17.6-rasm. TVM mexanizatsiyalashgan quvur tashigich
.
AО‗Q (avtomatik о‗lchov qurilmalariga) xizmat kо‗rsatish agregati guruhli
о‗lchov qurilmalariga va siquv nasos stansiyasiga hamda boshqa shunga о‗xshash
texnologik qurilmalarga texnik xizmat kо‗rsatishga mо‗ljallangan.
17.2.Konlarda qо„llaniladigan kо„targichlar va kо„taruvchi mashinalar
Kо‗targich-mexanik chig‗ir, traktorga, avtomobilga yoki ramaning о‗ziga
alohida montaj qilinadi. Birinchi holatda yuritma-chig‗irga tortish kuchi traktorning
dvigatelidan, avtomobilidan beriladi. Qolgan holatlarda esa mustaqil holatda ichki
yonuv dvigatelidan yoki elektr dvigatelidan beriladi.
Agregat-kо‗targichdan farq qiladi, kо‗tarish va tushirish jarayonlarini amalga
oshirish uchun minora va mexanizmlar bilan jihozlanadi. ―AzINmash-43P‖, ―APT-8‖,
AzINmash-43A‖, Bakinets-3M‖, A50U, UPT, ―AzINmash-37‖ traktorga о‗rnatilgan
kо‗targichlar kо‗proq qо‗llaniladi. AzINmash-43P traktoriga о‗rnatilgan kо‗targich-
kо‗taruvchi inshoot bilan jihozlangan bо‗lganda quduqlarda yer osti ta‘mirlash
ishlarini
amalga
oshirishda
qо‗llaniladi. Kо‗targich о‗zi harakatlanadigan
mexanizatsiyalashtirilgan chig‗irdan iborat, T-100MZBGS yoki T-100MZ
botqoqliklarga moslashtirilgan zanjirli traktorga montaj qilingan.
Kо‗targichning
bajaruvchi mexanizmlarini harakatga keltirish-elektr pnevmatik usulda amalga
oshiriladi. Chig‗irni tо‗xtatishni boshqarish– mexanik qо‗ldastakli, pichoqli pnevmatik
holda amalga oshiriladi, qolgan barcha mexanizmlarni boshqarish-mexanik holda
amalga oshiriladi. Kо‗targichning pnevmo (damlash) tizimini havo bilan ta‘minlash
dvigatelning kapotini tagiga avtomobil kompressori о‗rnatilgan va dvigatel
shamollatgichning shkividan yuritma harakatini oladi. Agregatning massasi-18,2 t,
quduqlarga xizmat qilish chuqurligi 1500 m.dan 6400 m.gacha (NKQning
473
diametrining о‗lchami 114 mm.dan 48 mm.gacha). LPT kо‗taruvchi chig‗ir 16.7-
rasmda keltirilgan.
Bu kо‗targichning montaj qilish bazasi sifatida T130M3 zanjirli traktor
hisoblanadi va chuqurligi 2500 m.gacha bо‗lgan quduqlarni ta‘mirlashni ta‘minlaydi.
Kо‗taruvchi chig‗irning ososiy tugunlariga quyidagilar kiradi: transmissiya,
elektr pnevmatik chig‗ir; pnevmatik boshqaruv pulti; rotorning yuritmasi, tirgakli
domkratlar va xavfsizlikni ta‘minlaydigan g‗altak.
Bir barabanli chig„ir
Chig‗ir blokining hamma tugunlari va mexanizmlariga: yig‗ma baraban vali,
transmissiya vali, tormozlash tizimi, xrapovik qurilmasi, tal blokini kо‗tarishini
chegaralagich, kojux va chegaralagichlar qutili kо‗rinishdagi yaxlit payvandli
staninaga yig‗ilgan. Barabanni ishga qо‗shish tormoz shaybasini ichiga о‗rnatilgan va
barabanga mahkamlangan friksion mufta orqali amalga oshiriladi. Baraban valining
о‗ng uchiga shpilkali xavfsizligini ta‘minlaydigan g‗altak о‗rnatilgan, chap uchiga-
rotorni harakatga keltiriladigan zanjirli halqa о‗rnatilgan. Quvurlar birikmasi yoki
shtangani uzoq vaqt ushlab turish uchun chig‗irga xrapovik qurilmasi о‗rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |