almashinuv tizimi orqali mitoxondrial kalsiyning tashqariga va ichkariga intensiv
transporti ta‘minlanadi. Bu transport tizimida bir qancha gormonlar, metabolitlar
19
va boshqa faktorlar bevosita ishtirok etadi. Ushbu faktorlarning ayrimlari induktor
vazifasini bajarsa, boshqalari ingibitor sifatida ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday induktorlar
safiga fosfofenolpiruvat, shavelsirka kislotasi, glyukokortikoidlar, qator pestisidlar
va boshqa birikmalar kiradi. Mitoxondriyalardagi Сa
2+
ning tashilishida bu
agentlarning ta‘sir mexanizmi klassik umumlashtirgichlar-prtoforlar, ionoforlar va
nafas yadlardan farq qiladi, qaysiki membrana potensiali pasaysa, mitoxondriyadan
Сa
2+
ning chiqishini oshiradi.
Са
2+
ning mitoxondriyadan chiqishi uning yuqori konsentrasiyalarida sodir
bo‗ladi, Сa
2+
ni o‗tkazuvchi bunday kanallarni ruteniy qizili yoki uning hosillari
bloklab qo‗yadi. Сa
2+
ning mitoxondriyadan chiqishi nafas olishni tezlashtiradigan
va mitoxondriyaning yuqori amplitudada N
+
ga to‗yinishi bilan amalga oshadi. 1
mg oqsilga 100 nM Сa
2+
ning qo‗shilishi ―umumiy‖ nafas olishga chaqiradi, bunda
mitoxondriyadan Ca
2+
chiqib, ichki membrananing siklosporinga sezgir Ca
2+
bilan
boshqariluvchi poralar (SsA-sezgir poralar yoki Сa
2+
-ga bog‗liq megakanal) ning
yuqori o‗tkazuvchanlik holatida membrananing o‗tkazuvchanligini oshiradi
(Асраров, Камбурова, 2001; Чулиев, 2005).
Shunday qilib, noorganik fosfat ishtirokida mitoxondriyalarda Ca
2+
ning
to‗planishi ichki membranada molekulyar og‗irligi 1500 D gacha ionlar va gidrofil
molekulalarni o‗tkazib yuboruvchi selektiv bo‗lmagan poralar (kanallar) hosil
bo‗ladi.
SsA-sezgir pora megakanal bo‗lib, u asosan ichki membranada joylashgan,
ammo oxirgi ma‘lumotlarga tayanadigan bo‗lsak, ular har ikkala membranani bir-
biri bilan bog‗lab turadi hamda murakkab tuzilishga ega. Undan 1200 pS gacha
bo‗lgan ion va molekulalar bemalol o‗ta o‗ladi. Uning diametri 2 nm ga teng.
Ushbu megakanal haqidagi dastlabki mukammalroq ma‘lumotlar 1979 yilda
Xavort va Xunterlar tomonidan aytiladi (Havorth, Hunter, 1979). Ular
mitoxondriyalarning kalsiy ishtirokida Сa
2+
-indusirlangan bo‗kishini aniqladilar.
Ushbu fenoment asosida ko‗pgina ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda va bu
20
jarayonga ta‘sir ko‗rsatuvchi aktivator va blokatorlar sifatida ta‘sir ko‗rsatuvchi
biologik faol birikmalarning ta‘sir mexanizmlari o‗rganildi va o‗rganilmoqda.
Shuningdek, adabiyot manbalarida ko‗rsatilishicha, mitoxondriyalar-ning
apoptoz va nekrozda ishtiroki juda katta. Aniqrog‗i, bu jarayonlarning amalga
oshishida
asosiy
organoid
bu
mitoxondriyalardir.
Mitoxondriya
ichki
membranasidagi ion kanallari patologik ta‘sir ko‗rsatuvchi turli xildagi faktorlar
uchun mishen hisoblanadi. Kuchli ta‘sir natijasida mitoxondriyalar ichki
membranasida joylashgan SsA-sezgir poralar tezda zararlanib, ochiq konformasion
holatga o‗tadi. Natijada normal transport jarayoni izdan chiqib, mitoxondriyaning
bo‗kishi yuzaga keladi. Keyin ular yorilib ichidagi apoptotik va nekrotik qoldiqlar
sitoplazma bo‗shlig‗iga chiqariladi, bu zaharli qoldiqlar yadroga ta‘sir ko‗rsatadi
va hujayra apoptotik yoki nekrotik o‗limi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: