2.7. Mexanizmlari, moslamalari va asboblarning montaji
Uskunalarni texnologik montaj qilish eng kam xarajat talab qiladigan kuch
va vositalarda montaj qilishning eng rasional usullarini ta‘minlovchi tegishli
mexanizmlar, moslamalar va asboblarni tanlashni kо‗zda tutadi.
Montajning texnik vositalarini tanlash asoslangan bо‗lishi kerak, ularning
narxlarini hisobga olish zarur. Montaj narxini barcha о‗lchovlarda kamaytirish
zarurligini nazarda tutgan holda, agar zarurati bо‗lmasa, mexanizasiyaning noyob
vositalaridan foydalanish shart emas[9].
Yuk kо‗taruvchi kranlar. Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlaridagi
uskunalarni montaj qilishda turli, о‗z-о‗zidan barqaror yuk kо‗taruvchi kranlar
keng qо‗llaniladi. Bu kranlar katta va turli yо‗nalishda harakatchanligi, hamda
yuqori ish unumdorligi bilan xarakterlanadi. Kranlarning afzalligi shundaki,
ulardan foydalanganda, qiyin tayyorgarlik ishlarini bajarishning zarurati
sezilmaydi. Bularning hammasi yuk kо‗taruvchi kranlar boshqa kо‗tarish
mexanizmlarini (machtalar, vint kranlari va h.) sekin-asta siqib chiqaradi.
Montaj maydonchasida asosan о‗zi yurar, strelali kranlar qо‗llaniladi.
Uskunalar bazasida, shuningdek, loyihada kо‗zda tutilgan bо‗lsa, yuk kо‗tarish
63
operasiyalari minorali, machtali, chorpoyali va kо‗prikli kranlarda, shuningdek
derrik-kranlarda va kabel-kranlarda bajarilishi mumkin.
О‗rmalovchi, zanjirli kranlarning yuk kо‗tarishi 1 MN ga yetadi. Ular yaxshi
harakatchanligi bilan xarakterlanadi va har qanday maydonchada yengil siljiydi.
Baland bо‗lmagan uskunalarni poydevorga о‗rnatish va uskunalarni kо‗chirish
uchun gusenisali traktorlar asosida tayyorlangan truba-taxlagichlar qо‗llaniladi.
О‗zi yurar strelali kranning ruxsat etilgan yuk kо‗tarishi, uning ishchi
xarakteristikasiga mos kelgan strela uzunligi va quloch kattaligi bilan aniqlanadi.
Yuk og‗irligi va moslamali strela og‗irligi yuzaga keltiradigan ag‗daruvchi
moment, kranning ishlashi vaqtida shamol kuchi va tushayotgan kuchni
tormozlangandagi yuzaga keladigan inersion kuch hisobiga kattalashadi.
Shuning uchun, kran og‗irligi va qarama-qarshi og‗irlik orqali yuzaga
keladigan ushlab turuvchi moment, ag‗daruvchi momentdan, kamida 1,4 marta
kо‗p bо‗lishi kerak. Ushlab turuvchi momentni ag‗daruvchi momentga nisbati
barqarorlik zahirasi deb ataladi.
Machtalar. Yuk kо‗taruvchi kranlar chegaralangan yuk kо‗tarish va kо‗tarish
balandligiga ega. Bundan tashqari, texnologik qurilmaning jihozlar va trubalar
bilan yig‗ilganda, gabarit о‗lchamlari nisbatan katta bо‗lgan kranlar har doim ham
montaj maydonchasi hududiga sig‗maydi. Bunday vaqtlarda baland va og‗ir
uskunalarni yoki metall konstruksiyalarni montaj qilish uchun machtalar
qо‗llaniladi.
Machtalar kranlarga qaraganda birmuncha arzonroq, lekin, ularni ishga
tayyorlash, ya‘ni kо‗chirish, birlashtirish, uzaytirish, tо‗xtatish, kо‗tarishi va
mahkamlash, uzoq vaqt talab qiluvchi va bajaruvchilardan yuqori malakali
bо‗lishlarini talab qiluvchi о‗ta muhim sermehnat operasiyalarni о‗z ichiga oladi.
2.5-rasmda yuk kо‗tarish machtasi sxemasi kо‗rsatilgan. Vertikal holatda
machtani vintlar ushlab turadi. Ular bir uchidan machta kallak qismiga (yuqori
uchiga), ikkinchi uchidan – barqaror qotirilgan langarlarga (yoki qо‗zg‗almas)
mahkamlanadi. Machtaning qolgan qismiga yuk polispastining qо‗zg‗almas bloki
ham mahkamlanadi. Uning qochuvchi pо‗lat trosi machtaning asosi tomon, pastga
64
harakatlanadi; pо‗lat trosga olib ketuvchi blok mahkamlangan bо‗lib, u trosga
baraban lebedkasigacha bо‗lgan gorizontal masofani ma‘lum qiladi.
Langarlar qoziqli, chuqurlashtirilgan (tо‗ldiriladigan) va inventarli bо‗ladi.
Qoziqli langarlar bir necha qoziqlardan iborat bо‗ladi, ular yerga 1,5m chuqurlikka
qoqiladi; ular 1,5 MN gacha kuchga chidamlidir. Chuqurlashtirilgan langarlar
pо‗lat quvurlardan yasalgan betonga qotirilgan yoki yerga biriktirilgan paketlardan
iboratdir. Personal yoki inventar yakorlar – bir nechtasi ustma-ust taxlanadigan,
0,75 MN og‗irlikdagi og‗ir temir-beton prizmalarni qо‗llash qulaydir. Ular katta
ishqalanish kuchini yuzaga keltirishga qodir va puxta qotirishni ta‘minlaydi.
Ba‘zida prizmalarni yerga u qadar chuqur joylanmaydi. Bu ularning barqarorligini
yanada oshiradi.
Konstruksiyasi bо‗yicha oddiy bо‗lgan machtalar – quvurli machtalardir.
Ular о‗ralgan quvurlardan tayyorlanadi. Yuk kо‗tarish 0,25 MN bо‗lganda,
diametri 600 mm bо‗lgan bir quvurli machtalar qо‗llaniladi, 0,25 dan 0,8 MN
bо‗lganda – uch quvurli va tо‗rt quvurli sigarasimon machtalar qо‗llaniladi.
Quvurlarni polosali (listli) pо‗latdan yasalgan chambaraklar bilan bog‗lanadi va
burchaklaridan mahkamlab ham qо‗yiladi. Tо‗rt trubali machtalarda uchlari bir-
biriga zich о‗tirgan uchta quvurlar, о‗rta uchastkada tо‗rtinchi kalta quvurni ilib
oladi.
Machtaning tayanch qismini durralar bilan kuchlantirilgan qattiq plita
kо‗rinishidagi yoki sharnir kо‗rinishida tayyorlanadi. Sharnir machtaning egilishiga
imkon yaratadi, bu esa takelaj(tashish ortish ishi) ishlarini olib borish uchun juda
zarurdir. 2.5-rasm bir quvurli, uch quvurli va sigarasimon machtalarning asosiy
qismlarini va umumiy kо‗rinishini ifodalaydi.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |