O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet5/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Xo‘sh bilim o‘zi nima?
«Bilim: 1. Obyektiv borliq haqidagi yoki muayyan (ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy, harbiy va b.) sohalarga oid ilmiy, amaliy ma’lumotlar, tushunchalar majmui, ilm. 2.O‘qimishlilik darajasi, ma’lumot, qobiliyat (eruditsiya)»10.
Bilimlar esa qaysi sohaga oid bo‘lishidan qat’iy nazar, mantiqli - tizimli va butun bashariyat uchun naf keltiradigan bo‘lishi lozim. Darhaqiqat, «bilim - bu bizni o ‘rab turgan olam haqidagi bosh-boshdoq tasavvurlarimini mantiqli-tizimli holatga keltirish» (A. Eynshteyn).
Shunday qilib, ilmiy faoliyat - bu tabiat evolyutsiyasi va jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini kashf etib, insonning biologik va ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlash, insoniyatning tafakkur xazinasi - fanga ulush qo‘shadigan ongli faoliyati hisoblanadi. Shunday ekan, bu faoliyatning, aniqrog‘i ilmiy faoliyatning o‘zini oqilona tashkil etish natijasida insoniyat hayot kechiradigan tabiiy muhitni asrab avaylash, ijtimoiy makonni taraqqiy ettirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va hayot sifatini yaxshilashni hamda ma’naviyatni yuksaltirishni ta’minlaydigan bilimlar olinadi.
Shu bilan birga, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasi quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:
«ilmiy ijod va axborot erkinligi; samaradorlik va ijodiy raqobat; manfaatdorlik va rag ‘batlantirish; ilmiy ekspertizaning xolisligi;
inson hayoti va salomatligi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmaslik»11.
Bularga erishish esa juda murakkab va sermashaqqat jarayon. Shuning uchun keyingi o‘rinlarda:

  • tadqiqotning falsafiy-gnoseologik asoslari, fan rivojlanishining asosiy qonuniyatlari va bilimlarning ilmiyligini baholash mezonlarini;

  • ilmiy nazariya va gipotezaning mohiyati, ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati, iqtisodiy nazariyalarning mazmuni va tarkibini;

  • tadqiqotning metodologik g‘oyasini shakllantirish va uni amalga oshirishning asosiy bosqichlarini;

  • tadqiqotlarda qo‘llaniladigan umumilmiy metodlar, ularning tarkibi va tavsifini;

  • iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan metodlar va bevosita o‘ziningiz tanlagan ilmiy ish mavzusi bo‘yicha tadqiqot metodikasini shakllantirishni;

  • ilmiy-tadqiqot natijalarini e’lon qilish qoidalarini hamda ilmda axloq-odob masalalarini mukammal o‘zlashtirishingiz lozim!

Umid qilamizki, kitobni oxirigacha o‘qib, yakunlaganingizda dilingizni ilm shu’lasi yoritayotganini his qilasiz, ushbu xayrlik va ayni chog‘da mashaqqatli yo‘lda astoydil davom etasiz. Darhaqiqat, «ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, shunda bilursankim, ilm bepoyon» (Abulqosim Firdavsiy).


  1. Download 1,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish