5.2
|
Homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida parvarish qilish, qon ketishida feldsherning vazifalari va shoshilinch yordami.
|
Amaliy mashg‘ulot akusherlik majmualarining tug‘ruq bo‘limlarida, ginekologiya bo‘limlarida o‘tkaziladi. O‘qituvchi bola tashlashda ayolga shoshilinch yordam berishda, abortga qarshi chora-tadbirlar o‘tkazish ishlarida feldsherning vazifalari bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. Xotin-qizlar maslahatxonalari, tug‘ruq majmualarining homiladorlik patologiyasi bo‘limlarida mustaqil ishlash, muolajalarni mustaqil bajarish, bo‘lim hujjatlarini rasmiylashtirishni o‘rganish, shoshilinch xolatlarda tez tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganadi Amaliy mashg‘ulot tug‘ruq bo‘limlarida o‘tkaziladi. O‘quvchilar tug‘ruq yo‘llarining turli xil shikastlanishlariga sabab bo‘lgan tug‘ruqtarixi bilan tanishadilar va muammoli vaziyatdan masalalarni yechadilar.
Yo‘ldoshning oldinda joylashganligini va barvaqt ko‘chishi asorati bilan kechgan tug‘ruq tarixlarini klinik taxlil qiladilar.Homilador ayollardan qon ketganda shoshilinch yordam berishda va ularni parvarishlashda ishtirok etadilar. Oilaviy poliklinikalarida qon ketishga xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar bilan ishlab, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va patronaj ishlari bilan shug‘ullanishadi.
|
6
|
6
|
6
|
5.3.
|
Xomila tug‘ilishi va ilk chilla davri patologiyasida feldsher akusherning vazifalari
|
O‘quvchilar homiladorlik patologiyasi bo‘limida homila tushish xavfi bo‘lgan ayollarni kuzatishadi va uni saqlash rejasi bilan tanishadilar. Chala tug‘ilgan bolalarni kyuvezda parvarish qilish qoidalari bilan tanishadilar va parvarish qilishda hamshiralarga yordam beradilar. Akusherlik postida ishlaydi, «Abortning zarari», «Alkogol, tamaki va dori-darmonlarning homiladorlikka ta’siri» mavzularida suhbatlar o‘tkazadi. Homilador ayolni ko‘rikdan o‘tkazadi, homiladorlik muddatini aniqlaydi, muddatidan o‘tgan homiladorlik belgilarini aniqlaydi. Homiladorlikning muddatidan o‘tganligi belgilarini plasenta, kindik va qog‘onoq suvlarining xarakterga qarab aniqlashni o‘rganadilar. Chala va kechikib tug‘ilgan bolalarni parvarishlashda qatnashadilar.
O‘quvchilar tug‘ruq bo‘limida tuqqan ayollarning bachadon bo‘ynini va qin devorlarini asbob-anjomlar yordamida ko‘zdan kechirishda, chot sohasiga chok qo‘yishda katnashadilar.
Bachadonni ichki-tashqi uqalash, qorin aortasini bosish kabi muolaja texnikasini o‘zlashtirish. O‘quvchilar mavzu bo‘yicha tug‘ruq tarixini tahlil qiladilar. Tug‘ruq majmuasining tug‘ruq blokida mustaqil ishlash, muolajalarni mustaqil bajarish va tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish.
|
6
|
6
|
6
|
5.4
|
Tug‘ruq kompleksidagi ishlar
|
O‘quvchilar bo‘limning katta hamshirasi rahbarligida ishlaydilar. Bo‘limning tartibi, ishlash va san-epid tartibi bilan tanishadilar. Shu bo‘limga taaluqli bo‘lgan ko‘rsatmalar va buyruqlarga amal qiladilar. “Tez yordam” markazining akusherlik-ginekologiya bo‘limida, muolaja xonasida, hamshira postida mustaqil ishlash, muolajalarni mustaqil bajarish, bo‘lim hujjatlarini rasmiylashtirishni o‘rganish.
|
6
|
6
|
4
|
5.5
|
Ginekologiyada o‘tkir qorin sindromida shifokorgacha bo‘lgan tez tibbiy yordam ko‘rsatish
|
Amaliy mashg‘ulot ginekologiya bo‘limi va klinika oldi amaliyot xonasida o‘tiladi. O‘qituvchi orqa gumbaz punksiyasiga ko‘rsatmalar va bajarish texnikasini o‘quvchilarga o‘rgatadi. Bo‘limlarda o‘quvchilar bemor ko‘rigida, orqa gumbaz punksiya qilish uchun ishlatiladigan asboblarni tayyorlashda ishtirok etishadi. Bo‘limlarda o‘quvchilar vrach ko‘rsatmalarini bajarishda hamshiraga ko‘maklashadilar, bemorlarni davolashda va operasiyaga tayyorlashda ishtirok etadilar. Operasiyadan keyin bemorlarni parvarish qilishda qatnashadilar. “Tez yordam” markazining ginekologiya bo‘limida, muolaja xonasida, hamshira postida mustaqil ishlash, muolajalarni mustaqil bajarish, bo‘lim hujjatlarini rasmiylashtirishni o‘rganish.
|
6
|
6
|
6
|
6.
|
Terapiya bo‘limida ishlash
|
O‘quvchilar bo‘limning katta hamshirasi rahbarligida ishlaydilar. Bo‘limningtartibi, ishlashva san-epidtartibibilantanishadilar. Shu bo‘limgataaluqlibo‘lganko‘rsatmalarvabuyruqlargaamalqiladilar. “Tez yordam” markazining terapiya bo‘limida, muolaja xonasida, hamshira postida mustaqil ishlash, muolajalarni mustaqil bajarish, bo‘lim hujjatlarini rasmiylashtirishni o‘rganish.
|
6
|
6
|
2
|
7.
|
Jarroxlikbo‘limida ishlash
|
Jarroxlik bo‘limida ishlaydigan tibbiyot xodimi o‘z tashqi ko‘rinishi, ozodaligi, o‘zini tuta bilishi, xushmuomalaligi bilan ajralib turishi kerak. O‘kuvchi jarroxlik bo‘limining katta hamshirasi rahbarligi ostida ishlaydi. Shu bo‘limga taaluqli bo‘lgan ko‘rsatmalar va buyruqlar bilan tanishadi; “Tez yordam” markazining jarroxlik bo‘limida, muolaja xonasida, hamshira postida mustaqil ishlash, muolajalarni mustaqil bajarish, bo‘lim hujjatlarini rasmiylashtirishni o‘rganish.
|
6
|
6
|
2
|
8.
|
Pediatriya bo‘limida ishlash
|
O‘quvchilar katta hamshira rahbarligida bemor bolani parvarishlash, ularga o‘tkaziladigan tibbiy muolajalarni bajaradilar. Zarur tibbiy hujjatlarni to‘ldiradilar.
Bolalar kasalxonasining somatik bo‘limida, muolaja xonasida, hamshira postida mustaqil ishlash, muolajalarni mustaqil bajarish, bo‘lim hujjatlarini rasmiylashtirishni o‘rganish.
|
6
|
6
|
2
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |