Ong va faoliyat birligi prinsipi . Bu prinsipga ko'ra ong va faoliyat o'zaro
uzviy bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus
psixologi Sergey Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi
prinsipining asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning shakllanishi uchun
tug'ma imokniyatlar mavjud bo'ladi. Ammo uning shakllanishi bevosita
faoliyatning shakllanishi bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning
shakllanishi va rivojlanishining negizi, o'z mohiyati manbai bo'lib xizmat qiladi.
Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong bo'lmaydi.