O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov


 Quduqlarda tadqiqot olib borishning zamonaviy asboblari va о„lchash



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

15.2. Quduqlarda tadqiqot olib borishning zamonaviy asboblari va о„lchash 

texnika 

Quduqlarda  tadqiqot  olib  borish  yuqori  darajada  ishonchli  bо‗lishi  uchun 

oqimning  uchta  yoki  tо‗rtta  barqaror  rejimlarida  tadqiqotlar  olib  boriladi.  Har  bir 

rejimda suyuqlik debiti, gaz debiti, qatlam va quduq tubining bosimlari  о‗lchanadi. 

Quduqda  debit  guruhli  о‗lchash  qurilmalari  (GUK)  da,  gaz  esa-gaz  sarf 

о‗lchagichlar yordamida о‗lchanadi. 

Qatlam  va  quduq  tubida  bosim  har  bir  rejimda  chuqurlik  manometrlari 

yordamida о‗lchanadi. Kon sharoitida chuqurlik manometrlari va difmonometrlarning 

quyidagi turlari qо‗llaniladi: geliksli, prujina- porshenli, diffirensial. 

Chuqurlik  nasosli  quduqlarda  quduqning  tubi  bosimi,  quduq  uncha  chuqur 

bо‗lmaganda  kichik  gabaritli  chuqurlik  manometrlar  yordamida  о‗lchanadi.  Bunda 

quduq  usti  ekssentrik  planshayba  bilan    jihozlanadi.  Nasos-kompressorning  pastki 

qismi-chiroq  bilan  jihozlanadi.  Bunday  holatda  chuqurlik  manometri  planshayba 

teshigi yordamida quvur orqa fazosi orqali tushiriladi. 

 

Chuqur  quduq  nasoslari,  elektr  markazdan  qochma  botma  nasos  bilan 



jihozlanadi,  liftli  chuqur  yoki  distansion  manometrlar  bilan  birgalikda  tadqiqot  olib 

boriladi.  Qazib  oluvchi  quduqlarda  oqim  profilini  aniqlash  yoki  haydovchi 

quduqlarning  sarfini  aniqlashda  chuqurlik  debit  о‗lchagich  –  sarf  о‗lchagichlardan 

foydalaniladi. 

Ishlovchi  asboblar  quduqlarga  tushiriladi,  qirqim  bо‗yicha  debitni  yoki  sarfni 

taqsimlanishini  ruyxatga  oladi.  Umumiy  debitning  kattaligini  yoki  suyuqlik  sarfini 




 

410 


guruhli  о‗lchash  qurilmasi  (GUK)  da  yoki  yer  usti  sarf  о‗lchagichi  yordamida 

о‗lchanadi. 

Minimal qalinlikdagi qirqim oralig‗ida, qaysiki debit yoki sarflar о‗lchanadi. Bir 

necha marta debit о‗lchangandan keyin-sarf о‗lchagichlar quduqqa nasos kompressor 

quvurlari  yordamida  tushiriladi,  boshqalari  esa  quduqqa  elektr  kabeli  yordamida 

tushiriladi. 

Qatlam  qirqimidagi  haroratning  о‗zgarishi  distansiyali  uzatiladi  va  qog‗oz 

tasmaga  yoziladi.  Neftni  qazib  olish  usuliga  muvofiq  tadqiqotni  о‗tkazishdan  oldin 

quduq usti mos holdagi armatura bilan jihozlanadi. 

Favvora va gazlift quduqlariga nasos kompressor quvurlari orqali asboblarni tushirish, 

quduqning  buferida  ortiqcha  bosim  bо‗lganda  amalga  oshiriladi.  Bunday  holatda 

harakatdagi  quduqlarga  о‗lchov  asboblari  maxsus  germetikli,  sal‘nikli  qurilmalar 

orqali tushiriladi-bu lubrikator deb ataladi (15.1-racm). 

Lubrikator  korpusdan  (1)  iborat  bо‗ladi,  u  bufer  qulfi  (2)  flanetsning  yuqori 

qismiga  о‗rnatiladi  va  о‗lchami  quduqqa     tushirish uchun  (3)  asbobning о‗lchamiga 

mos kelishi kerak. Korpusni yuqori uchida sal‘nikli qurilma (4) mavjud va kronshteyn 

(6)  yо‗naltiruvchi  rolikni  ushlab  turadi.  Lubrikatorda  oqimni  qо‗yuruvchi  kran  (7) 

mavjud va oqimning о‗zgarishini (8) muvozanatlaydi. 

Lubrikator  quduq  ustuniga  zulfin  (2)  berkitilganida  tо‗xtamasdan  va  favvora 

yoki gazlift qudug‗ining ish rejimini buzmagan holda amalga oshiriladi. Bu vaqtda neft 

yon tashlagichga (9) yо‗naltiriladi. 

Quduqqa  asbobni  tushirishdan  oldin  sal‘nik  (4)  qopqog‗i  ochiladi,  qaysiki,  u 

orqali  karotaj  kabeli  tortiladi  yoki  sim.  Chuqurlik  asbobi  simga  ulanadi,  lubrikator 

korpusiga  kiritiladi  va  sal‘nik  qopqog‗i  (4)  buraladi.  Simga  yо‗naltiruvchi  rolik  (6) 

о‗raladi, kо‗taruvchi chig‗iriq barabaniga boradi. Lubrikator yig‗ilgandan sо‗ng zulfin 

(2) ochiladi, bosim tenglashtiriladi va asbob quduqqa tushiriladi. О‗lchab bо‗lingandan 

sо‗ng asbob kо‗tariladi va lubrikator korpusiga kiritiladi, zulfin (2) yopiladi, bosimlar 

tenglashgandan keyin ventil (7) yordamida sal‘nikli qopqoq ochiladi va asbob olinadi. 

Quduqda  debit  yuqori  bо‗lganda  (200  va  katta  t/kun)  asbobni  tо‗ldirish  qiyin, 

suyuqlikning  oqimining  gidravlik  bosimiga  qarshilik  kо‗rsatishi  sababli,  asbobni 




 

411 


quduqqa  tushirishga  xalaqit  beradi.  Bunday  holatda  о‗lchovchi  asboblarga  shtanga 

kо‗rinishidagi  yuk  osiladi.  Kо‗pgina о‗lchov asboblari,  ya‘ni  chuqurlik  manometrlari 

harorat  о‗lchagichlar,  namuna  olgichlarning  hammasi  asbobning  ichiga  alohida 

о‗rnatiladi.  Bunday  asboblar  quduqqa  diametri  1,8-2,2  mm  pо‗lat  simlar  yordamida 

tushiriladi.  Oraliq  masofadan  о‗lchaydigan  hamma  asboblar  va  debit  о‗lchagichlar 

uzoq masofadan boshqariladi, pakerni ochadi va yopadi hamda ingichka elektr kabelda 

quduqqa tushiriladi. 

 


Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish