Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi p. M. Matyaqubova, sh. M. Mаshаripov, X. sh. Jabborov “fan va texnikada o’lchashlar noaniqligi”


– rasm. Oʼlchash natijalarining ishonchliligi va noaniqligini mahsulotni xayotiy bosqichlariga taʼsiri



Download 5,6 Mb.
bet14/81
Sana31.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#521410
TuriУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
2 5199668041977172415

1.4.3 – rasm. Oʼlchash natijalarining ishonchliligi va noaniqligini mahsulotni xayotiy bosqichlariga taʼsiri

Boshqa kalibrlash xizmatlaridan foydalanishda oʼlchashlar kuzatuvchanligibunday xizmatlar oʼz vakolati, oʼlchashlar oʼtkazish layoqati va oʼz oʼlchashlarning kuzatilishini namoyon eta oladigan laboratoriyalar tomonidan koʼrsatilishi bilan taʼminlanishi kerak. Bu laboratoriyalar tomonidan beriladigan kalibrlash haqidagi sertifikatlarda noaniqlik bahosini qoʼshgan holda oʼlchashlar natijalari boʼlishi kerak.


Ushbu kalibrlash turini oʼtkazishga nisbatan O‘z DST/ISO/IEC 17025:2019 standartga mosligiga akkreditlangan kalibrlash laboratoriyasi tomonidan berilgan akkreditlash boʼyicha organ lagotipiga ega boʼlgan kalibrlash haqidagi sertifikat koʼrsatilgan kalibrlash maʼlumotlari kuzatilishning yetarli dalolati hisoblanadi.
Oʼlchash natijalarining ishonchliligi va noaniqligini oʼzaro bogʼliqlikda quyidagicha ifodalash mumkin (1.4.4 - rasm).

O’LCHASH NATIJALARINING SIFATI


O’LCHASHLAR NOANIQLIGI



METROLOGIK KUZATUVCHANLIK

1.4.4 – rasm. Noaniqlik oʼlchash natijalarining muhit komponenti sifatida

SI tizimi birligigacha oʼlchashning kuzatuvchanligi qiymati SI tizimining oʼlchash birligiga mos boʼlgan qiymat chegaralarida maʼlum boʼlgan hamda Oʼlchovlar va tarozilar bosh konferentsiyasi (OʼTBK) hamda Oʼlchovlar va tarozilar xalsaro qoʼmitasi (OʼTXQ) tomonidan tavsiya etilgan tabiiy konstantga havola qilish yoʼli bilan erishilish mumkin.Misol uchun, elektr va magnit kattaliklarning SI birliklari elektromagnit maydon tenglamasining ratsionallashtirilgan shakliga muvofiq hosil qilinadi. Bu tenglamalarga 4π • 10-7 N/m yoki 12,566370614.... • 10-7 N/m (aniq) teng boʼlgan aniq qiymati OʼTBK qarori bilan kiritilgan vakuumning μo magnit doimiysi kiradi. OʼTBKning yangi uzunlik birligi - metrni aniqlash toʼgʼrisidagi XVII qaroriga muvofiq vakuumda yorugʼlik (yassi elektromagnit toʼlqinlar) tarqalish tezligining qiymati s0 299 792 458 m/s (aniq) teng qabul qilingan. Elektromagnit maydonining bu tenglamalariga, qiymati 8,854 187 817 .... 10-12 F/m (aniq) teng deb qabul qilingan vauumning ε0 elektr doimiysi ham kiradi. Djozefson effekti iva Xollning kvant effekti asosida elektr birlik hosilasi oʼlchamlarining aniqligini oshirish maqsadida 1990 y 1 yanvardan 4, 835979• 10-14 Hz/V (aniq) ga teng Djozefson konstantasi [OʼTXQ, 1-tavsiya, 1988y] va 25812,807 Ω (aniq) ga teng Klittsing konstantasining [OʼTXQ, 2-tavsiya, 1988y] shartli qiymatlari kiritilgan.


Oʼz birlamchi etalonlari yoki fundamental fizik oʼzgarmas kattaliklar asosidagi SI birliklar tizimining taqdimotiga ega boʼlgan kalibrlash laboratoriyalari SI tizimiga nisbatan oʼz oʼlchashlarining kuzatuvchanligixakidafakat bu etalon bevosita yoki bavosita boshqa oʼxshash MMI etalonlari bilan solishtirilgan (takkoslangan)dan keyingina xabar berishlari mumkin.
Milliy oʼlchash etalonlarigacha kuzatib borish laboratoriya joylashgan mamlakat MMI xizmatlaridan foydalanishni talab kilishi shart emas.
Аgar kalibrlash laboratoriyasi boshqa mamlakat MMI dan kuzatilishni olishni hoxlasa yoki majbur boʼlsa, bu laboratoriya toʼgʼridan-toʼgʼri yoki hududiy guruhlar, masalan, “Davlat metrologik muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi” (KOOMET) vositasi orqali OʼTXB faoliyatida faol ishtirok etadigan MMI ni tanlash kerak. Kalibrlash yoki solishtirishning uzluksiz zanjiriga kuzatilishni namoyon qilishga qodir boʼlgan turli MMI yoki laboratoriyalar tomonidan bajariladigan bir necha bosqich orqali erishish mumkin.
Hozirgi vaqtda SI tizimi birliklarida qatʼiy bajarib boʼlmaydigan kalibrovkalar mavjud. Bu hollarda kalibrovka tegishli oʼlchash etalonlarigacha kuzatish oʼrnatish yoʼli bilan oʼlchashlar ishonchliligini taʼminlashi kerak, masalan:
- sertifikatlashtirilgan etalon materiallari (moda tarkibi va hususiyatlarining attestatlangan standart namunalari va (SN) materiallari) dan foydalanish;
- barcha manfaatdor tomonlar bilan aniq tasvirlangan va qabul qilingan, belgilangan usul va/yoki kelishilgan etalonlardan foydalanish kabi bilan.



Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish