16
KIRISH
Respublikamizda neft va gaz qazib olish samaradorligini oshirishning
istiqbolli yo‗llarini qidirish, yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish,
konlarni ishlatishning samarali yo‗llarini joriy etish, qatlam bosimini saqlash,
qoldiq neft mahsulotlarini qazib olishda samarali texnologiyalarini qo‗llash kabilar
orqali xalq xo‗jaligi uchun ko‗proq miqdordagi mahsulot yetkazib berish bugungi
kunda mutaxassislarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Ushbu darslik konlardan neft qazib olishda qo‗llaniladigan jihozlar, ularni ishlatish,
neft qazib olishni oshirishda qo‗llaniladigan usullar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z
ichiga qamrab olgan.
Darslikda neft uyumlarini favvora va gazlift usulida ishlatish, quduqlarni
jihozlash va o‗zlashtirish to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, favvora quduqlarini
o‗zlashtirish usullari va undagi murakkabliklar hamda ularni bartaraf etish
choralarini qo‗llash bo‗yicha tadbirlar ko‗rib chiqilgan. Quduqlarni gazlift usulida
ishlatish jihozlarining tartibi va kontruksiyalari, montaj qilish va ekspluatatsiyasi
bo‗yicha yutuq va kamchiliklari bayon qilingan.
Quduqlarni ishlatishda qo‗llaniladigan shtangali chuqurlik nasoslarining turlari,
ishlatish tartibi, nasoslarning tarkibiy qismlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, nasoslarni
ishlatishda qo‗llaniladigan quduq usti jihozlari, ularning tuzilishi, ishlatish rejimi va
hisoblash tartiblari yoritilgan. Nasos qurilmasini tadqiqot qilish va ishlatish davrida
sodir bo‗ladigan murakkabliklarni bartaraf qilish bo‗yicha ko‗rsatmalar keltirilgan.
Ikki va ko‗p qatlamli quduqlarni ishlatish bo‗yicha tushunchalar, neft, gaz va
kondensat konlarini ishlatish bo‗yicha kompleks tadbirlar, rejimlar va ishlatish
bosqichlari, tushunchalar bayon qilingan.
Neft konlarini ishlatishning samaradorligi va neft beruvchanlikni oshirish uchun
mahsuldor qatlamga ta‘sir etish jihozlari to‗g‗risida ma‘lumotlar hamda konni
ishlatishning xususiyatidan kelib chiqqan holda qo‗llash kabilar batafsil tartibli
ketma-ketlikda keltirilgan. Neftberaoluvchanlikning asosiy omillardan biri
mahsuldor qatlamda quduq tubi zonasidagi kollektorlarning o‗tkazuvchanlik
xususiyatining yomonlashish sabablarini o‗rganish va shu bilan birgalikda
17
neftberaoluvchanlikni oshirishda qo‗llaniladigan texnologik
ko‗rsatmalar
to‗g‗risidagi mulohazalar bayon qilingan.
Neft va gazni qazib olishda qo‗llaniladigan jihozlar inshootlar va uskunalarning
ishlatish prinsiplari, guruhlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, quduq usti jihozlari va
ularni takomillashtirish bosqichlari, nasos-kompressor quvurlari to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar, ularni montaj qilish ishlari bo‗yicha ma‘lumotlar berilgan.
Konlarda tadqiqot olib borishda qo‗llaniladigan asboblar va o‗lchash
texnikalarining turlari va ishlatish tartibi quduq ichida o‗lchash ishlarini amalga
oshirishda foydalaniladigan sarf o‗lchagichlar, distansiyali boshqariladigan
manometr va termometrlar hamda bir qator asbob uskunalarning majmuasi
bo‗yicha tushunchalar bayon qilingan. Mahsuldor qatlamga issiqlik usulida ta‘sir
etish, ularni yuqori qovushqoqlikka ega bo‗lgan neft konlarida qo‗llash
imkoniyatlari va amalga oshirish tartibi bo‗yicha ma‘lumotlar ketma-ketligi
yoritilgan.
Quduqlarni ishlatish samaradorligini oshirish uchun ishlatish davrida tadqiqot
ishlarni olib borish, quduq mahsulotini qazib olish ko‗rsatkichiga ta‘sir etuvchi
omillarni o‗rganish, quduq mahsuldorligini oshirish rejimini ishlab chiqish va
quduqlarni ta‘mirlash ishlarini amalga oshirish bo‗yicha ham ma‘lumotlar berilgan.
Darslik ba‘zi kamchiliklarga ega bo‗lishi mumkin. Shuning uchun muallif
kitobxonlar tomonidan bildirilgan e‘tirozli fikr va mulohazalarni qabul qiladi
hamda ularga avvaldan o‗zining minnatdorchiligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: