashina chiniqtirilib, yuklama ostida ishlatib
kо‗riladi va shu vaqtda mashina ishini xarakterlovchi barcha parametrlar о‗lchanadi:
samaradorlik, bosim, dvigatel yuklamasi. Saralanayotgan joy va sovutuvchi eltgich
miqdorini, surkama moyning maksimal va minimal temperaturasini va boshqalarni
aniqlagan holda moylash, sovutish va zichlash tizimlari tekshiriladi. Barcha
о‗lchanayotgan parametrlar ushbu mashinaning pasportida kо‗rsatilgan qiymatlariga
mos kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |