Qatlamni alohida ishlatish jihozlari (AIJ) yer usti va quduq ichi tugunlaridan
boshqalardan tashkil topgan bо‗ladi, quduqning ustini germetiklash,harakatni uzatish
Yer osti tugunlari qatlamlarning germetikligini, belgilangan hajmdagi debitni
Turkumli ishlab chiqariladigan jihozlardagi paker –kerakli element hisoblanadi
353
―Favvora-favvora‖ sxemasida neft qazib oluvchi quduqlarda qо‗llaniladigan
qurilma ikki xil bо‗ladi: ikkita parallel joylashgan NKQlari UF2P (UQE, UFP, UFP2)
turida va NKQlari konsentrik joylashtirilgan-UVLG qurilmasi bо‗lib, bu qurilma
gazlift usulida ishlatilgan quduqning ichiga о‗rnatiladi.
UF2P turidagi qurilma (12.1-rasm) 116 va 168 mm.li diametrdagi ishlatish
tizmasi uchun mо‗ljallangan va unga mos keladigan NKQning ruxsat etilgan
diametrlar 48x48, 60x60, 73x48 mm.
Qatlamlarni energetik zaxiralari favvoralanishni ta‘minlaganda konni ishlatish
davrida ―favvora-favvora‖ sxemasidan foydalaniladi.
Bunday sxemadan foydalanilganda qatlamning mahsuloti yer ustiga bir- umumiy
kanal orqali yoki alohida kanal orqali kо‗tariladi va ularning soni ishlatiladigan
qatlamlarning soniga teng bо‗lishi kerak. Ishlatish tizmasida parallel yoki konsentrik
joylashtirilgan NKQ tizmasining kanalidan foydalaniladi.
Jihozlarning eng soddasi sxemasiga (12.2-rasm) paker (8) kirib, u mahsuldor
qatlamlar (7,9) va NKQning tizmasini (5) oralig‗iga joylashtiriladi. Yuqoridagi qatlam
halqa kanali orqali (6), pastki qatlam esa NKQ (5) tizmasining kanali orqali ishlatiladi.
Pakerni о‗rnatishda va olib chiqarib olishda NKQning tizmasidan foydalaniladi.
Favvora armaturasiga zulfinlar о‗rnatiladi, tizmaning ichki bо‗shlig‗i bilan
tutashtiriladi va suyuqlik olishning rejimini boshqarish shtuserlar (3,4) yordamida
amalga oshiriladi.
Qatlamdagi suyuqlik NKQning bir tizmasi orqali kо‗tarilganda ikki pakerli
sxemadan foydalaniladi. Bunda pakerlarning har biri qatlamning shipiga о‗rnatiladi.
Suyuqlik qatlamdan NKQ tizmasining ichki bо‗shlig‗iga teskari klapan va
shtuserlar orqali kirib keladi va aralashadi, yer ustiga kо‗tariladi. Teskari klapanlar
qatlamdan qatlamga suyuqlikni о‗tib ketishiga yо‗l qо‗ymaydi, shtuserlar har bir
qatlamdn olinadigan suyuqlikni boshqarish uchun xizmat qiladi.
Quyidagi 12.3-rasmda bir quduq orqali bir nechta qatlam bir vaqtda alohida
ishlatishning sxemasi keltirilgan.
Bir sxemada ikkita qatlamlarni ishlatishda past bosimli qatlamdan qazib olishda
oqimni jadallashtirish uchun yuqori bosimli qatlamning energiyasidan foydalaniladi.
354
Paker NKQ tizmasi bilan nasosning oralig‗iga о‗rnatiladi. (12.3-rasm). Ulardan
yuqoriga oqimli nasos о‗rnatiladi. Yuqoridagi (I) past bosimli qatlamdan suyuqning
oqimini olishda (II) qatlamdagi yuqori bosimdan foydalaniladi. Tо‗g‗ri va teskari
sxemalarda ishlovchi yuqori bosimli va past bosimli qatlamlarni о‗zaro joylashuviga
bog‗liq holda injektorlar qо‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: