O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov


XVIII bob. QURILMALARNI, ARMATURALARNI MONTAJI VA



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

XVIII bob. QURILMALARNI, ARMATURALARNI MONTAJI VA 

ULARNINGEKSPLUATATSIYASI 

18.1. Gazoduvka va markazdan qochma kompressorlar. 

Samaradorligi  yuqori  bо‗lgan  markazdan  qochma  kompressorlar  mos  keladigan 

porshenlariga  qaraganda  bazi  ekspluatasion  afzalliklarga  ega.  Ular  ixcham,  montaj 

qilish  va  tamirlash  yuqori  malaka  talab  qilishiga  qaramay  kam  mehnat  talab  qiladi. 

Tо‗rt bosqichli markazdan qochma kompresorlarni kо‗rib chiqamiz. 

Uning  har  bir  bosqichi  bir  xil  о‗lchamdagi  aniq  miqdordagi  ishchi  g‗ildirak 

(disklar)ni о‗z ichiga oladi. Navbatdagi bosqichga kirishdan oldin siqilgan gaz oraliq 

sovitgichda  sovitiladi.  Kompressorning  barcha  ishchi  g‗ildiraklari  bitta  valda  montaj 

qilingan. Qaytadigan gaz sizib chiqishini oldini olish uchun ishchi g‗ildirak stupisasi 

tutashgan  joylaridagi  har  bir  bosqich  seksiyasi  labirintli  zichlama  bilan  jihozlanadi. 

Rotorda sinaladigan о‗qli kuch, tayanch podshipniklari va maxsus yukni bо‗shatuvchi 

porshenlar  bilan  qabul  qilinadi.  Bu  porshen  uning  yonboshiga  beriladigan  suyuqlik 

bosimi ostida, rotorni о‗q yо‗nalishida muvozanatlashtiradi. 

Markazdan qochma kompressorlar (turbokompressorlar) va gazoduvkalar (truba 

havopurkagichlar)  yoki  havopurkagichlar  (trubahavo  purkagichlar)  konsturksiyasi 

bо‗yicha  о‗xshash,  bundan  kelib  chiqib  ularning  ta‘mirlash  va  montaj  qilish 

texnologiyalari  ham  bir  xil.  Turbokompressor  agregati  tarkibiga  reduktor  kiradi. 

Reduktorni ham vaqti-vaqti bilan taftish qilish va ta‘mirlash kerak. 

Turbokompressorlarni  va  turbogazoduvkalarni  ta‘mirlash  markazdan  qochma 

mashinalarni ta‘mirlashga о‗xshashdir. Ularning alohida xususiyati shundaki, ularning 

og‗irligi  va  aylanish  tezligi  yuqori,  bu  esa,  tirqishlarning  о‗rnatilgan  kattaliklari  va 

disbalansni

, nuqsonlarni aniqlashda alohida mas‘uliyat qо‗yilishini talab qiladi.  

Kо‗pincha  podshipniklar  ta‘mirlanadi,  ularning  yemirilishiga  bо‗lgan  chegara  xuddi 

boshqa  detallarnikidek,  tayyorlovchi  zavod  pasportida  kо‗rsatilagan  bо‗ladi. 

Turbokompressorlarda rotorning radial va о‗qli siljishiga bо‗lgan chegaralar juda katta 

emas,  shuning  uchun  ularni  saqlash  uchun  har  bir  ta‘mirlashdan  sо‗ng  detallarni 

о‗lchamiga yetkazish va qismlarni moslashtirish zarur. 




 

486 


Gorizontal  ajratgichli  kompressor  yoki  gazoduvkalarning  ichki  detallarini 

ta‘mirlash va kо‗rikdan о‗tkazish uchun qopqoq ochiladi va rotor yaxlitligicha chiqarib 

olinadi.  Bu  ish  juda  ehtiyotkorlik  bilan  bajariladi.  Qobiqdagi  va  valdagi  labirintli 

zichlagichning  qirralari  shikastlanmasligi  kerak.  Disklarni  rotor  konsturksiyasida 

kо‗rsatilgan  ketma-ketlikda  qismlarga  ajratiladi.  Disklarning  kuraklarini  (ishchi 

g‗ildiraklarini)  shtampovkalangan  holat  yoki  disk  teshiklariga  qо‗yiladigan  shipalar 

bilan  birgalikda  frezerlash  yо‗li  bilan  tayyorlanadi.  Kuraklar  diskka  parchinmixlar 

yordamida  mahkamlanadi.  Mahkamlangandan  sо‗ng  kuraklarda  teshiklarning  borligi 

tekshiriladi (ayniqsa, chetki va profil uchastkalarda). Kо‗zga kо‗rinmaydigan darzlarni 

lupa yordamida kerosin va mel bilan surkalgandan sо‗ng aniqlanadi. Teshiklari bо‗lgan 

barcha  kuraklar  va  kirgizmalar  yangilari  bilan  almashtiriladi.  Egiluvchan, 

pachaqlangan kuraklarni tо‗g‗irlash va shlifovkalash kerak. 

Montaj  va  ta‘mirlash  vaqtida  zichlagich  qismlarini  alohida  diqqat  bilan 

tekshirish  zarur.  Yupqa  metall  lentalardan  ishlangan  labirintli  zichlagich  qirralari 

vallarda chekankalanadi. Kompressor ishlashida turli sabablarga kо‗ra rotor pazlaridan 

chiqib ketishi mumkin, shuning uchun ularni mustahkam chekankalash zarur. Ba‘zan 

zichlovchi  halqalar  deformasiyaga  uchraydi,  darzlar  paydo  bо‗ladi  va  zichlovchi 

halqalar  buzilishi  mumkin  yoki  zichlovchi  halqalar  sezilarli  chuqurliklarga  duch 

kelishi  mumkin.  Zichlash 

nuqsonlarini  о‗lchashlar  yо‗li  bilan  aniqlanadi.  Avval 

zichlovchi  halqalarning  konsentrikligi,  keyin  gorizontal  va  vertikal  kesimlardagi 

tirqishlar  aniqlanadi

.

  Agar  yig‗ilgan  rotorda  disbalans  aniqlansa.  Har  bir  disk  alohida 



balansirovkaga duch keladi. Yangidan yig‗ilgan rotor statik va dinamik balansirovkaga 

tekshiriladi.  Har  bir  ta‘mirlashdan  sо‗ng  moy  uzatish  sistemasining  sozlanganligiga 

ishonch hosil qilish kerak. 

 


Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish