uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o„rganish - hayotni, insonni
o„rganish degani. Kerak bo„lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo„lib,
odamlarga ko„rsatma
bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har
tomonlama o„rganish kerak))
2
, - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining
metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga
kirishar ekan, u o„zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon
yoki bag„ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy
olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli
va ongsiz tarzda namoyon
bo„ladi. Ana shu holatlar- ning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.
Inson psixikasi moddiy va ma‟naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli
in‟ikos etuvchi murakkab jarayon bo„lib, u insoniyatning uzoq davom etgan
fiziologik rivoji uyg„unligining mahsuli hisoblanadi
Xo„sh, psixika nimaq
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi
(xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq
manzaralarini subyekt o„zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o„z
xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o„tmishning, hozirgi davr va
kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan,
tartibga solingan
1
. Psixikaning asosiy
vazifalari - aks ettirish - faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir.
Uning namoyon bo„lish shakllari va ularning o„zaro bog„liqligi psixik (bilish)
jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik
holatlar (hissiyot, emotsiya, e‟tiqodlilik, bardamlik,
tetiklik, qiziquvchanlik,
hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo„nalishlar,
temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish
uslubi, mas‟uliyat)da kuzatiladi.
Psixologiya
- psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari,
shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil
ko„rinishlarini o„rganuvchi fan.
Psixologiya yunoncha «psixologos» so„zidan olingan bo„lib, «jon», «ruh»
haqidagi fan, ta‟limot degan ma‟noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon»
tushunchasi o„rniga «psixika» atamasini qo„llash qabul qilingan. Chunki lingvistik
nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma‟noni bildiradi. Lekin
«psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma‟noga, ko„lamga
ega bo„lib, inson ruhiyatining ham ko„zga ko„rinuvchi, ham ko„zga ko„rinmas
tomonlarini o„zida aks ettiradi.
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning
faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil
qiladi (Obyekt - kishilarning diqqatini o„ziga tortadigan moddiy va ma‟naviy
borliq. Predmet - moddiy va ma‟naviy borliq haqidagi
bilimlar majmuasi va
o„rganiladigan masalalar).
Yuqorida ta‟kidlab o„tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya
tarkibida yuzaga kelgan bo„lib, aniq faoliyat, ya‟ni ichki ishlar idoralari
faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o„rganishga bag„ishlangan
fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo„lib, umumiy psixologiyaning
qonuniyatlarini o„rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar
ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani
kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik
faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o„rganuvchi
fandir. Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi,
gumonla- nuvchilarning
ko„rsatmalari hamda so„roq olib borishning psixologik asoslarini o„rganish
maqsad
qilib qo„yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi
- kasb xodimlari faoliyatining
taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o„zaro munosabatlar
jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko„nikma va malakalarini
shakllantirishdan iboratdir.
Shu ma‟noda, kasbiy psixologiya fanining metodologik asosini O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-allomalarning psixologiya faniga oid
g„oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, IIVning buyruq va ko„rsatmalari
tashkil etadi.
Psixologiya, falsafadek juda qadimiy
fanlardandir va juda boy
tarixga egadir.Pisxologiya dastlab falsafa doirasida faoliyat ko'rsatgan.
Psixologiya juda uzoq tarixga ega. Dastlabki psixologik tasavvurlar Qadimgi Sharq
mamlakatlarida, Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda vujudga kelgan.
Psixologik tasavvurlarning vujudga kelishida odamlar o'rtasida farqlarning mavjud
ekanligi, ammo bu farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: